Biologiya kafedrasi


Tadqiqotning maqsadi va vazifalari



Download 301,21 Kb.
bet3/25
Sana26.06.2022
Hajmi301,21 Kb.
#706061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Biologiya kafedrasi nurmatova Salima Bahtiyorovnaning-конвертирован

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: viloyatimiz sharoitida soya yetishtirish, doniga dastlabki ishlov berish va saqlash texnologiyasini o’rganib, o’zlashtirishdan
iborat.
Bu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajardik:

  • soyani xalq xo’jaligidagi ahamiyati, tarixi va ekin maydonlarini bilish;

  • soyani marfologik va biologik xususiyatlarini o’rganish;

  • viloyatimiz sharoitida soyani o’sish va rivojlanish davrlarini, hosil ko’rsatkichlarini va hosildorligini aniqlash;

  • soyani doniga dastlabki ishlov berish va saqlash texnologiyalarini o’rganish va o’zlashtirish;

  • soyani iqtisodiy samaradorligini aniqlash;

  • soyani qulay yetishtirish va saqlash texnologiyasini ishlab chiqarishga tavsiya

etish.
Tadqiqot ob’yekti: Namangan viloyatidagi ba’zi fermer xo’jaliklari va ularda
yetishtirilayotgan o’simliklar o’rganildi.
Bitiruv malakaviy ishining strukturasi: Kirish qismida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, tadqiqot mavzusining dolzarbligi, ob’ekti, maqsadi va vazifasi, ilmiy va amaliy ahamiyati shuningdek himoyaga olib chiqiladigan asosiy xulosalar aks etgan.
Ish muqad 61 betni o’z ichiga oladi.
Har bir bob qisqacha xulosalangan. Ishning ohirida umumiy xulosalar, takliflar va foydanilgan adabiyotlar ro‘yhatlari hamda ilovalar ko’rsatilgan.

ASOSIY QISM

I bob Adabiyotlar sharhi

    1. Soyaning kelib chiqishi va ahamiyati


Soya yer sharida keng tarqalgan qadimiy ekinlardan hisoblanadi. Olimlarning fikriga ko’ra, soyaning vatani Osiyoning janubiy-sharqiy hududlari hisoblanadi. Sharq mamlakatlarida soya qadimdan oziq-ovqat ekini sifatida ekib kelingan.
Soya Xitoyda bundan 6 ming yillar muqaddam ham ekilgan. Hindiston soyaning Xitoydan keyin keng tarqalgan ikkinchi vatani hisoblanadi. Soya juda qadimdan Gang daryosi atrofidagi yerlarga ekilgan.
Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, Yaponiya, Koreya, Vetnam, Indoneziya kabi mamlakatlarda soyaning yovvoyi turlari uchramaydi, demak bu mamlakatlarga madaniylashgan soya savdo-sotiq natijasida tarqalgan[11].
Soya yer sharining boshqa mamlakatlarida keng maydonlarda ekila boshlaganiga 100-120 yil bo’ldi. Keyingi 30 yil ichida soya ekiladigan maydonlar tezlik bilan ko’payib bormoqda.
Soya hozirgi kundagi asosiy masala - oqsil tanqisligini hal etishda eng muhim manbalardan biri hisoblanadi. Soya oqsili o’zining kimyoviy tarkibi jihatidan hayvon oqsiliga o’xshash bo’lgani uchun ham barcha rivojlangan mamlakatlarda soya yetishtirishga juda katta e’tibor berilmoqda. Yaponiyada sholi va sabzavot ekinlaridan keyin soya bilan band bo’lgan yerlar o’z kattaligi jihatidan uchinchi o’rinni egallaydi. Yaponiya chet ellardan ham ko’p miqdorda soya sotib olmoqda. Keltirilgan donlar turli maqsadlar uchun foydalanilmoqda. Hozirgi kunda ipak qurti tutishda soya donidagi oqsildan foydalanilmoqda. Yapon mutaxassislari tomonidan tayyorlangan sun’iy oziqning 67 foizi soya oqsili, 2 foizi soya yog’i, limon kislotasi, B guruh vitaminlari va boshqa turli qo’shimchalardan iborat. Yaponiyada bir yilda besh marta ipak qurti boqiladi va bunda soyadan tayyorlangan sun’iy oziq katta ro’l o’ynaydi. Soya donidan, shuningdek sifatli oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanadi. Yaponiyada yaratilgan soya navlari tarkibida oqsil yuqori bo’lishi bilan boshqa mamlakatlarda yetishtirilgan soya navlaridan ajralib turadi[8].
AQShda birinchi marta soya o’stirish bo’yicha Pensilvaniya shtatida 1804- yilda tajribalar olib borildi. 1909 yilda soya o’simligi 660 gektarga ekilgan bo’lsa, 1983-yilga kelib soya maydonlari 32 mln gektarga yetdi[7].
Soya hozirgi kunda AQSH dagi ekin maydonlarining 14 foizida yetishtiriladi.
Hozirgi kunda AQSH da 100 dan ortiq soya navi ekilmoqda. Bu navlar ichida mahsuldorligi yuqori, jumladan, tarkibida 55 foiz oqsil saqlaydiganlari ham bor. Selektsionerlar qurg’oqchilikka chidamli, turli tuproq sharoitlarida o’sa oladigan, gerbitsid va pestitsidlarga moslashgan, tezpishar va kimyoviy tarkibida oqsil va moy miqdori yuqori bo’lgan navlar yaratish sohasida ishlamoqdalar.
Keyingi paytda yaratilgan navlar o’zlarining kasalliklarga chidamliligi, yo’qotib qo’ymasligi hamda gektaridan o’rtacha 35-40 sentner hosil berishi bilan avvalgi navlardan ustun turadi.
AQSH hozirgi kunda jahon bozorida ishlab chiqilayotgan soya kunjarasining
95 foizini yetishtiradi. Chorvachilik rivojlangan sari soya kunjarasi va boshqa mahsulotlariga talab oshib bormoqda.
Shunday qilib, soya hozirgi kunda deyarli barcha Yevropa mamlakatlarida, jumladan, Shveytsariya, Shvetsiya, Ruminiya, Ispaniya, Belgiya, Portugaliya, Italiya kabi mamlakatlarda tabiiy iqlim sharoitlari hisobga olingan holda ekilmoqda. Soya maydonlari bu mamlakatlarda yildanyilga ko’payishiga qaramasdan G’arbiy Yevropa mamlakaglari juda ko’p miqdorda soya kunjarasi, soya uni, moyini hozircha Braziliya, AQSH va Kanada mamlakatlaridan sotib olmoqdalar[6].
Rossiyada soyaning tarqalishida mashhur agronom I. Ye. Ovsyanskiyning xizmati juda katta bo’ldi. U Xitoydan tezpishar qora va jigarrang soya urug’larini keltirdi. Ovsyanskiy soyaning o’zi yashagan uezd va guberniyalarda tarqalishi uchun juda katta targ’ibot ishlarini olib bordi. U tayyorlagan urug’lar Minsk, Don, Chernigov, Kuban, Qrim va boshqa oblastlarda ekiladi.
1900 yilda Rossiyada soya haqidagi kitobchani V.I.Gomilevskiy yozdi. Bu kitobda Rossiyada soya yetishtirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar hamda chet ellarda soya ekish borasidagi tajribalar yoritilgan edi. V.I. Gomilevskiy birinchi marta soya moyini inson organizmi tez hazm qilishini, soya kunjarasi esa chorva mollari
uchun to’yimli oziq ekanligini aytdi. O’tkazilgan juda ko’p tajribalarga qaramasdan Rossiyada revolyutsiyagacha faqat Gruziyada soya ekildi.
1917-yildan so’ng mamlakatimizda soya ekin maydonlari yildan yilga kengayib bordi. 1929-1931 yillarda soya Ukraina, Moldaviya, Shimoliy Kavkaz, Kuban, Uzoq Sharq va O’rta Osiyoda madaniy ekin sifatida ekildi[17].
Agarda 1940-yil soya maydonlari 109 ming gektar bo’lgan bo’lsa, 1956-yilga kelib 307 ming gektarga yetdi. Uzoq Sharqda bu soyadan don, ko’k massa va ko’kat o’g’it sifatida foydalanildi.
Uzoq Sharq sobiq ittifoqimizda soya bilan shug’ullanuvchi asosiy ududlardan biri bo’lib qoldi. 1975-yilda soya maydonlari 700 ming gektardan oshdi. O’rtacha hosildorlik 9,6 sentnerni tashkil etdi. Soya hosildorligini oshirish va uning ekin maydonlarini kengaytirish hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biri bo’lib qoldi.
Respublikamizda soya yetishtirishning birinchi olimlari M.M. Saltas, M.T. Kogay, V.F. Shupakovskiy kabi mutaxassislar bo’ldi[17].
1929-1933 yillarda ular birinchilardan bo’lib soya o’simligi biologiyasini va yetishtirish texnologiyasini o’rgandilar. 1933-yili mamlakatimiz bo’yicha barcha ekinlarni biologik va ekologik xususiyatlariga ko’ra ayrim regionlarda yetishtirish belgilangandan so’ng Uzoq Sharq hududlari soya yetishtirishga ixtisoslashtirildi. Lekin shunga qaramay, O’zbekiston Sholichilik tajriba stantsiyasi olimlari soya bo’yicha o’z izlanishlarini davom ettirdilar. Bu davrda «Mutant» va «Uzbekskaya 1» navlari yaratilgan edi.
Soya agrotexnikasini ishlab chiqish va uni oqsilli o’simlik sifatida har tomonlama o’rganish O’zbekistonda 1976-yildan so’ng keng avj oldi.
Dastlabki tajribalar Samarqand viloyatining «Guliston» va «Bog’izog’on» xo’jaliklarida o’tkazildi. «Bog’izog’on» xo’jaligida soyaning 43 ta navi ertangi ekin,
«Guliston» xo’jaligida esa kuzgi bug’doydan bo’shagan maydonlarda kechki ekin sifatida ekildi[14].
1977-yili tajriba maydonlari yana kengaydi. Do’stlik tumanidagi Qosim Rahimov nomli xo’jalikda, Termiz tumanidagi sobiq «Qizil Yulduz» xo’jaligi, Jomboy tumanining sobiq «Pravda» xo’jaligda takroran navlarni sinash borasida
tajribalar olib borilib, dastlabki natijalar qo’lga kiritildi. Tajriba uchun «Uzbekskaya 2», «Qrasnodar 10», «Krasnodar 33» navlaridan foydalanildi.
Respublikamizda soyachilikni rivojlantirishda G’uzor, Shahrisabz, Koson va Yakkabog’ tumanlarining hissasi katta bo’ldi. 1978-yili G’uzor tumanidagi sobiq
«VLKSM-30 yilligi» xo’jaligida «Krasnodar 10» va «Krasnodar 33» navlari erta bahorda, «Volna» navi esa bahorgi arpadan keyin eqilib durustgina hosil olindi.
Respublikamizda chorva mollarini oqsilli oziq bilan ta’minlashi uchun keyingi yillarda soya maydonlari tobora kengaymoqda[9]. Soya sof holda va makkajo’xori bilan aralash holda ekilmoqda.
1987-yilda respublikamizda soya don uchun 2700 gektar yerga eqilib, har gektar yerdan o’rtacha 14,6 sentnerdan hosil olindi. Shuningdek, makkajo’xori bilan
6 ming gektardan ziyod yerga ekildi. Respublika Davlat agrosanoat komiteti ma’lumotiga ko’ra, XII besh yillikning oxiriga borib don uchun ekiladigan soya maydonlari 9 ming gektarga yetadi. Makkajo’xori bilan aralash ekiladigan maydonlar ham yanada ortadi.
Soya maydonlarini chorvachilik xo’jaliklarida ko’paytirish, ayniqsa, katta ahamiyat kasb etadi. Jumladan, Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi sobiq
«Oktyabr», Frunze nomli xo’jaliklari soya yetishtirish borasida boy tajriba to’plaganlar. Bu xo’jaliklarda soya suti tayyorlanib buzoq va cho’chqalarga berilmoqda. Bu esa ularning mahsuldorligini oshirishda katta ro’l o’ynamoqda.
Ma’lumki kundalik hayotda odamlar va hayvonlar uchun eng zarur modda bu oqsildir. Oqsil o’z kimyoviy tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: o’simlik oqsili va hayvon oqsili.
Quyidagi o’simliklar ko’p miqdorda oqsil saqlashi bilan boshqa o’simliklardan ustun turadi:
bug’doyda 13-16 foiz
yasmiqda 30 foiz
no’xatda 25 foiz
er yong’oqda 29 foiz soya donida 40-42 foiz
Ba’zi bir serhosil soya navlarida 55 foizgacha oqsil uchraydi[17].
Inson organizmi hamisha go’sht, sut, qatiq, sariyog’, tuxum va boshqa mahsulotlarga juda katta ehtiyoj sezadi. Kundalik faoliyatimizda biz chorva mahsulotlarini iste’mol qilishga harakat qilamiz. Birgina soya o’z oqsili va aminokislotalari tarkibida hayvon oqsilida bo’ladigan 10 ta aminokislotani saqlaydi. Boshqa o’simliklarda bunday imkoniyat yo’q.
Oqsil inson yoki hayvon organizmiga tushgach tarkibiy qismlarga bo’linib ketadi. Almashlab bo’lmaydigan aminokislotalarning ahamiyati shundaki, ular odam iste’moli uchun tayyor holda bo’ladi. Uzoq muddat davomida organizmga aminokislotalardan biri yetishmasa, o’sha organizm halok bo’ladi. Bugo’ngi kunda yer shari aholisining deyarli yarmi oqsil yetishmasligidan azob chekmoqda. Ayniqsa, Afrika, Janubiy Amerika va Osiyoda aholi oziq-ovqatlarining tarkibida oqsil va uning asosini tashkil qiluvchi almashlab bo’lmaydigan aminokislotalarning yetishmasligidan qiynalishadi. Yer shari aholisiga har yili 20 million tonna oqsil yetishmaydi.
Yuqorida sanab o’tganlarimiz inson iste’mol etadigan oziq ovqat tarkibida yetishmaydigan oqsildir. Chorva mollari uchun tayyorlanadigan yem xashak tarkibida ham oqsil miqdori juda kam. Har yili sobiq Ittifoqda chorvachilik uchun 36-38 million tonna hazm bo’ladigan protein ishlab chiqarilishi kerak. Lekin biz hozirda 6- 6,6 million tonna protein kam ishlab chiqaramiz. Proteinning oziq ratsionida yetishmasligi chorva mollarining mahsuldorligini keskin kamaytiradi, oziq kontsentratlarining sarfini, mahsulotning tan narxini va yemxashak sarfini 1,5 baravarga oshiradi[12].
Soya oqsilining eng muhim xususiyatlaridan biri unda lizin aminokislotasining keragidan ortiq miqdorda bo’lishidir. 100 gramm soya oqsilida 6 gramm lizin bo’ladi. U organizmda tez hazm bo’ladi va biologik jihatdan go’sht, sut va tuxum oqsiliga juda o’xshaydi.
Soya urug’ida oqsil miqdori tovuq go’shtiga qaraganda 14 marta, tuxumga qaraganda 4 marta, mol go’shtiga qaraganda 3,5 marta ko’proqdir. Shuning uchun soya mamlakatimizda o’simlik oqsili yetishmovchiligini to’la to’kis hal etishda
asosiy ro’l o’ynashi kerak. Soya oziq ovqat sanoatida, texnikada va chorvachilikda eng qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi. Soya doni tarkibidan qizdirish yo’li bilan moy ajratib olinganda, oqsil miqdori 75 foizgacha yetadi. Bu o’ta seroqsil mahsulot soya izolyati deb ataladi. Soya izolyatidai turli xil kolbasalar tayyorlashda ishlatiladi. Soya oqsilining tannarxi sut oqsilidan 25 marta, mol go’shti oqsilidan 50 marta arzonga tushadi. 800 ming tonna soya doni yetishtirilsa, bu 320 ming tonna oqsil demakdir. Shuncha miqdordagi oqsilni olish uchun 4 million 200 ming tonna go’sht yetishtirish kerak.
Soya donidan un tayyorlab non, Shirin kulcha, makaron va jamiki bug’doydan tayyorlanadigan mahsulotlarga qo’shilsa ular tarkibida oqsil miqdori oshadi[11].
Hozirgi kunda AQSh olimlari non pishirishning yangi retseptini ishlab chiqdilar. Ular 7-8 foiz soya qo’shib non tayyorlashni taklif qildilar, bunda non tarkibida oqsil miqdori oshib, juda yumshoq bo’ladi. Bunday non tezda qotib qolmaydi, xamirning ko’pchishi tez, g’ovakligi esa yanada oshadi. Chunki bug’doy unida 14 foiz oqsil bo’lsa, soya unida 50 foiz oqsil bor. Soya unining kaloriyasi boshqa unlarga qaraganda juda yuqori bo’ladi. Agar 100 gramm bug’doy unida 360, no’xat unida 320, suli donida 385, grechixa unida 345 kaloriya bo’lsa, soya unida zsa 450 kaloriya bor.
Turli xil pirojniylar va pechenyelar tayyorlashda uning tarkibida kleykovina miqdori kam bo’lishi kerak. Mana shunday holatlarda soya uiini qo’shish juda yaxshi natija beradi. Oziq-ovqatlarning tarkibiga soya uni qo’shish bilan ularning saqlanish muddati bir yarim - ikki marta oshadi.
Bug’doy yormasiga 12,5 foiz soya uni qo’shilganda uning hazm bo’lishi 80 foiz, 23 foiz qo’shilganda esa 95 foiz oqsil organizm tomonidan o’zlashtiriladi.
Yog’sizlantirilgan soya unidan konditer sanoatida foydalaniladi. Hozir magazinlarda arzon shokoladlar sotilmoqda. Ularning tarkibida kofe yo’q, balki soyadan tayyorlangan kofe bor. Bunday shokoladlarni iste’mol qilish yosh bolalarga ham kasalmand kishilarga ham zararsizdir. Keyingi paytda respublikamizning moy zavodlarida soya unidan yog’ olish texnologiyasi yaxshi o’rganildi. Qashqadaryo viloyati Koson tumanida juda katta quvvatga ega bo’lgan soya moyi ishlab chiqishga
moslashirilgan yangi moy zavodi ishga tushirildi. Samarqand viloyat Kattaqo’rg’on moy zavodida ham keyingi yillarda soya moyi tayyorlanmoqda. Letsetin miqdori soya donida tuxumga qaraganda birmuncha yuqori. Bir tonna soya donidan 8-10 kilogramm sof holdagi letsetin olinadi. Agarda biz bir gektar maydondan 9,4 sentner soya doni olsak biz 4 ming dona tuxumni tejab qolgan bo’lamiz. Chunki 4 ming dona tuxum tarkibidagi letsetinni 3,4 sentner soya donidan olish mumkin. Letsetin plastmassa kabi mahsulot ishlab chiqarishda asosiy xom ashyolardan biri hisoblanadi. Soya uni o’z tarkibida oddiy mol go’shtiga qaraganda ikki-uch baravar oqsil saqlaydi. Go’shtda oqsil 18-25 foizgacha bo’lsa, soya uni izolyatida oqsil miqdori 80 foizga yetadi. Hozirgi kunda respublikamizda go’sht zavodlarining kolbasa ishlab chiqaruvchi sexlarida ishlab chiqarilayotgan kolbasalarning tarkibiga 10-15 foizdan
soya izolyati qo’shilmoqda.
Bir kilogramm soya unidagi protein miqdori 2-3 kilogramm mol go’shti tarkibidagi proteinga tengdir. Soya oqsilida fosfor kislota miqdori oddiy go’shtga qaraganda ikki marta, mineral moddalar miqdori esa to’rt marta ziyoddir. Inson organizmida fosfor kislotasining ahamiyati juda katta. U suyak to’qimalarining hosil bo’lishini, uglevod almashinuvini va muskullarning faoliyatini yaxshilaydi[13].
Sof holdagi soya izolyati oziqovqat mahsulotlarining fizikbiologik xususiyatlari va ta’mini yaxshilaydi, to’yimliligini oshiradi. Soya izolyatidan sun’iy. vetchina, bekon, kolbasa, sosiska, qiyma kabi mahsulotlar tayyorlanadi.
Tibbiyot ilmining asoschisi Abu Ali ibn Sino o’z asarlarida sutning shifobaxsh xususiyatlari to’g’risida yozib qoldirgan. Sut va sutdan tayyorlangan mahsulotlar yosh bolalar, keksa kishilar va deyarli barcha xil bemorlar uchun eng yaxshi oziq hisoblanadi, deb yozadi u.
Ma’lumki, sut tarkibida oqsil, moy, mineral tuzlar, vitaminlar, sut shakari, turli xil fermentlar kabi tirik organizmning o’sishi va rivojlanishi uchun juda zarur hamma moddalar bor. Sut tarkibidagi moddalarni esa inson organizmi tez hazm qiladi.
Mamlakatimiz aholisining sut mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish bugo’ngi kundagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Sut miqdorini oshirish uchun chorva mollari mahsuldorligini ta’minlash kerak. Buning uchun katta-katta
maydonlarda yaylovlar barpo qilish, ulardan olinadigan oziq birligini yanada ko’paytirish, chorva mollari naslini yaxshilash lozim bo’ladi.
Iste’mol qilinadigan sut miqdorini ko’paytirish rezervlaridan biri buzoqlarga ichiriladigan ona sigir sutini tejab qolish hisoblanadi. Ma’lumki, ertalab va kechqurun sigir sog’ilgandan keyin ma’lum miqdordagi sut buzoqlarga ichirish uchun qoldiriladi. Har bir buzoq emish davrida 250-400 kilogrammgacha qaymoqli sut ichadi[17].



    1. Download 301,21 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish