Biologiya kafedrasilаbоrаtоriya mаshgulоtlаri Laboratoriya mashg`ulot mavzulari
Odam fiz laboratoriya ishlanmasi
Laboratoriya mashg`lulotlari. Laboratoriya mashg`uloti № 1 1-mavzu: Ichki a`zolar topografiyasi. Fiziologik tekshirishlarda qo`llaniladigan asboblar. Kerakli jixozlar: Fiziologik tadqiqotlar uchun anjomlar. Nazariy tushuncha: Umumiy fiziologiyani o`rganishda talabalar turli xildagi apparat va asboblardan foydalanadilar. Ularni ilgari ximiya va fizika laboratoriya ishlarida ishlatganlar. Ayniqsa keyingi yillarda kompyuterlarni kirib kelishi talabalar hayotida inqilobiy o`zgarishlar kiritdi. Lekin ba`zi apparat va asboblar esa maxsus fiziologik tekshirishlar uchun mo`ljallangan. Fiziologik laboratoriya jihozlari oddiy richaglardan tortib, o`lchash va jarayonlarni qayd qilishni bajara oladigan elektron apparatlargacha bo`lgan sistemalarni o`z ichiga oladi. SHuning uchun ham talaba o`zining diqqat e`tiborini o`rganilayotgan fiziologik jarayonga jalb eta olishi, tajribada ishlatilayotgan apparat yoki asbobning ishlash darajasini aniqlay bilishi, hamda fiziologik jarayonlarning ko`rsatgichini qayd qila olishi kerak. Tirik to`qimalarning faoliyatini kuzatish uchun ularga ta`sir etish kerak. Fiziologiya mashg`ulotlarida biror organni kuzatish uchun turli sun`iy, ta`sirlovchilardan foydalaniladi. Bular mexaniq (igna sanchish, zarba), kimyoviy (ishqorlar, kislotalar va hokazolar), Missiqlik omillari va elektr toki bo`lishi mumkin. Laboratoriya mashg`ulotlarida qo`llaniladigan eng qulay ta’sirlovchilar elektr toki hisoblanadi, chunki uning kuchini va ta`sir etish vaqtini o`lchash mumkin. Eng asosiysi elektr toki o`rganiladigan to`qimani Mshikastlamaydi. To`qimalarni ta`sirlash uchun asosan doimiy tok laboratoriya sharoitida akkumulyatordan yoki maxsus xildagi gazotronli va katodli o`tkazgichlar elektr tarmoqlariga ulanadi. Biroq ta`sirlovchi tokning kuchi bo`sag`a kuchidan oshmasligi lozim. To`qimalarga elektr toki bilan ta`sir etish uchun elektrodlar ishlatiladi. Ular odatda platina va kumushdan yasaladi. Fiziologiyadan laboratoriya mashg`ulotlarini hayvon ustida o`tkaziladigan tajriba yoki jarrohlik vaqtida jarrohlikda ishlatiladigan asboblardan foydalaniladi. Lekin laboratoriya sharoitida o`tkaziladigan ba`zi tajribalarda maxsus asboblardan ham foydalaniladi. 1-rasm. Fiziologik tajribalarda foydalaniladigan asboblar. Fiziologiyaning amaliy mashg`ulotlarini o`tkazishda hayvonlardan foydalaniladi. Ko`pincha laboratoriya Mishlarida baqadan foydalaniladi. Ba`zi hollarda issiq qonli hayvonlar ustida ham tajriba o`tkaziladi. Bunda oq sichqon, kalamush, dengiz sichqoni, quyon, itlar Mustida tajriba olib boriladi. Hayvonlar ustida tajriba o`tkazish uchun ularni harakatsizlantirish lozim. Harakatsizlantirish bir necha usullar bilan amalga oshiraladi. 1. Hayvonlarni o`rgatish. Masalan, itlarni maxsus stanoklarga o`rgatish yo’li bilan turli tajribalarni amalga oshirish mumkin. 2. Hayvonlarni bog`lab quyish. Masalan, quyon, mushuk, itlarni maxsus jarrohlik stoliga yotqizib oyoqlarini stol atrofiga arqon bilan bog`lab tortib qo`yiladi. 3. Narkoz (efir, spirt, uretan). berish yo’li bilan tinchlantirish. Fiziologik amaliyotda narkoz kamdan kam ishlatiladi. Baqani narkozlash uchun 10% spirt eritmasi yoki 2% efir eritmasi ishlatiladi. SHisha idishga efir yoki spirt eritmasiga namlangan paxta solinadi va baqani 10-5 Mminut quyib yuboriladi. U bo`shashib harakatsizlanib qoladi. 5%uretan preparatidan 1 mm teri ostiga yuboriladi. Uning ta`siri 15-20 minutdan so`ng boshlanadi. 4. Hayvonlarning nerv sistemasini shikastlantirish yo’li bilan tinchlantirish. Masalan, baqani harakatsizlantirish uchun uning orqa miyasi shikastlantiriladi. Buning uchun baqani yuqori jag`i nog`ora pardaning orqa qismidan o`tkir qaychi bilan tezlikda olib tashlanadi. Pastki jag` saqlab qolinadi. Hamma ish bajarib bo`lgandan keyin zond orqa miyaga kiritilib, orqa miya buziladi. Yirik hayvon (quyon, mushuk, it)larni harakatsizlantirish uchun esa bosh miyadan uzunchoq miya ajratiladi. Download 3,87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |