7.1 rasm: Gledichiya
Ziranamolar qabilasi, ziradoshlar oilasiga umumiy tavsif, muhim turkum vakillarining tuzilishi va ahamiyati.
Ziranamolar qabilasi — Apiales; Qabila ikkita yirik va bitta kichik oilani o`z ichiga oladi. Bulardan eng kattasi va keng tarqalgani ziradoshlar oilasi. Ziradoshlar (Soyabondoshlar) oilasi — Apiaceae (Umbelliferae) Bu oila 300 taga yaqin lurkumga mansub 3000 dan ortiq turni o`z ichiga oladi. Ular butun Yer shari bo`ylab keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko`ra oilada bir va ko`p yillik o`tlar ustunlik qiladi, qisman yarimbuta va butalardan iborat. Barglari turli darajada bo`lingan, butunlari ham bor. Ko`pincha turlarida (kavrak) bargining asosida qini (novi) bo`ladi. To`pguli oddiy yoki murakkab soyabon, kallakchadan iborat. Gullarining rangi juda ham xilrna-xil, gulqo`rg`oni murakkab, gulkosachabarglari rcduksiyalangan 5 tadan, mayda, gultojibarglari 5 ta, tutashmagan. Changchisi 5 ta, urug`chisi 2 ta, tugunchasi ostki. Gul formulasi: Ca5 Co5 A5 G(2). Mevasi — pistacha.
O`rta Osiyoda oilaning 97 turkumga mansub 422 ta turi, O`zbekistonda 69 ta turkumga oid 198 ta turi o`sadi. Oila 3 oilachaga bo`linadi. Bulardan eng kattasi, ya`ni turkum va turlarga boyi Apiumdoshchalar (Apioideae) oilachasi bo1ib, u O`zbekistonda keng larqalgan cng yirik turkumlar va foydali xususiyatlarga cga bo`lgan turlarni oz ichiga oladi. Jumladan, kovrak (Ferula) fling 45 turi, shashir (Prangos) fling 9 turi, zira (l3unium) ning 8 turi, skaligeriya (Scaligcria) fling 12 turi o`sadi. Bulardan tashqari kop1ab iste`mol qilinadigan turlardan petrushka (Petroselinum crispurn), zira (Buniurn persicum), shivil, ukrop (Anethum graveolens), sabzi (Daucus sativus) kabilar ham shu oilachaning vakillari sanaladi.
Kovrak (Ferula) turkumi. Bu turkum vakillari ko`p yillik monokarpik (hayotida bir marta gullab meva beradigan) va polikarpik (har yili gullab meva beradigan) poyalari yo`g`on va baland bo`y1i o`t o`simliklardan iborat. Barglari uzun bandli, yirik, yaprogi bir necha karra bo`lingan, poyadagi barglarining qini yaxshi rivojlangan. Soyabonlari yirik, kop gulli. Gullari bir yoki ikki jinsli, sarg`ish. Mevalari — pistachadan iborat. Turkum vaki han asosan Yevrosiyo va Afnikada tarqalgan. O`zbekistonda uning 45 turi o`sadi. Kovraklar cho`ldan tortib, tog`larning yuqori qismlarigacha bo`Igan hududlaridagi sho`rxok, gipshi, mayda chagir toshli tuproqlarda, shag`alli hamda toshhi joylarda tarqalgan. Respublikada keng tarqalgan turlaridan biri — F. diversivittata (3.34-rasm). Kovraklar yaxshi yem-xashak, asaishira bcruvchi, dorivor va iste`mol qilinadigan (sassiq kovrak) o`simliklar hisobianadi.
Zira (Bunium) turkumi. Zira turkumiga ko`p yillik, tugunakli ot o`simliklar kiradi. Iidiz bo`g`zida joylashgan to`p barglari uzun bandhi, yaprog`ipatsimon qirqilgan. Gullari 2 xil — ikki va bir jinsli gulqo`rg`oni murakkab, gultojibargchalari oq rangli. Ziraning xushbo`y zira (B. persicurn) nomli turini ko`pchilik yaxshi biladi. U tuganakli, poyasi tik o`suvchi, oqimtir yashil rangli, tuksiz ko`p yillik o`t. Asosan 0`zbekistonning janubiy tumanlarida mayda chag`ir toshli soz tuproqlarda, tog`ning pastki va o`rta qismlarida o`sadi. Zira iyunda gullab, mevasi iyul-avgustda yetiladi. Bu turli taomlar tayyorlashda ishlatiladigan muhofazaga rnuhtoj tur. Urug`idan va tuganagidan ko`payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |