Biologiya o`qitish metodikasi” kafedrasi botanika (o`simliklar sistematikasi) fanidan



Download 26,64 Mb.
bet42/147
Sana11.06.2022
Hajmi26,64 Mb.
#655718
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   147
Bog'liq
2019-2020 SIRTQI Majmua 2 kurs Botanika

5-rasm: Adolf Engler (1844-1930) A.L.Taxtadjyan (1910-2009)

Gulli o`simliklarning hozirgi zamon filogenetik sistemalari orasida rus olirni akademik A.L.Taxtadjyanning sistemasi o`zining mukammalligi, ixchamligi, sistematika fanining eng so`nggi yutuqlarini hisobga olib turkumlargacha aniqlik bilan tuzilganligi jihatidan alohida ajralib turadi. Bu sistemada magnoliyatoifalarning 533 ta oila, 13 ming turkum va 250000 ta atrofida turdan iborat ekanligi ko`rsatilgan.


Magnoliyasimonlar ajdodi (sinfi) — Magnoliopsida, Dicotyledones; Bu ajdodning muhim va o`ziga xos xususiyati murtagining ikki urug`pallali bo`lishidir. Keyingi klassifikatsiyalarga binoan (A.Taxtadjyan, 1987) Magnoliyasimonlar ajdodi (sinfi) 8 ta kichik ajdod, 429 ta oila, 10 000 ga yaqin turkum va 190 000 dan ko`proq turlarni birlashtiradi. Shu jumladan, Markaziy Osiyoda 125 ta oilaga mansub 8130 tur, O`zbekistonda esa 138 ta oila, 1023 ta turkumga birlashgan 4500 ga yaqin turlar bor.
Magnoliyadoshlar oilasi — Magnoliaceae; Oilaning 12 turkumga mansub 240 ta turi mavjud. Asosan Janubi Sharqiy Osiyo va Shimoiiy Amerikaning tropik va subtropik iqlimli qadimiy daraxtlarga boy hududlarida tarqalgan.



5.2 rasm: Magnoliya o`simligi umumiy ko`rinishi va guli;

Magnoliyadoshlar oilasi turlarining tuzilishiga qarab 2 ta kichik oilaga ajratiladi:


1. Magnoliyadoshchalar — Magnolioideae
2. Liriodendrondoshchalar — Liriodendroideac.
Magnoliyadoshchalar (Magnolioideae) ning keng tarqalgan turkumlaridan biri Magnoliya (Magnolia) turkumidir. Uning 78 ta turi mavjud bo`lib, asosan Shimoliy Amerikaning Atlantika okeani bo`yi hududlarida, qisman Janubi-Sharqiy Osiyoda tarqalgan. Bargchasi yirik bargli, keng shox-shabbali daraxtlardir. Ularning bir nechta turlari manzarali daraxtlar sifatida o`stiriladi. Shu jumladan yirik guli magnoliya (Magnolia grandiflora) diqqatga sazovordir. Vatani — Florida, Qrimda, Kakazda ko`plab ekiladi, qisman O`zbekistonda ham o`stiriladigan bo`yi 30 m gacha yetadigan daraxt. O`zbekistonda yulan magnoliya (M. yulan) o`stiriladi, vatani — Xitoy, kuzda bargini to`kadi, bahorda barg chiqarmasdan oldin gullaydi, guli oq pushti, hidsiz, Toshkent ko`chalarida, gulzorlarda o`stiriladi. Magnoliyalarning yog`ochidan pardozlovchi materiallar, M. hypoleuca turining yog`ochidan Xitoy va Yaponiyada rasm solish uchun ishlatiladigan ko`mir tayyorlanadi.

5.3 rasm: Lola daraxti bargi va gulining umumiy ko`rinishi;

Liriodendrondoshlar oilachasi (kichik oila) bitta turkumdan (Liriddendron) iborat. Uning Lola daraxti (L. Tulipifera) va Xitoy liriodcndroni (L.sinessis) kabi 2 ta turi bor. Lola daraxtining vatani Shimoliy Amerika, bo`yi 60 metrgacha yetadigan, barglari 4 bo`lakli, uchi yirik, o`yilgan, guli to`q sariq, gultojining asosi qora dog`li va shaklan lola guliga o`xshash chiroyli manzarali daraxt. O`zbekistonda (Samarqand, Toshkent, Farg`ona) 1876- yillarda ekilgan. Yog` ochi pardozlovchi material sifatida ishlatiladi. Xitoy liriodendroni yovvoyi hoda Xitoyning Kiangsi viloyatida o`sadi va lola daraxtiga juda o`xshaydi.





Download 26,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish