Nazorat savollari.
Tranpiratsiya xillari va biologik roli
Transpiratsiya koeffitsiyenti ko‘rsatkichi qaysi omillarga bogMiq?
Transpiratsiya mahsuldorligiga qaysi omillar ta’sir qiladi?
Vazifa.
O’simliklardagi transpiratsiyaning ahamiyatini o’rganish.
Transpiratsiyaning mexanizmlarining o’ziga xosligini tahlil qilish.
Uy sharoitida ham transpiratsiya jarayonini tajriba orqali kuzatish.
Laboratoriya ishi №12.
Transpiratsiya intensivligini ajralib chiqqan suv miqdoriga qarab aniqlash.
Ishning maqsadi. Transpiratsiya jadalligining mavsumiy tarzda o’zgaruvchanligi asosida o’simliklardagi fiziologik jarayonlarni tahlil qilish va bu jarayonning tabiatdagi ahamiyatini o’rganish.
Kerakli asbob va reaktivlar: 1. O`simlik novdasi, 2. 30% li CoCl2 eritmasi, 3. filtr qog`oz, 4. qisqich, 5. buyum oynasi, 6. soat.
Umumiy tushuncha. Transpirasiya jadalligi - bu 1 m2 barg sathidan 1 soat davomida bug‘latilgan suv grammlar hisobidagi miqdoridir. Transpirasiya jadalligiga yorug‘likning ta'siri anchagina kattadir. Masalan, ko‘pchilik hollarda yorug‘likda, ya'ni kunduzi bu kursatgich 15-250 g/m2 bo‘lsa, kechasi 1-20 g/m2 ga tengdir. G‘o‘zada jazirama issiq kunlari transpirasiya jadalligi 45-120 g/m2 soatni tashkil qiladi. Shuningdek barglardagi tranpirasiya jarayonining jadalligiga shamolning ta'siri ham katta. Masalan, shamolning tezligi 6-8 mg‘soniya darajasigacha transpirasiya jadalligi ortib boradi, lekin shamol tezligining bundan ortishi uning borishiga ta'sir qilmaydi.
Transpirasiya jadalligiga tuproq qurg‘oqchiligi ayniqsa katta ta'sir qiladi. Masalan tuproq namligi 79,1% bo‘lganda g‘o‘za barglarning suvlilik darajasi 74,9%, so‘rish kuchi S=0,96 MPa bo‘lganda transpirasiya jadalligi 113,4 gr‘m2 soat bo‘lsa, tuproq namligi 49,7% bo‘lgan tuproqlarda o‘sgan g‘o‘za barglarida ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 70,5;%, S=2,36 MPa, va 53,9 gr‘m2.
Transpiratsiya intensivligini aniqlashning eng oddiy va oson usullaridan biri kobalt xlorid tuzi singdirilgan qog`oz yordamida aniqlashdir. Bu usul kobalt xlorid eritmasi singdirilgan filtr qog`oz rangining o`zgarishiga asoslangan. 30% li CoCl2 eritmasi singdirilgan filtr qog`ozi quruq sharoitda ko`k havo rang, namli sharoitda esa pushti rang beradi. Shuning uchun ham CoCl2 eritmasi bilan to`yintirilgan filtr qog`ozi quritgich shkafida quritilgach, CaCl2 yoki H2SO4 si solingan eksikatorlarda saqlaniladi. Kobalt xlorid eritmasi singdirilgan qog`ozni transpirometr deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |