2 rasm:Riniya va zosteriofilumning umumiy ko`rinishi
Psilotoifa o`simliklar bo`limi — Psilotophyta Mazkur bo`limga 12 taga yaqin tur kiradi. Ular bo`limning nomi bilan ataluvchi bitta ajdod, bitta qabila, bitta oila va 2 ta turkum 7 psilot (Psilotum) hamda tmesiptcrisdan iborat.
Psilot turkumiga 2 ta tur kiradi. Ular tropik va subtropik iqlimga ega bo`lgan hududlarda — Janubiy Koreya, Janubiy Yaponiya, Gavaya orollarida va Yangi Zeiandiyagacha tarqalib borgan. Tmesipteris turkumining vakillari (10 ta) esa Avstraiiya, Tasmaniya, Yangi Zelandiyad an Filippin orollarigacha tarqalgan, qisman H indistonda ham uchraydi. Ular epifit holda ba`zan tosh yoriqlarida hamda chirindiga boy tuproqlarda o`sadi.
2.1 rasm:Tmesipterisning umumiy ko`rinishi
Bo`limning vakillari juda sodda tuzilishga ega bo`lgan yuksak o`simliklarning eng qadimgi turlaridandir. Ular deyarli amaliy ahamiyatga ega emas. Faqat oddiy psilot turi Yaponiyada manzarali o`simlik sifatida o`stiriladi. Ularning yer osti organi ildizpoyaga o`xshash dixotomik shoxlangan rizomoidlardan iborat. Ular juda ko`p rizoidlar bilan qopiangan. Bu jihatdan riniyafitlarga o`xshaydi. Rizomoidlarning tashqi po`stidagi hujayralarida zamburug` iplari mavjud bo`lib, ular endotrof mikoriza hosil qiladi. Oddiy psilota turining ayrim rizoidlari uchida ajraluvchi kurtaklar hosil bo`lib, ulardan yangi rizoidlar o`sib, vcgetativ ko`payadi. Psilotsimonlarning rizomoidlaridan dixotomik shoxlangan yer usti organlari o`sadi. Ularning haqiqiy ildizi bo` Imaydi.
Plauntoifa o`simliklar bo`limi — Lycopodiophyta Mazkur bo`lim vakillani yuksak o`simliklar orasidagi qadimgi o`simliklardan bo`lib, paleozoy erasining oxinlarida Yer sharida yaxshi taraqqiy etgan. Hozirgi paytda ularning Yer sharida mingdan ziyod o`tlardan iborat turlari uchraydi. Qazilma turlari orasida yirik daraxtlar ham bo`lgan.
Plaunlarning vakillari jinssiz, vegetativ va jinsiy yo`llar bilan ko`payadi. Vegetativ ko`payishi yotib o`suvchi vakillarida yerga yopishgan qismidan ildiz otib, ayrimlari esa ildizpoyalari yordamida ko`payadi. Plaunlar orasida teng va har xil sporali vakillari bor. Bunday izo va geterosporalar jinssiz ko `payish jarayonida spora boshoqlarida yetiladi, Bu teng va har xil sporalardan o`sgan gametofitlar bir – biridan kattaligi, shakil jthatidan keskin farq qiladi. Teng sporalardan o`sgan gametofitlar ikki jinsli bo`lib, yer osti yoki yarim yer ustida o`sadi. Ular saprofit yoki yarim saprofit hayot kechiradi va 10 – 15 yil mobaynida yetiladi. Makro- va mikrosporall vakillarida har xil sporalardan hosil bo`lgan gametofitlar juda kichik hamda bir jinsli bo`lib, bir necha xafta ichida yetiladi. Ikki jinsli gametofitlarida arxegoniy va makrosporadan hosil bo`lgan gametofitda arxegoniy, mikrosporadan o`sgan gametofitda esa anteridiy ikki yoki ko`p xivchinii spermatozoidlar yetiladi. Arxegoniyning pastki qisrnidatuxum hujayra joylashgan. Urug`lanish namlik yordamida ro`y beradi.
Bu bo`lim ikkita ajdodga: Plaunsimonlar – Lycopodiopsida va Polushniksimonlarga - Isoetopsida bo`linadi. Plaunsimonlarga bitta qabila Plaunnamolar – Lycopodiales kiradi.
Plaunsimonlar ajdodi – Lycopodiopsida; Plaunnamolar qabilasi – Lycopodiales. Bu qabilaga kiruvchi o`simliklar ko`p yillik o`tlar bo`lib, ularda rizoforalar bo`lmaydi. Barglari oddiy, butun va tilchasiz. Novdalarida kambiy yo`q. Sporangiylari sporofiilarning asosida, sporofihlar esa strobilda yoki spora boshoqlarida joylashgan. Gametofitlar ikki jinsli, seret, yer ostida joylashgan. Saprofit yoki yarim saprofit hayot kechiradi.
Qabilaning bizgacha faqat bitta Plaundoshlar — Lycopodiaccac oilasining vakillari yetib kelgan.
Plaundoshlar oilasiga 4 ta turkum kiradi: Plaun — Lycopodium turkumining 200 dan ortiq turi bor. Ular tropik zonadan to tundragacha tarqalgan. O`rta Osiyoda esa tog`lik mintaqalarda uchraydi. Poyasi tik, ayrimlarida yotib o`sadi yoki epifit holatda uchraydi. Turkumning yer bag`irlab o`suvchi vakillaridan biri cho`qmoqii plaun (Lycopodium clavatum)dir. U ko`p yilllk o`t. Poyasi yotib o`sadi. Doim yashil, ko`proq o`rmonlardagi daraxtlarning ostida o`sadi. Yer bag`irlab o`suvchi poyasidan yuqoriga qarab dixotomik shoxlangan novdalari o`sib chiqadi. Poyasi va shoxlarini mayda butun bargchalari zich qoplab olgan. Poyasining tashqi tomonida bir qavat epidermis, unda esa og`izchalar mavjud. Epidermis ostida qalin birlamchi po`stioq undan ichkarida endoderma va peritsikl qavati bor. Poyaning markazida silindrik protostel joylashgan, undagi o`tkazuvchi bog`lam konsentrik tipda. Ksilemasida traxeidlar, floemasida elaksimon naylar, bargning ustki va ostki epidermisida esa labchalar joylashgan. Uning mefozili qavati ustunsimon, bulutsimon hujayralarga differenslyalanmagan. Bargning o`rta qismidan o`tadigan tomirda traxcidlar va parenxima hujayralari bor. Plaunlarda iidizpoya vegetativ ko`payish vazifasini o`taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |