(IV semestr ma`ruza mashg`uloti mavzulari )
1 Mavzu: Yuksak o`simliklarning umumiy ta’rifi. Riniofittoifa (Rhyniophyta) va Plauntоifa (Lycopodiophyta) bo`limlari. Qirqbо‘g‘imtoifa (Equisetophyta) va Qirqquloqtoifa (Polypodiophyta) bо‘limlari..
Reja:
Yuksak о`simliklarning umumiy ta`rifi. Tana tuzilishini yashash muhitiga muvofiqligi. Yuksak о`simliklar klassifikatsiyasi.
Riniofittoifa (Rhyniophyta) va Plauntоifa (Lycopodiophyta) bo`limlari.
Qirqbо‘g‘imtoifa (Equisetophyta) va Qirqquloqtoifa (Polypodiophyta) bо‘limlari.
Tayanch so`zlar: Yo`sinlar, gametofit, sporafit, riniya, kuksoniya, tmesipteris, plaun, selaginella, mikrosoporafill, makrosporafill, rizomoid, qirqbo`g`im, spora boshog`i (stiobil), sporafill, sporangiy, spora, gametofit,
Yuksak o`simliklar Yer yuzida eng keng tarqalgan bo`lib, murakkab tuzilishga ega bo`lishi bilan ajralib turadi.
O`simliklar dunyosini, shu jumladan yuksak o`simliklarni ma` lum bir tizim (sistema) asosida joylashtirish ustida olimlar uzoq yillar mobaynida tadqiqot ishlari olib borganlar va o`zlarining klassifikatsiyalarini ishlab chiqqanlar. O`simliklar sistemasini ilk bor tavsiya etgan botaniklardan biri italiyalik botanik A. Zezalpin (1519—1603) bo`lib, u o`simliklarni asosan mevasiga qarab 15sinfga ajratgan. K.Linney esa o`simliklarni mevasiga ernas, guliga (ayniqsa, changchilarning tuzilishiga) qarab 23 sinfga, gulsizlarni bir sinfga kiritib, o`zining 24 sinfdan iborat sistemasini yaratdi. Vaqt o`tishi bilan o`simliklar, shu jumladan gulli o`simliklar sistemasiga bag`ishlab ko`plab asarlar nashr etildi va yangi sistemalar tavsiya etila boshlandi. Bu borada A.Engler, N.1.Kuznetsov, NA. Bush, A.A.Grossgeym, X.Y. Gobi, B.M. KozoPolyanskiy, A.L.Taxtadjyan kabilarning olib borgan ishlari diqqatga sazovordir.
Hozirda yuksak o`simliklar dunyochasi (kichik dunyosi) 300 000 dan ortiq turni o`z ichiga oluvchi 9 ta bo`limga ajratiladi.
1. Riniyatoifalar — Rhyniophyla
2. Zosterofiltofalar — Zosterophyllophyta
3. Yosintoifalar — Bryophyta
4. Plauntofalar — Lycopodiophyta
5. Psilottoifalar —Psilotophyta
6. Qirqbo `g`imtofalar — Equisetophyta
7. Qirqquloqtoifalar — Polypodiophyta
8. Qarag `aytoifalar (ochiq urug `li/ar) Gymnospermae
9. Magnoliyatoifar (yopiq urug `li/ar) — Magnoliophyta yoki Angyospermae.
Akadernik A. L.Taxtadjyan klassifikatsiyasi bo`yicha Magnoliyatoifalar ikkita ikki urug`pallali va bir urug`pallali ajdodlarga (sinflar) bo`Iinadi. Bu sinflar, o`z navbatida ajdodcha (sinfcha)larga ajraladi.
RINIYATOIFA O`SIMLIKLAR BO`LIMI — RHYNIOPHYTA; Bu bo`limga yuksak o`simliklarning eng sodda tuzilishga ega bo`lgan vakillari kiradi. Shotlandiyalik paleobotanik D.Skott bu guruhga kiruvchi o`simliklarni alohida bo`limga ajratishni taklif etgan va ularni dastavval psilofitlar (Psilophyta), keyinchalik esa riniofitlar deb alagan.
Bu bo`lim vakillari bizgacha yetib kelmagan bo`lsa-da, ularning qazilma holda topilgan turlari tuzilishi jihatidan yuksak o`simliklarning cvolutsiyasini o`rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
1859- yilda kanadalik geolog D.Dauson Kanadadan devon davriga xos qoldiqlardan noma`lum yuksak o`simlikning g`aroyib bir qoldig`ini topgan. Uning dixotomik shoxlangan tanasi bo`lib, barglari bo`Imagan. O`tkazuvchi sistemasi esa tipik protostel holatda bo`lib, sodda (primitiv) hisoblanadi. Topilgan o`simlikning sporangiysi uning dixotomik shoxchalarining ustida joylashgan. Yer osti organlari esa topilmagan. Dauson topgan bu o`simligiga Psilophyton princeps deb nom bergan.
1912- yilning kuzida Shotlandiyada Rhynia turkumiga old o`simlik topiladi.
1937- yilda paleobotanik U.Lang sodda yuksak o`simliklarning riniyalardan ham qadimgi vakilini yuqori silur qoldiqlaridan (Buyuk Britaniya) Kuksoniya (Cooksonia) deb atalgan yangi turkumni aniqlaydi. Keyinchalik kuksoniyaning qoldiqlari yuqori silur qatlamlaridan Chexiya, Markaziy Qozog`iston, Nyu-York shtatidan, Shotlandiyadan va G`arbiy Sibirdan ham topilgan. Kuksoniyalar ham bundan 415 mlii. yillar oldin yashagan o`simliklar ekanligini palcobotanik materiallar tasdiqlaydi. Bu qoldiqlar silur davridan to devon davrining oxirigacha yashagan eng qadirngi yuksak o`simliklar sanalib, ular dastlab psilofitlar bo`limiga birlashtirilgan. Hozirda ko`pchilik olimlar ularni riniofitlar (Rhyniophyta) deb atashadi. Ular elementar o`q organi kauloid va undagi fillioid hanida rizoidlardan iborat. Evolutsiya jarayonida kauloidlardan yirik barglar (paporotnik barglariga o`xshash) kelib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |