Tekshiriluvchi material: siydik.
Jihozlar:
Qizil va ko`k lakmus qog`ozi.
Fil’tr qog`ozi yoki sopol taxtacha.
SHisha tayoqcha.
Ishning bajarilishi.
Fil’tr qog`ozi yoki sopol taxtachadagi qizil va ko`k lakmus qog`ozchasi ustiga shisha tayoqcha bilan bir tomchi siydik tomiziladi.
Rangni o`zgarishi davomida quyidagi natijalarni kuzatish mumkin: 1) ko`k lakmus qog`ozchasi qizarishi, qizilining rangi o`zgarmasligi – kislotali reaktsiya; 2) qizil lakmus qog`ozchasi ko`karishi, ko`kini rangi o`zgarmasligi – ishqoriy reaktsiya; 3) ikkala ko`rinishdagi qog`ozchalar o`z rangini o`zgartirmasa – neytral reaktsiya; 4) ikkala lakmus qog`ozchalari o`z rangini biroz o`zgartirsa – amfoter reaktsiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |