2-ish.
Kerakli asbob va reaktivlar: 1. bug’doy, arpa, makkajo’xori yoki boshqa o’simliklar, 2. 70% li saxaroza eritmasi, 3. refraktometr, 4. byukslar, 5. analitik tarozi, 6. quritgich shkaf, 7. 3 ml pipetkalar (Dozator), 8. namuna olinadigan parma.
Ishning tartibi va topshiriqlar.Erkin suvni saqlash uchun namuna olinadigan parma yordamida tekshiriladigan o’simliklarning yettitasidan ma’lum yarusda joylashgan barglaridan 7 tadan 49 dona bo’lakcha kesib olinadi. Olingan barg bo’lakchalarini aralashtirib, 7 ta og’irligi ma’lum bo’lgan, ichiga 3 ml dan saxaroza eritmasi qo’yilgan byuksga 7 tadan solib, og’zi berkitiladi. So’ngra ularni analitik tarozida tortib laboratoriyada soya joyga qo’yib, xona haroratida 6 soat saqlanadi. Umumiy suvni aniqlash uchun 7 ta o’simlik bargidan namuna olinadigan parma yordamida yana 7 tadan 49 ta bo’lakcha kesib olib, aralashtirib, og’irligi aniqlangan 7 ta quruq byuks ichiga 7 tadan solinadi. So’ngra bu byukslarni ham barg bo’lakchasi bilan analitik tarozida ayrim-ayrim tortiladi va umumiy suvni aniqlash uchun quritgich shkafga 100-1050C issiqqa qo’yib, doimiy og’irlikka qadar quritiladi.
Umumiy suv miqdorini barg bo’lakchalarining boshlang’ich ho’l og’irligiga nisbatan qancha ekani qurigandan keyin og’irligini aniqlash yo’li bilan topiladi.Masalan: barg bo’lakchalarining boshlang’ich og’irligi 500 mg, qurigandan keyingi og’irligi 90 mg. U holda barglarning qruq og’irligi (X) quyidagicha bo’ladi:
500 mg ---------------100
90 mg --------------X
X=
Demak, barg bo’lakchalarining 18% quruq modda va 82% umumiy suvdan iborat bo’lar ekan. Shu umumiy suv miqdoridan (82%) erkin suv miqdori olib tashlansa, bog’langan suv miqdori kelib chiqadi. Erkin suvni aniqlash uchun barg bo’lakchalari tushirilgan saxarozaning konsentrasiyasi 6 soatdan keyin refraktometr yordamida aniqlanadi (10- rasm).
10- rasm. Refraktometr
Saxaroza boshlang’ich eritmasining (nazorat) ham kontsentratsiyasi refraktometrda aniqlanib, jadvalda berilgan (1 va 2) songa asosan qand miqdori aniqlanadi. Olingan ma’lumotlarga asosan erkin suv miqdori quyidagicha aniqlanadi. Masalan, boshlang’ich eritmadagi saxarozaning kontsentratsiyasi - 70%, barg bo’lakchalari tushirilgan byuksdagi saxarozaning konsentrasiyasi 63,0% 3 ml boshlang’ich saxaroza eritmasining og’irligi 3,8992 g,
3,8992g-------100% X=
X----------------70%
Tajriba uchun olingan eritmadagi saxarozaning og’irligi 2,7294 g.
2,7294------63,0% X= g
X--------100,0%
Tajribadan keyin eritmaning og’irligi 4,332 g ekan. Tajriba vaqtida eritmaning oshgan og’irligi 4,332-3,8992=0,4085 g ekan.
Tajriba uchun olingan barg bo’lakchalarining og’irligi 0,6718 g. Shunday bargning 100 gramida qancha erkin suv borligini aniqlash uchun :
0,6718------------0,4085
100---------------X X=
Barg bo’lakchalari tarkibidagi erkin suv miqdori 60,8% ekan. Yuqorida aniqlangan umumiy suv miqdori 82,0% edi. Shundan bog’langan suv miqdori 82,0-60,8=21,2% ga teng ekan.
Tajriba 200S haroratda olib borilsa, refraktometr ko’rsatishi bo’yicha eritmadagi saxaroza miqdorini 1-jadvaldan foydalanib aniqlanadi.
1-jadval
200S
|
Quruq modda
miqdori
(% da)
|
200C
|
Quruq modda
miqdor (% da)
|
200C
|
Quruq modda
miqdori (% da)
|
200C
|
Quruq modda miqdori
(% da)
|
1,3344
|
1
|
1,3418
|
6
|
1,3494
|
11
|
1,3590
|
17
|
1,3359
|
2
|
1,3433
|
7
|
1,3510
|
12
|
1,3522
|
19
|
1,3374
|
3
|
1,3448
|
8
|
1,3525
|
13
|
1,3655
|
21
|
1,3388
|
4
|
1,3464
|
9
|
1,3541
|
14
|
1,3689
|
23
|
1,3403
|
5
|
1,3479
|
10
|
1,3557
|
15
|
1,3723
|
25
|
Agar tajriba, ya’ni refraktometr kuzatish 200C dan boshqa haroratda olib borilsa, 2 jadvalga asosan aniqlangan saxaroza miqdoriga o’zgarishlar kiritiladi.
Haroratda +12-190 va 21-280 bo’lganda jadvaldagi saxaroza miqdoriga yuqoridagicha o’zgarishlar kiritiladi.
2-jadval
Ushbu haroratda
kuzatilsa ayrib tashlanadi
(-)
|
7 jadvaldagi topilgan quruq moddaga qo’shimcha
|
Ushbu haroratda aniqlansa qo’shiladi (+)
|
5%
|
10%
|
15%
|
20%
|
25%
|
12
|
0,54
|
0,55
|
0,56
|
0,57
|
0,58
|
28
|
13
|
0,47
|
0,48
|
0,49
|
0,50
|
0,51
|
27
|
14
|
0,40
|
0,42
|
0,42
|
0,43
|
0,44
|
26
|
15
|
0,33
|
0,34
|
0,35
|
0,36
|
0,37
|
25
|
16
|
0,26
|
0,27
|
0,28
|
0,26
|
0,29
|
24
|
17
|
0,20
|
0,21
|
0,21
|
0,22
|
0,22
|
23
|
18
|
0,10
|
0,13
|
0,14
|
0,14
|
0,14
|
22
|
19
|
0,07
|
0,07
|
0,07
|
0,07
|
0,07
|
21
|
Do'stlaringiz bilan baham: |