Laboratoriya ishi №17.
Tuproqning to‘la nam sig‘imini aniqlash.
Ishning maqsadi: Turli dala tuproqlarining namligini va to`la nam sig`imini aniqlash.
Turli xil tuproqlarni namligini aniqlash.
Tuproqning to‘la nam sig‘imini aniqlash.
Kerakli asbob va reaktivlar: 1. Tuproq, 2. Byukslar. 3. Tagiga temir setka qo‘yilgan silindr, 4. Memmert universal quritish uskunasi, 5. Eksikator. 6. Tarozi. 7. Tarozi toshlari. 8. Filtr qog‘oz. 9. Shtativ.
Umumiy tushuncha: O‘simliklarning normal holda suv bilan ta’minlab turishda, tuproqning to‘la nam sig‘imining aniqlash muhim ahamiyatga ega. Tuproqning to‘la nam sig‘imi deb, ayni tuproqning o‘zida suvni ushlab turish qobiliyatiga aytiladi.
Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida, tuproqqa ekilishi mumkin bo'lgan o‘simliklarda normal fiziologik jarayonlaming ketishi va ekinlardan yuqori va sifatli hosil olish uchun avvalo tuproqning namlik ko'rsatkichlarini bilish muhimdir. Bu shunaqa namlik ko‘rsatkichiki, undan pastda o‘simlikning organik massasi kamayib, u o‘z navbatida hosilning kamayishiga olib keladi. Bu tuproq namligi ko‘rsatkichi optimal namlik chegarasi deyiladi.
Tuproqning optimal namlik chegarasi o‘z navbatida o'simlikning o‘sishi fazasiga, tuproqning unumdorligiga, sho‘rlanishga, sizot suvlarning minerallashishiga, ob-havo sharoitlariga, r.grotexnikaga hamda kuchli suv yetishmasligini keltirib chiqaradigan xavfli davrlarning bo‘lishi yoki bo‘lmasligi bilan bog‘liq. Shuning uchun ham arid zonalari uchun qishloq xo‘jalik ekinlarini suv bilan aniq va tejab sug'orishning fiziologik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish alohida ahamiyatga ega boMib, yuqori hosil olishning asosiy omilidir.
Ishning tartibi va topshiriqlar: Tuproqning to‘la nam sig‘imining aniqlash uchun ikki bosqichdagi ishlarni amalga oshirish kerak; tuproq namligini va nam sig‘imini aniqlash.
Tuproq namligini aniqlash.
Buning uchun, ilgaridan og‘irliklari ma’lum bo‘lgan alyuminiy yoki shisha byuqslarga tuproq solib, ularning ham og‘irliklari tarozida tortish bilan aniqlanadi. Byuqslarga solingan tuproq, quritgich shkaflariga qo‘yiladi va 6 soat davomida 1050 C da quritiladi. Memmert universal quritish uskunasi, sterillizator, termostat
2-rasm: Uskunaning tuzilishi 1. Control COCKPIT ixcham funksional tumachalarni o’z ichiga olgan paneli (shuningdek, 25-betga qarang). 2. “On/Off” ulab-uzgich qurilmasi (shuningdek, 22-betga qarang).
3. Ishchi kamera ventilyatori (faqat UF/IF/SF uskunalari uchun).
|
4. Po’lat panjara.
5. Ishchi kamera.
6. Firma yorlig’i (eshikning orqa tomonida, shuningdek, 12-betga qarang).
7. Eshik tutqichi (shuningdek, 23-betga qarang).
8. Tasdiqlash tugmachasini o’z ichiga olgan burish regulyatori.
|
Quritish vaqtining tugashi bilan byuqslar pinset yordamida quritish shkafidan olinadi va eksikatorga qo‘yiladi. Eksikatorda havo haroratigacha sovutiladi, so‘ngra esa, ular tarozida tortiladi. Tarozida tortilgan byuqslar, qaytadan quritkich shkaflarida 2 soat davomida 1050 C da tutiladi. Keyin esa, byuqslar shkafdan olinib, eksikatorda 30 – 40 daqiqa davomida xona haroratigacha sovutiladi va tarozida tortib og‘irligi aniqlanadi.
Agarda birinchi tortish bilan, ikkinchi tortish o‘rtasidagi farq bo‘lmasa, quritish ishi tugatilgan deb hisoblanadi. Mabodo, tuproq og‘irligining kamayishi davom etsa, qurutish yana bir marta takrorlanadi. Tuproq namligini aniqlashdan olingan natija ma’lumotlari jadvalga yoziladi. Tashriba natijalari, 6,22 g tuproq tarkibida, 1,24 g suv borligini ko‘rsatadi.
Odatda, tuproqni quritish davrida bug‘’lanib ketgan suv miqdori foizlarda ifodalanadi.
6,22 ------- 100
1,24 ------- x
100 · 1,24
X= ------------------- = 19,93 %
6,22
Demak, olingan tuproq namligi 19,93% ga teng ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |