7.3 rasm: Zira o`simligi guli va urug`i;
Sho‘radoshlar (Chenopodiaceae) oilasi va Gulхayrinamоlar qabilalari vakillarining tuzilishi va ahamiyati.
Sho `radoshlar oilasi — Chenopodiaceae; O`t o`simliklar, yarimbutalar, ba`zan buta va daraxtlardàn iborat. Barglari oddiy, yonbargsiz, navbatlashib yoki qararna-qarshi o`rnashgan, ba`zan reduksiyalangan — bargsiz yoki metamorfazalangan — tangacha yoki qipiqcha ko`rinishida. Turlari ancha scret, tuksiz yoki har xil tukli: cho`llarning sho`rlangan tuproqli muhitida qumlarda o`sishga mosiashgan. Gullari ko`rimsiz, anemofil, ba`zan entomofil, boshoq yoki qisqa bandii dixaziylarga joylashgan, ba`zan murakkab g`uj dixaziylar dumaloq to`pgullarni hosil qiladi. Oilaning turkumlarida gul tuzilishining bir necha variantlari kuzatiladi. Gulqo`rg`oni oddly, kosachasimon (4) – 5 bo`lakli, tutash, yashil yoki pardasimon, changchilari 5 ta, erkin, ginetsey (mevasi) 2 – 5 mevachi bargdan hosil bo`lgan, tuguni ustki. Gulining umumiy formulasi: P(5) A(5) G(2-5). Ammo gulqo`rg`on qismlari har xil turkumlarida ba`zan kamroq, bitta yoki umuman yo`q.
Mevasi yong`oqcha, murtagi egilgan, spiralsimon. Ko`sakchasimon yoki rezavor mevali turlari ham mavjud, Sho`radoshlar orasida muhim oziqovqat, yem – xashak (cho`l, yarim cho`1), dorivor va begona o`tlar bor. Oilaning 110 turkumiga mansub 1500 dan ko`proq turlari mavjud bo`lib, ular O`rtayer dengizbo`yi, G`arbiy, O`rta va Markaziy Osiyoda, Shimoliy Amerikaning preriyalari, Janubiy Amerikaning pampaslarida va Avstraliyaning sahrolarida keng tarqalgan. O`zbekistonda 43 turkumi va 180 turi yovvoyi holda o`sadi. Sho`radoshlar kichik oilasining Lavlagi, ismaloq, olabuta, teresken, ebalak, karnforosma, kumarjik, qumtariq va izen kabi turkumlarining turlari yovvoyi holda respublikamizda ancha keng tarqalgan.
Lavlagi (Beta) turkumi bir yillik va ko`p yillik o`tlar, ularning 10 turi bo`lib, Kavkaz, Kichik Osiyo va O`rtayer dengizbo`yi mamlakatlarida tarqalgan, 5 turi Kavkazda o`sadi. O`rta Osiyo va shu jumladan O`zbekistonda yovvoyi holda o`smaydi. Madaniy holda oddiy lavlagi (B. vulgaris) ning ko`piab navlari ekiladi. Uning ajdodi Atlantika okeani va O`rtayer dengizbo`yi qirg`oqlari hududlarida, G`arbiy Yevropada, Sharqiy Kavkazortida o`sadigan yovvoyi ko`p yillik lavlagi (B.perennis) yoki dengizbo`yi lavlagi (B.maritima)si hisoblanadi. Lavlagi ikki yillik ildizmevali o`t, birinchi yili yirik tuxumsimon barglar va ildizmeva, ikkinchi yil esa rombsimon mayda barglar va to`pgullar hosil qiladi. Qand lavlagining (B. vulgaris var. altissima) ildizmevasida 20 foizgacha qand bor. O`zbekistonda XX asr boshlaridaii ekila boshlangan. Xo`jalik ahamiyatiga ega bo`lgan muhim oziq – ovqat va texnika o`simligi hisoblanadi. Oddiy lavlagining qand laviagidan boshqa bir necha shakl va navlari bor.
Sho`ra (Chenopodium) turkumi bir yillik, ikki yillik, ba`zan ko`p yillik o`tiamdan tashkil topgan. Barglari bandli, butun yoki tishchali. Gullari ikki jinsli, to`pgullari shingil, boshoq va boshqacha to`pgullarda o`rnashgan. Gulqo`rg`oni 5(3 – 4) a`zoii, changchisi 5 ta, urug`chisi 2 meva bargchali. Mevasi yong`oqcha, pardasimon po`st biian o`ralgan. Murtagi taqasimon yoki halqasimon. Sho`ralarning 250 dan ko`proq turlari bor, shundan 0`zbekistonda 10 turi uchraydi. Bir necha turlari begona o`tlardir. Oqsho`ra (Ch. aibum);poyasi ershox, balandligi 10—100 sm cha, bir yillik o`simlik. Barglari ikkala tomonidan unsimon g`ubor bilan qoplangan. Juda keng tarqalgan begona o`t. Sassiq sho`ra (Cli. vulvaria) qo`lansa hidli, bo`yi 10—60 sm oraiig`idagi bir yillik o`t. Barglarining ikki tomoni ko`kimtir, keng, teskari tuxumsimon. Kosachabarglari yarmigacha qo`shilib o`sgan. Sug`oriladigan ekinlar orasida kcng tarqalgan, ba`zan ruderal begona o`t.
Olabuta (Atririex)turkumi bir yillik (O`zbekistonda) o`t yoki yarimbutalardan iborat. Bir uyli, bir jinsli, changchisi 5 ta, urug`chili gullari gulqo`rg`onsiz, tugunchasi 2 tumshuqli. Olabutalarning 225 ta, O`zbekistonda esa 15 ta turi mavjud. Ular ko`proq sho`rxok, qumli cho`llarda o`sadi.
Teresken (Ceratoides) turkumi bir uyli, gullari bir jinsli, yarimbuta va butalardan iborat. Yosh novdalari va barglari yulduzsimon, tukli. Changchili gullari poya uchidagi boshoqsirnon to `pgullarda o` rnashgan, 4 a`zoli, urug`chili gullari ulardan pastroqda barglar qo`ltig`ida to`da bo`lib o`rnashgan. O`zbekistonda tereskenning 3 ta turi bo`lib, bulardan eversman tereskeni (E. eversmanniana) va nashtarbarg tereskeni (E. papposa) O`zbekistonda adir va tog`larning pastki yonbag`irlarida ancha keng tarqalgan.
Izen (Kochia) turkumi bir yillik o`t va yarimbutalardan iborat. Respublikamizda 4 turi tarqalgan. Izen (K. prostrata) poyasi 10 – 75 sm, tez ko`chadigan kalta jingalak tukli, yarim tik poyali yarimbuta. Cho`l va adirlarda, qumli, sho`rxok tuproqlarda o`sadi. Izen qimmatli yem – xashak hisoblanadi. Bir yillik turlaridan makka supurgi (K. scoparia) supurgilar tayyorlash uchun ekiladi.
Sho`radoshlar orasida Qorabargo`t (Suaeda), Sho`rak (Salsola), Chug`on (Halothamnus), Buyuurg`un (Anabasis), saksovul (Haloxylon), Toshbuyurg`un (Nanophyton), Donasho`r (Gamanthus) kabi turkumlarining turlari rang – barangligi, tarqalishi va xo`jalik ahamiyatiga ko` ra diqqatga sazovordir.
Saksovul (Haloxylon) turkumiga daraxt va butalar kiradi. Barglari tangachasimon, qarama-qarshi o` rnashgan, ha `zan bargsiz, assimilatsiya vazifasini asosan bir yillik yosh novdalari bajaradi. Gullari mayda 2 jinsli. Novdalari yozning issiq kunlaridan sentabrning boshigacha o`sishdan to`xtaydi va yozgi tinim davrini o`taydi. Sentabr-oktabr oylarida o`sish va rivojlanishi davom etadi, mevasi pishib yetiladi. Saksovullarning umuman 5 turi mavjud, shundan O`zbekistonda 3 turi tarqalgan. Oq saksovul (H. persicum), bo`yi 4—5 metrcha keladigan buta yoki daraxt, po`stlog`i och kuirang. O`rta Osiyodagi qumliklarda keng tarqalgan. Qora saksovul (H. aphyilum), balandligi 6—7 metrga yetadigan bargsiz yoki qipiqsirnon bargli daraxt, po`stlog`i to`q kulrang-qoramtir. O`zagi jigarrang, qattiq, og`ir, suvda cho`kadi. Qora saksovul qumli sho`rxok cho`llarda o`sadi. U cho`lda o`rmon hosil qiluvchi eng yirik o`simlikdir. Yog`ochi a`lo sifatli yoqilg`i. lkkala turdan ham ixota daraxtzorlari tashkil etishda foydalaniladi. Zaysan saksovuli (H.ammodendron) 1—2 metrcha keladigan buta, asosan Ustyurtda tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |