«biologiya» kafеdrasi


Ish tartibi va topshiriqlar



Download 3,14 Mb.
bet57/62
Sana11.04.2022
Hajmi3,14 Mb.
#542262
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
Bog'liq
Osimliklar fiziologiyasi fanidan laboratoriya ishlanmasi 2021-2022oquv yili

Ish tartibi va topshiriqlar: Eng avvalo silindrga suv quyib, undagi va unga ulangan pipetkadagi suv balandligi begilab olinadi. So‘ngra ilgaridan suv yoki qum sharoitida o‘stirilgan g‘o‘za, bug‘doy, arpa o‘simliklaridan olib, ularning poyasi ma’lum balandlikda kesib tashlanadi. Ildizlari esa suvda yaxshilab yuviladi va ulardagi ortiqcha suv tomchilari ehtiyotkorlik bilan filtr qog‘ozi yordamida so‘rib olinadi.
Agar tajribaga donli o‘simliklarning maysalari ishlatilsa, 5-6 tadan, g‘o‘za o‘simtalari ishlatilsa 3-4 tadan o‘simta ildizi olinadi. Ildizlarni silindrdagi suvga tushirishdan oldin,uning shikastlanmasligi uchun ildiz bo‘yniga ozgina paxta qo‘yib, 2 yarimtaga bo‘lingan tiqinning birinchi yarmidagi teshikka qo‘yiladi va ikkinchi yarmi bilan berkitiladi. Tiqindagi ildizlarning bir xil balandlikda qimirlamasdan turishligi uchun tiqin ip bilan bog‘lanadi .
Shu usulda tayyorlangan ildizlar dastasi, silindrdagi suvga tushiriladi. Ammo, ildiz eritmalardan olinayotgan bo‘lsa undagi ortiqcha suv tomchilarini filtr qog‘ozi bilan so‘rib olishni unutmaslik kerak. Silindrga ildiz tushirilishi bilan, pipetkadagi suv B1 holatga ko‘tariladi. Suv balandligining o’zgarish nuqtasi belgilanib olingach, ildiz silindrdan olinadi va undagi ortiqcha suv tomchilarining silindrga oqib tushishligi uchun ma’lum vaqt uning ustida tutib turiladi.Agar ildizni silindrdan olgandan keyin suv balandligi B1 holatga kelmasa byuretkadagi suvdan ozroq quyib B1 nuqtaga keltirib olinadi.Shundan so’ng byuretka orqali pipetkadagi suv balandligi B1 holatga kelguncha silindrga suv quyiladi. Pipetkadagi suvning B1 holatdan B2 holatga qayta kelishi uchun quyilgan suv, silindrga tushirilgan ildiz hajmini beradi. Shu usuldagi ish 2 – 3 marta takrorlanadi va olingan natijalar jadvalga yozib olinadi olingan ma’lumotlar asosida xulosa qilinadi.


2-variant.
Qandlarni protoplazmaga himoya ta’sirini o‘rganish. Past haroratlarda protoplazma oqsillariga qandning ta’sirini o‘rganish.
Kerakli asbob va reaktivlar: 1. Qand lavlagi. 2. Piyoz, 3.Saxarozaning har xil konsentratsiyali eritmalari, 4.Probirka, 5.Pipetka, 6. 8% li osh tuzi, 7.Muz yoki qor.
8. Sovutkichli sentrifuga

Qand moddasining sitoplazma muzlanishiga bo‘lgan ta’sirini 2 xil o‘simlik misolida ko‘rib o‘tamiz.
Ildiz mevalilardan qand lavlagi olib, undan qalinligi 0,5 sm bo‘lgan 16-20 ta kesma tayyorlanadi. Kesmalarni chinni idishlarga solib, sovuq suvda yuviladi. Suvda yuvishimizga asosiy sabab, kesma tayyorlash paytida ba’zi bir hujayralar mehaniq shikastlanadi va ulardan oqayotgan shira tajriba natijalariga ta’sir etishi mumkin.
So‘ngra 4 ta probirka olib, ularni har bittasiga 4-5 tadan kesma tushuriladi. Birinchi va ikkinchi probirkaning ¼ qismigacha distillangan sovuq suv, uchinchisiga 0,5 M saxaroza va to‘rtinchisiga esa 1 molyarli saxaroza eritmasidan qo‘shiladi. Endi esa probirkalarning 3 tasini sovutuvchi aralashmaga tushiriladi .Sovutuvchi aralashma tubandagicha tayyorlanadi.Qor yoki maydalangan muz, osh tuzi bilan 3:1 nisbatda qo‘shilib yaxshilab aralashtiradi.Shunday nisbatda tayyorlangan muz va tuz aralashmasi sovutgich vazifasini bajaradi. Bu aralashmaning harorati -200C gacha bo‘ladi.
Keyin esa, 2,3 va 4 probirkalar sovutuvchi aralashmaga tushirib o‘simlik to‘qimasi turgan balandlikkacha ko‘mib qo‘yiladi. Birinchi probirka esa, ochiq havoda nazorat varianti sifatida qoldiriladi. Muz-tuz aralashmasiga quyilgan probirkalarda, tahminan, 20-25 daqiqa o‘tishi bilan muz hosil bo‘la boshlaydi.Muzlagan probirkalar bu aralashmadan olinadi va xona haroratda bo‘lgan stakandagi suvga tushurilib qo‘yiladi. Nazorat vazifasini bajaruvchi probirka ham xuddi shunday haroratdagi suvga tushiriladi. Malum vaqt o‘tishi bilan probirkalardagi muz eriy boshlaydi. Probirkalardagi eritma va lavlagi kesmalarining rangi bir-birlariga solishtiriladi va 1- jadvalga yozib qo‘yiladi.



Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish