Elektrostimulyatorlar. Fiziologik tekshirishlarda to`qimaning ba`zi xususiyatlarini o`rganish uchun uni qo`zg`atish zarur bo`ladi. Bunday hollarda stimulyatorlardan foydalaniladi. Elektrostimulyatorlar vaqt birligi ichida turli sondagi impul`slar va har xil kuchlanishdagi tok zarbini olishga imkon beradi. Bunday impul`slarning berilishi muddati va kuchi eksperimentator ixtiyoriga bog`liq. Stimulyatorning ish rejimi, ya`ni yakka impul`s yoki impul`slar seriyasini yuzaga keltirish apparat panelidagi ish rejimini o`zgartiruvchi tutqichlar yordamida boshqariladi. Hozir ko`pchilik fiziologik laboratoriyalarda o`quv elektron stimulyatori ishlatiladi. Bu stimulyatorning asosi elektron lampalar yoki tranzistorlardan iborat tebranishlar generatoridir. Bu apparat o`zgaruvchan tok tarmog`iga ulanadi. Unda elektrodlarni ulash uchun maxsus nuqtalar va paneli yuzasida tutqichlari hamda shkalalari bor.O`quv elektron stimulyatorining oldingi paneli "chastota" tutqichini burash bilan 1s.da kerakli chastotadagi ta`sirini berish va boshqarish tutqichi orqali har bir ta`sirning davom etish muddatini millisekundlarda o`zgartirish mumkin. "Amplituda" tutqichi va amplituda diapazoni tumbleri yordamida ta`sir kuchlanishini (ta`sirlash kuchini) o`nlab millivol`tdan bir necha o`n vol`tgacha o`zgartirilsa bo`ladi. "Pusk" tutqichini siljitish bilan preparatga ta`sir beriladi. Bundan tashqari, to`qimalarni ta`sirlash uchun SIF 5 impul`sli stimulyator ham laboratoriya tekshirishlari va o`quv mashg`ulotlari uchun mo`ljallangan. SIF 5 chastotasi, davom etish vaqti va amplitudasi boshqarib turiladigan to`g`ri burchakli impul`slar generatoridir. Elektrodlar. Elektrodlar to`qimalarga tok o`tkazish uchun xizmat qiladi. Induksion tok o`zgaruvchan va qisqa vaqt ichida o`tadi. SHu sababli to`qimalar induksion tok bilan ta`sirlanganda tok zanjirida qutblanish bo`lmaydi. Bu metall elektrodlardan foydalanish imkonini beradi. To`qimalarni ta`sirlash uchun qo`llaniladigan elektrodlar bir biriga yaqin joylashgan ikkita mis yoki kumush simdan iborat. Tok manbalari. Fiziologiya mashg`ulotlarida qo`llanadigan apparatlarni ishlatishda bajariladigan ishning Mmaksadiga qarab o`zgaruvchan yoki doimiy tok manbalaridan foydalaniladi. O`zgaruvchan tok bilan ishlaydigan apparatlar qo`llaniladigan bo`lsa, ularni bevosita yoki transformatorlar orqali shahar elektr tarmog`iga ulanadi. Doimiy tok bilan bajariladigan ishlar uchun esa akkumulyatordan yoki o`zgaruvchan tokni doimiy tokka aylantirib beradigan apparatlardan foydalaniladi. Akkumulyatorlardan foydalanish laboratoriya xodimlari uchun ancha noqulay, chunki akkumulyator uchun, elektrolit tayyorlash, zaryadlash va boshqa qo`shimcha ishlarni bajarish kerak bo`ladi. Buning ustiga akkumulyator uzoq vaqt ishlatilmay qolsa, uning kuchlanishi pasayib ketib qayta zaryadlashga to`g`ri keladi. SHu sababli o`zgaruvchan tokni doimiy tokka aylantirib beradigan vositalardan foydalanish ancha qulay.
Fiziologiyaga doir laboratoriya ishlarini bajarishda masalan, muskullarning qisqarishini qayd qilish uchun duchiga ingichka (plyonka) pero ulangan engil harakatlanuvchi richaglar - miograflar ishlatiladi. Miograflar deyarli qarshilikka ega bo`lmagandan ularni izotonik miograflar deyiladi a). Bundan tashqari, muskul qisqarganda rivojlanadigan muskul tonusini (tarangligi) qayd qilish uchun qo`llanadigan miograflar bo`lib, ular izometrik miograflar deb ataladi.
Kimograf -fiziologik laboratoriyalarda keng qo`llaniladigan yozib oluvchi asbob. Fiziologiya mashg`ulotlarida har xil harakatlarni (yurak qisqarishi, muskul qisqarishi va hokazolar) yozib olish uchun kimografdan foydalaniladi.
Kimograf asosan uch qismdan: 1) shtativ, 2) soat mexanizmi, 3) barabandan tuzilgan. Kimograf tayanch qismi o`qga joylashtirilgan baraban (D=15, N=18), soat mexanizmi bo`yicha ishlaydi. Barabanni gorizontal o`qda joylashgan muft aylantiradi. Baraban yuzasiga oq qog`oz lenta tortilib qog`oz uchlari Melim bilan yopishtirib qo`yiladi. So`ngra kerosinli chiroq alangasi ustida 1- 2 sm balandda ushlab bir tekisda dudlanadi. Bu ishni juda extiyotlik bilan bajarish lozim. Chunki qog`oz alanga uchiga tegib ketishi, yaqin tursa sarg`ayib qolishi, natijasida qayd qilinadigan jarayon aniq ko`rinmay qolishi mumkin. Dudlangan qog`ozga kimogramma yozilgandan keyin uni kesib barabandan ajratiladi va stolga qo`yib ingichka uchli shisha tayoqcha bilan tushuntirish belgilari yoziladi. So`ng qog`ozning bir uchidan pinset bilan tutib kimogrammali yuzasini yuqoriga qaratgan holda kanifolning 960 spirtdagi 5% li eritmasi qo`yib qo`yilgan foto vannaga tushiriladi. Keyin qog`oz quritish uchun osib qo`yiladi. Miografning chizg`ichi kimografga yaqinlashtiriladi va olingan natijalar yozib olinadi. Mariya kapsulasi yordamida turli xil harakatlarni istalgan baraban qog`ozga yozish mumkin. Vaqtni belgilaydigan asbob sim o`ralgan elktromagnit g`altakdan tuzilgan. G`altak ustida yozadigan prujinali pero bor. Bu asbob yordamida to`qima ta`sirlangandan boshlab javob berguncha o`tgan vaqtni, organizmga turli moddalar yuborganda ularning ta`siri yuzaga chiqquncha ketgan vaqtni o`lchash uchun qo`llaniladi. Elektrkimograf - bu ancha takomillashgan kimograf bo`lib, uning barabani elektr motor bilan harakatga keladi. Oddiy kimografdan uning afzalligi shundaki, baraban harakatining tezligi eksperimentator ixtiyoriga bog`liq, shu tufayli tekshirish paytida vaqtni aniqlab Mberadigan priborga ehtiyoj qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |