3.1 rasm: Qirqbo`g`imning poyasi va boshog`i;
Dala qirqbo`g`imining jinssiz ko`payishida generativ poyasining uchki qismida ellipssimon shakidagi spora boshog`i (stiobil) hosil bo`ladi. Boshoqning markaziy o`qiga halqasimon shakida sponofullar o`rnashgan. Har qaysi sporofil olti qirrali qalqonchadan, uning ostida joylashgan sporangiylar va band qismidan iborat. Sporangiylarda teng sporalar hosil bo`lib, ular yetilgandan so`ng sporangiy uzunasiga chatnaydi va sporalar tashqi muhitga tarqaiadi. Tuproqqa tushgan sporalar qulay sharoitda o`sib gametofit hosil qiladi. Gametofitlani yashil plastinka shaklida, ayrim jinsli. Anteridiyda yetilgan spermatozoidlar chiqib, suv yondamida harakatlanib, arxegoniydagi tuxum hujayrani urug`lantiradi. Urug`langan tuxum hujayradan hosil bo`lgan zigota taraqqiy etib, yangi yosh qirqbo`g`im sporofitga aylanadi.
Dala qirqbo`g`imi dorivor o`simlik. Uning yozgi poyasi damlamasi qonni to`xtatish va siydik haydash xususiyatiga ega.
3.2 rasm: Qirqbo`g`imdan tayyorlangan damlama;
XX asrga qadar undan bo`yoq beruvchi o`simlik sifatida ham foydalanilgan. Qirqbo`g`imning poyasida kremnezem ko`p bo`lganligi sababli undan mebellarni silliqlashda, metall buyumlarning zangini ketkazishda foydalaniladi.
Qirqquloqtoifa o`simliklar bo`limi – Polypodiophyta Qirqquloqlar turlarining soni jihatidan yuksak o`simliklar bo`limlari orasida magnoliyatoifa (gulli) o`simliklar va yo`sintoifa o`simliklardan keyingi uchinchi o`rinda turadi. Hozirgi paytda Yer sharida qirqquloqlarning 300 ga yaqin turkumi, 10 mingdan ziyodroq turlari tarqalgan. Bular ham eng qadimgi o`simliklar hisoblanadi. Chunki qirqquloqlarning bizgacha yetib kelmagan vakillari devon davrida (415—370 mln. yil oldin) qirilib ketgan qadimgi qirqbo`g`imtoifa o`simliklar bilan bir vaqtda o`sib, o`rmonlar hosil qilgan. Qirqquloqlar tog`larda, tekisliklarda, botqoqlik va suvda uchraydi. Biroq bo`limning ko`pchilik turlari taraqqiyot shaklida sernam muhitni talab qilganligi tufayli tropik va subtropik iqlimli joylardagi o`rmonlarda ancha keng tarqalgan.
Janubiy Afrika, Arabiston, Hindiston cho`llarida o`suvchi kserofit vakiliga misol qilib janub aktiniopterisini (Actinopteris australis) olish mumkin. Qirqquloqlar xilma xil ekologik muhitda o`sishi sababli ular orasida har xil hayotiy shakldagi turlarni uchratish mumkin. Ayniqsa, tropik va sernam subtropik sharoitda o`rmonning ichida tikka osuvchi, yotib o`suvchi o`t vakillaridan tortib, epifit, lianalargacha bo`lgan turlarni va Siateydoshlar (Cyateaceae) oilasiga mansub siatey va diksoniya turkumiga kiruvchi bo`yi 25 metrgacha yctadigan daraxtsimon qirqquloq!arni ham uchratish mumkin.
O`rta Osiyoda faqat o`t o`simliklardan iborat vakillari tarqalgan. Qirqquloqlarda ham qirqbog`imsimonlardagidek ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy etgan. Ofioglossdoshlar (Ophioglossaceae) va ayrim qadirngi primitiv guruh!arida scret yo`g`on ildizlar uchraydi. Daraxtsimon paporotniklarda tipik ildizlardan tashqari poyasining asosida havo ildizlari ham taraqqiy etgan bo`ladi.
Ularga xos belgilardan yana biri barglarining yirik bo`lishi va o`sish nuqtasining poyadagidek uchki qismida joylashganligidir; Bu jihatdan ular plauntoifalardan va qirqbo`g`imtoifalardan farq qiladi. Barglari tallomining o`zgarishidan kelib chiqqanligi jihatidan ham bular riniyatoifalar bilan filogenetik bog`langan. Ayrim qirqquloqlarning bargi 30 m gacha uzunlikda bo`ladi. Qirqquloqlarning ko`pchiligida barg ikkita funksiyani, ya`ni ayrimlarida fotosintez va spora hosil qilish vazifasini bajarsa, boshqalarida spora hosil qiluvchi barglari xlorofilini yo`qotib, faqat jinssiz ko`payish vazithsini o`taydi (masalan, salviniyalarda).
Qadimgi va ayrim hozirgi qirqquloqlarda bargining dixotomik tomirlanganligi ularning bargi novda (tallom)ning o`zgarishidan kelib chiqqanligini tasdiqlaydi.
Qirqquloqlar bargining anatomik tuzilishi gulli o`simliklar bargining anatomik tuzilishiga o`xshab ketadi. Ko`ndalangiga kesilgan bargning ustki va ostki tomoni epidermis bilan qoplangan. Labchalari ko`pincha bargning ostki tomonida joylashadi. Ustunsimon to`qima bulutsimon to`qimaga nisbatan kam taraqqiy etgan.
Qirqquloqtoifalarning taraqqiyot shaklida ham plauntoifalar, qirqbo`g`imtoifalardagidek sporofit davri gametofit davriga nisbatan ustun turadi. Evolutsion taraqqiyoti davomida qirqquloqlarning sporangiylari bargning chetki qismidan, pastki qismiga o`tib joylashgan. Sporangiylarning bargning pastki qismiga o ` rnashishi ularni tashqi muhitning noqulay ta`siridan himoyalanishi uchun qulaylik tug`dirsa, ikkinchidan bargning yuza qismida fotosintez jarayonining normal borishi uchun imkoniyat yaratadi. Bargda to`p-top bo`lib joylashgan sporangiylarga sorus (grekcha soros — tutam, to`da) deyiladi. Sporangiylar hosil bo`lishi jihatidan ikki xil: eng qadimgi qirqquloqlarda ular bargining epidermisidagi bir necha hujayradan hosil bo`lgan. Shuning uchun ancha yirik va tashqi tomonidan bir necha qavat hujayralar bilan qoplangan. Evolutsiya jihatdan ancha yosh vakillarida sa sporangiylar bargning bitta hujayrasidan hosil bo`lgan. Ular nisbatan kichik va bir qavat po`st bilan qoplangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |