Biologiya o`qitish metodikasi” kafedrasi botanika (o`simliklar sistematikasi) fanidan


Ayiqtovonkabilar kichik ajdodi (Ranunculidae) va Ra`nokabilar sinfchasining umumiy tavsifi



Download 26,64 Mb.
bet43/147
Sana11.06.2022
Hajmi26,64 Mb.
#655718
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   147
Bog'liq
2019-2020 SIRTQI Majmua 2 kurs Botanika

3. Ayiqtovonkabilar kichik ajdodi (Ranunculidae) va Ra`nokabilar sinfchasining umumiy tavsifi.
Ayiqtovonkabilar kichik ajdodi (sinfi) – Ranunculidae; Asosan o`t o`simliklar, qisman daraxtsimon liana, buta yokipast boyli daraxtlardir. Barglari oddiy yoki murakkab, yonbargchasiz. Gullari ikki jinsli, ba`zan bir jinsli, aktinomorf yoki zigomorf, gul qismlari gulo`rniga siklik yoki spirotsiklik joylashgan, gulqo`g`oni murakkab, ba`zan oddiy. Changchilari ko`p, ba`zan 6 (3) ta, ginetsey apokarp, sinkarp, parakarp tuzilishga ega. Ayiqlovonkabilarning vakillari magnoliyakabilarga ancha yaqin, ammo iliitsiyanamolar. (lilicales) qabilasi bilan bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan bo`lsa kerak deb taxmin qilinadi. Hozirgi tizim (sistemalar)ga binoan ayiqtovonkabilar 4 ta qabila: (Ayiqtovonnamolar — Ranunculales. Burmaqoranamolar – Giaucidiales, Sallagulnamolar — Paconiales, Ko`knornamolar— Papaveraies), 13 ta oila, 200 ga yaqin turkum va 4000 ga yaqin turlarni birlashtiradi.
Ayiqtovondoshlar oilasi — Ranunculaceae; Bu oilaning hozirgi vaqtda 66 turkum va 2000 dan ortiq turlari bor. Ular ikkala yarimsharning o`rta hamda sovuq iqlimli mintaqalanida keng tarqalgan. O`zbekistonda ayiqtovondoshlarning 20 ta turkum va 100 dan ko`proq turi mavjud.
Ayiqtovon (Ranunculus) turkumiga bir yillik, ko`p yillik, qirqilgan oddly bargli o`sirnliklar kiradi. Gullari ikki, ba`zan bir jinsli, aktinomorf, gulqo`rg`on bargchalari 5 tadan, changchi va urug`chisi ko`p, spiral bo`lib joylashgan, tugunchasi ustki. Mevasi bir urug`li, to`p yong`oqcha. Yen yuzida 600 dan ko`proq turlari bor. O`zbekistonda 32 turi tarqalgan, ko`pchiligining tarkibida anernonal moddasi bor, zaharli, quriganda zaharliligi keskin kamayadi. Ayiqtovonlarning suzuvchi ayiqtovon, sudraluvchi ayiqtovon, Vvedenskiy ayiqtovoni, soyachil ayiqtovon, yassi mevali ayiqtovon kabi bir necha turlari bor. Bochansev ayiqtovoni (R. botschantzevii) esa, O`zbekistonda tarqalgan endem o`simlikdir.



5.10 rasm: Zaharli ayiqtovon (R. sceleratus);

Zaharli ayiqtovon (R. sceleratus), bo`yi 20 – 45 sm, poyasi tuksiz, ba`zan zich tukli, ko`p yillik o`t. Pastki barglari ancha etli, yaprog`i buyraksimon, asbsi o`yiq, uch bo`lakli; ustkilari esa uch tishli yoki uch bo`Iakli, bo`laklari chiziqsirnon yoki nashtarsimon-cho`ziq. Kosachabarglari pastga qayrilgan, gultojibarglari 5 – 8 ta. Daryo, buloq bo`ylaridagi botqoqli, sernam joylarda o`sadi. Eng zaharli ayiqtovonlardan hisoblanadi.


Ra`nodoshlar oilasi — Rosaceae; Bu oila 100 ga yaqin turkumga kiruvchi 3000 ta dan ziyod turni birlashtiradi. Ular Yer yuzida keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko`ra ularga o`tlar, yarimbutalar, butalar va daraxtlar kiradi. Barglari ketma-ket o`rnashgan, oddiy yoki murakkab, yonbargchali. To`pgullari har xil. Gullari to`g`ri, ikki jinsli, asosan murakkab gulqo`rg`onli, gulqo`rg`on bo`laklari 5 tadan (ba`zan 4—6 tadan). Gultojibarglari tutashmagan, changchilarining soni turlicha, odatda ko`p bo`ladi. Gulo`rni yassi, likopchasimon yoki bo`rtgan, ba`zan mevasiga qo`shilib o`sib, soxta meva hosil qiladi. Urugchisi bitta yoki bir nechta rnevabargdan iborat. Tugunchasi ustki, yarim ostki yoki ostki. Gul formulasi Ca5 Co5 A~ G(1-5-~). Mevalari turlicha, ular orasida danakli chin meva, yong`oqcha, pista, to`p meva, soxta meva, rezavor meva va boshqalar bor. Oila vakillari asosan urug`idan ko`payadi, vegetativ yo`l bilan ko`payadiganlari ham bor (masalan, atirgul, qulupnay va boshqalar).
O`rta Osiyoda oilaning 32 ta turkumga mansub 266 ta turi, O`zbekistonda 11 ta turkumga oid 96 ta turi o`sadi.
Oila generativ va vegetativ a`zolarining belgilariga ko`ra 7 ta oilachaga bo`linadi. Bular orasida O`zbekistonda vakillari keng tarqalgan Tobulg` idoshchalar (Spiraeoidcae), Ra`nodoshchalar (Rosaideae), Olmadoshchalar (Maloideae Pomoideae) va Olxo`ridoshchalar (Prunoideae) oilachalari bor.
Ra`nodoshchalar oilasiga Maymunjon (Rubus), Na`matak (Rosa), Pochaqirqar (Huithemia), Qulupnay (Fragaria) kabi turkumlar kiradi.
Na`matak (Rosa) turkumi. Bu turkum 1—3 m balandlikdagi tikanli butalardan tashkil topgan. Barglari toq, patsimon, murakkab, yonbargchali. Gullari aktinomorf, 2 jinsli, yirik, oq pushti, sariq rangli, gulqo`rg`oni murakkab. Gulkosacha va gultojibarglari 5 tadan, changchi va urug`chilari ko`p. Mevasi soxta meva.
Turkum 120 ga yaqin turni birlashtiradi. Shulardan O`zbekistonda 13 turi tabiiy holda o`sadi va bir nechta turlari manzarali o`simlik sifatida ekiladi. Na`rnataklar ichida itburun na`matak nomli turi O`zbekistonda keng tarqalgan. Uning mevasi (gipantiya)dan dorivor xomashyo sifatida, urug`idan ostirilgan kochatLaridan atirgullarni payvand qilish uchun payvandtag sifatida foydalaniladi. Na`mataklar atirgullarning keiib chiqishidagi asosiy manba hisoblanadi.
Olmadoshchalar oilachasi Nok (Pyrus), Olma (Malus), Behi (Cydonia), Irg`ay (Cotoneaster), Do`lana (Crataegus) kabi O`zbekistonda keng tarqalgan va xalq xo`jaligi bilan uzviy bog`langan turkumlarni o`z ichiga oladi.


Download 26,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish