Ishning bajarilishi.
2 ml sut olib, teng miqdordagi distillangan suv bilan suyultiriladi va uning ustiga 2 tomchi 10% li sirka kislota qo'shiladi. Kazeinning pagʻa-pagʻa choʻkmasi paydo boʻladi, choʻkma filtrlab olinib, distillangan suv bilan yuviladi. Choʻkmadan ozgina miqdorda olib oqsilga xos rangli reaksiyalar qilish (biuret, Millon, Adamkevich, Ksantoprotein va boshqalar) uchun ishlatiladi.
Kazeinni gidroliz qilish va gidrolizatdagi fosfat kislotani aniqlash
Kerakli asbob va idishlar:probirkalar, shisha nay oʻtkazilgan probka, asbest toʻr, shtativ, gaz gorelkasi, voronka, filtr qogʻoz.
Reaktivlar: kazein kukuni,natriy gidroksidning 10% li eritmasi, konsentrlangan nitrat kislota, molibden reaktivi.
Do'stlaringiz bilan baham: |