5-rasm: Adolf Engler (1844-1930) A.L.Taxtadjyan (1910-2009)
Gulli o`simliklarning hozirgi zamon filogenetik sistemalari orasida rus olirni akademik A.L.Taxtadjyanning sistemasi o`zining mukammalligi, ixchamligi, sistematika fanining eng so`nggi yutuqlarini hisobga olib turkumlargacha aniqlik bilan tuzilganligi jihatidan alohida ajralib turadi. Bu sistemada magnoliyatoifalarning 533 ta oila, 13 ming turkum va 250000 ta atrofida turdan iborat ekanligi ko`rsatilgan.
Magnoliyasimonlar ajdodi (sinfi) — Magnoliopsida, Dicotyledones; Bu ajdodning muhim va o`ziga xos xususiyati murtagining ikki urug`pallali bo`lishidir. Keyingi klassifikatsiyalarga binoan (A.Taxtadjyan, 1987) Magnoliyasimonlar ajdodi (sinfi) 8 ta kichik ajdod, 429 ta oila, 10 000 ga yaqin turkum va 190 000 dan ko`proq turlarni birlashtiradi. Shu jumladan, Markaziy Osiyoda 125 ta oilaga mansub 8130 tur, O`zbekistonda esa 138 ta oila, 1023 ta turkumga birlashgan 4500 ga yaqin turlar bor.
Magnoliyadoshlar oilasi — Magnoliaceae; Oilaning 12 turkumga mansub 240 ta turi mavjud. Asosan Janubi Sharqiy Osiyo va Shimoiiy Amerikaning tropik va subtropik iqlimli qadimiy daraxtlarga boy hududlarida tarqalgan.
5.2 rasm: Magnoliya o`simligi umumiy ko`rinishi va guli;
Magnoliyadoshlar oilasi turlarining tuzilishiga qarab 2 ta kichik oilaga ajratiladi:
1. Magnoliyadoshchalar — Magnolioideae
2. Liriodendrondoshchalar — Liriodendroideac.
Magnoliyadoshchalar (Magnolioideae) ning keng tarqalgan turkumlaridan biri Magnoliya (Magnolia) turkumidir. Uning 78 ta turi mavjud bo`lib, asosan Shimoliy Amerikaning Atlantika okeani bo`yi hududlarida, qisman Janubi-Sharqiy Osiyoda tarqalgan. Bargchasi yirik bargli, keng shox-shabbali daraxtlardir. Ularning bir nechta turlari manzarali daraxtlar sifatida o`stiriladi. Shu jumladan yirik guli magnoliya (Magnolia grandiflora) diqqatga sazovordir. Vatani — Florida, Qrimda, Kakazda ko`plab ekiladi, qisman O`zbekistonda ham o`stiriladigan bo`yi 30 m gacha yetadigan daraxt. O`zbekistonda yulan magnoliya (M. yulan) o`stiriladi, vatani — Xitoy, kuzda bargini to`kadi, bahorda barg chiqarmasdan oldin gullaydi, guli oq pushti, hidsiz, Toshkent ko`chalarida, gulzorlarda o`stiriladi. Magnoliyalarning yog`ochidan pardozlovchi materiallar, M. hypoleuca turining yog`ochidan Xitoy va Yaponiyada rasm solish uchun ishlatiladigan ko`mir tayyorlanadi.
5.3 rasm: Lola daraxti bargi va gulining umumiy ko`rinishi;
Liriodendrondoshlar oilachasi (kichik oila) bitta turkumdan (Liriddendron) iborat. Uning Lola daraxti (L. Tulipifera) va Xitoy liriodcndroni (L.sinessis) kabi 2 ta turi bor. Lola daraxtining vatani Shimoliy Amerika, bo`yi 60 metrgacha yetadigan, barglari 4 bo`lakli, uchi yirik, o`yilgan, guli to`q sariq, gultojining asosi qora dog`li va shaklan lola guliga o`xshash chiroyli manzarali daraxt. O`zbekistonda (Samarqand, Toshkent, Farg`ona) 1876- yillarda ekilgan. Yog` ochi pardozlovchi material sifatida ishlatiladi. Xitoy liriodendroni yovvoyi hoda Xitoyning Kiangsi viloyatida o`sadi va lola daraxtiga juda o`xshaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |