Nazorat savollari.
1. Transpiratsiya koeffitsiyenti ko‘rsatkichi qaysi omillarga bog`liq?
2. Transpiratsiya mahsuldorligiga qaysi omillar ta’sir qiladi?
3. Antitraspirantlar nima va ularning ta’sir mexanizmi?
4. Transpiratsiya jadalligini qanday kamaytirish mumkin?
Vazifa:
O‘rganiladigan o‘simlik barglaridan parma yordamida kesmalar tayyorlash.
Tayyorlangan kesmalarni torzion taroziga joylashtirib 3 minut davomida og‘irligida bo‘ladigan o‘zgarishlarni aniqlash.
Barglardagi transpiratsiya jadalligini hisoblab chiqish va xulosa.
Laboratoriya №11
Transpiratsiya tezligini hajmiy usulda aniqlash.
Ishning maqsadi. Har xil o‘simliklar tanasidagi transpiratsiya jadalligini tarozida o‘lchash usuli bilan aniqlash va ularni taqqoslash.
Kerakli asbob va reaktivlar. Tarozi, qaychi, millimetrlarga bo‘lingan qog‘oz, egilgan nay yoki kolbacha, suv, ip, har qaysi eritma uchun alohida pipetka.
Umumiy tushuncha. Transpiratsiya o‘simliklar tanasi orqali suvning bug‘lanishidir. Bu jarayon asosan o‘simlik bargida sodir bo‘ladi. Bir turga mansub o‘simliklarda ham bir xil sharoitda barg sathiga qarab bug‘lanadigan suvning miqdori har xil bo‘ladi. Masalan, bir gektar bug‘doy 2 ming tonna suv, makkajo‘xori – 2,3 ming tonna, bir gektar karam esa 8 ming tonna suv bug‘latadi. Transpiratsiya o‘simlik tanasi bo‘ylab suv va unda erigan mineral tuzlarning harakatlanishini ta’minlaydi, barglarni ortiqcha qizishdan asraydi, barg to‘qimalarini suvga to‘yingan holda saqlab, shu bilan birga hujayralarning so‘rish kuchini bir me’yorda ushlab turadi. Transpiratsiyaning jadalligi bargdagi og‘izchalar soniga, ularning joylashishiga, epidermisning tuzilishiga, o‘tkazuvchi sistemaning rivojlanishi darajasiga, hujayra shirasining keyingi bosimiga, protoplazmaning suvga to‘yinganligiga, yorug‘lik kuchiga, haroratga, havo namligiga, shamolga, tuproq tarkibidagi azot va boshqa oziq elementlarning miqdoriga bog‘liq.
Transpiratsiya jadalligi 1 m2 barg sathida bir soatda bug‘langan suv miqdoriga qarab aniqlanadi. O‘simlikning o‘sish davrida bir gramm quruq modda hosil qilish uchun sarflangan suv miqdori transpiratsiya koeffisiyenti deb ataladi. O‘simlik turiga qarab transpiratsiya koeffisiyenti 200-300, hatto 1000 dan ortiq bo‘lishi mumkin. Ma’lum miqdorda suv sarflanganda o‘simliklarda hosil bo‘lgan quruq modda miqdori transpiratsiya mahsuldorligini belgilaydi. O‘simliklarda transpiratsiyani o‘rganish usullari 3 xil bo‘ladi.
1. Transpiratsiya naijasida o‘simlik og‘irligida hosil bo‘lgan o‘zgarishlarni hisobga olish.
2. O‘simlik ajratgan suv bug‘larini to‘plash va hisobga olish.
3. Transpiratsiya vaqtida yo‘qotgan suv o‘rniga o‘simlik so‘rib oladigan suv miqdorini hisobga olish.
Biz quyida o‘simlikning bargli novdasini tarozida tortib, uning og‘irligida hosil bo‘lgan o‘zgarishni hisobga olib, transpiratsiya jadalligini aniqlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |