Ishning tartibi va topshiriqlar: Askorbat kislotasiga boy bo’lgan o’simliklardan (na’matak mevasi, kartoshkadan) 3 gr olib, 1% li xlorid kislota ishtirokida, chinni xovonchada eziladi. Chinni hovonchada bir xil massa holigacha ezilgan to’qima, hajmi 50 yoki 100 ml bo’lgan o’lchov kolbalariga o’tkaziladi. Keyin esa, eritma ustiga kolbaning belgi chizig’iga qadar 1% li oksalat kislotasidan quyish orqali uning hajmi 50 yoki 100 ml ga yetkaziladi va filtrdan o’tkaziladi. Shu usulda tayyorlangan filtrat vitamin C manbai hisoblanadi.
Filtratdan 10 ml olib, 50 ml hajmdagi kolbaga solinadi va 2,6-dixlorfenolindofenolning 0,001 n li eritmasi bilan och pushti rang hosil bo’lishiga qadar mikrobyuretka yordamida titrlanadi. Olingan o’simlik to’qimasi tarkibidagi askorbat kislota miqdori quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi.
a·0,088·v·100
X= ----------------------------------
10·3000
Bu yerda: X-o’rganilayotgan to’qima tarkibidagi askorbat kislotaning miqdori (mg.% hisobida).
a-titrlashga ketgan 0,001 n 2,6-dixlorfenolindofenolning miqdori (ml.hisobida);
0,088-1 ml 2,6-dixlorfenolindofenolga to’g’ri keladigan askorbat kislotaning miqdori (mg.hisobida);
v-analizga olingan o’simlik to’qimasidan tayyorlangan eritmaning umumiy miqdori (ml.hisobida);
10-titrlashga olingan eritma miqdori (ml.hisobida);
3000-analiz uchun olingan o’simlik to’qimasining miqdori (mg.hisobida)
100% -o’tish koeffitsiyenti.
Yuqoridagi formula yordamida askorbat kislotaning miqdorini topishda 2,6-dixlorfenolindofenolning titrini aniqlashga to’g’ri keladi. 2,6-dixlorfenolindofenol titri askorbat kislotasi bo’yicha aniqlanadi, buning uchun 50 ml hajmdagi o’lchov kolbasiga 1-1,5 mg askorbat kislotadan olib, 2% li sulfat kislotada eritiladi.
Ikkita yuvilgan kolba olib, ularning har bittasiga 5 ml tayyorlangan eritmadan olinadi. So’ngra esa kolbalarga 5-10 mg KJ kristalidan va 5 tomchidan 1% li kraxmal eritmasidan tomiziladi. Bitta kolbadagi aralashma 2,6-dixlorfenolindofenol bilan ikkinchisi esa, 0,001 n li KJO3 eritmasi bilan titrlanadi. 2,6 –dixlorfenolindofenol titri quyidagi formula bo’yicha hisoblab topiladi.
0,088 x a
T=-----------------------
b
Bu yerda T-har millilitr 2,6-dixlorfenolindofenolga to’g’ri keladigan askorbat kislotaning miqdori (mg.hisobida);
0,088-har millilitr 0,001 n li kaliy yodidga to’g’ri keladigan askorbat kislotaning miqdori (mg.hisobida);
a-askorbat kislotani titrlash uchun sarf bo’lgan 2,6-dixlorfenolindofenol miqdori (mg.hisobida).
Do'stlaringiz bilan baham: |