Biologiya 17 14-04-2022. indd



Download 33,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/143
Sana04.11.2022
Hajmi33,86 Mb.
#860543
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   143
Bog'liq
10 sinf

Tabiiy ekosistemalar
bir qator xususiyatga ega bo‘lib, bu xususiyatlar ularning uzoq 
muddat davomida barqarorligini ta’minlaydi. Bu xususiyatlarga biogeotsenozlarning 
o‘z-o‘zini yaratishi (tiklashi), barqarorligi, o‘z-o‘zini boshqarishi, rivojlanishi va ekologik 
suksessiya (ekosistemalarning almashinishi) kabilar kiradi. Tabiiy ekosistemalar turlar-
ining xilma-xilligi bilan ta’ri�lanadi. Tabiiy ekosistemalardagi hayotiy jarayonlarni amal-
ga oshishi va ularning shakllanishi inson faoliyatiga bog‘liq emas. Tabiiy ekosistemalar 
3 tipga bo‘linadi: 1) quruqlik ekosistemalari; 2) chuchuk suv ekosistemalari; 3) dengiz 
ekosistemalari.
Quruqlikdagi ekosistemalar juda xilma-xildir. Bir xil iqlim mintaqalarida joylashgan 
ekosistemalar yig‘indisi biomlar deb nomlanadi. Biomlarning quyidagi turlari farqlanadi: 
Arktika tundrasi va alp tundrasi, shimoliy ignabargli o‘rmonlar, mo‘tadil iqlim o‘rmonlari, 
dashtlar, sahrolar, tropik o‘rmonlar.
Chuchuk suv ekosistemalari boshqa ekosistemalarga nisbatan kam hududlarni egal-


148
Biologiya 10
lashiga qaramay, ularning ahamiyati juda katta. Barcha chuchuk suv havzalari tuzilishi-
ga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi: oqmaydigan suv havzalari – ko‘l, hovuzlar; oqadigan suv 
havzalari – daryo, soy, buloqlar; botqoqlar.
Dengiz ekosistemalariga ochiq dengizlar (okean), kontinental shel�lar, ko‘rfazlar, 
bo‘g‘ozlar, daryolarning quyilish joylari (limanlar) kiradi. Dengiz ekosistemalari Yer sha-
rining 70% ini egallaydi. 
Sun’iy ekosistemalar
– bu antropogen ekosistemalardir. Tarixiy rivojlanish davomida 
inson tabiatni o‘z maqsadlari yo‘lida o‘zgartirib borgan. Insonlarning xo‘jalik maqsadlari 
tabiiy ekosistemalarni antropogen ekosistemalarga qisman almashishiga olib kelgan – ur-
banoekosistema, agroekosistema, ular insonning xohishlariga ko‘ra yaratiladi, saqlanadi, 
boshqariladi. 
Sun’iy ekosistemalar o‘zini o‘zi boshqarmaydi, o‘zini o‘zi tiklay olmaydi va insonning 
ta’sirisiz uzoq vaqt mavjud bo‘la olmaydi. Ular faqatgina quyosh energiyasidan foydalan-
ibgina qolmay, inson tomonidan beriladigan qo‘shimcha energiya manbalaridan ham foy-
dalanadi. Akvarium, gul o‘tkazilgan tuvaklar sun’iy ekosistemalarning kichik modellaridir. 
Urbanoekosistema – (urbanoekosistema lotinchada «urbs» – shahar) inson tomonidan 
sun’iy yaratilgan va boshqariladigan ekosistema sanaladi. Bunday ekosistemalarga sha-
harlar, shaharchalar, qishloqlar misol bo‘ladi. 
Agroekosistemalar (yunoncha – «agros» – dala) insonning qishloq xo‘jaligi sohasida-
gi faoliyati natijasida yuzaga keladigan sun’iy ekosistemalardir. Bularga dalalar, bog‘lar, 
tokzorlar, tomorqalar misol bo‘ladi. Agroekosistemalar agrosenozlar deb ham ataladi. Ular 
doimiy ravishda insonlar tomonidan boshqariladi, ular bir yoki bir necha hayvon zotlari va 
o‘simlik navlarining yuqori hosildorligi bilan ta’ri�lanadi. 
Agroekosistemalar faqatgina quyosh energiyasidan foydalanadigan tabiiy ekosiste-
malardan farq qiladi. Bu ekosistemalarda o‘g‘itlash va sug‘orish ishlari amalga oshiriladi. 
Agroekosistemalar kerakli mahsulotlarni yetishtirib beradi, mazkur mahsulotlarni tovar-
ga aylantiradi va iqtisodiyot rivojiga zamin tayyorlaydi. 
Agroekosistemalarning hosildorligini oshirish uchun ko‘p miqdorda yoqilg‘i, kimyoviy 
moddalar, texnikadan foydalanish uchun energiya sar�lanadi. 
Yangi bilimlarni qo`llang.
Bilish va tushunish.
1. Ekosistemaning tarkibiy qismlarini ayting? 


149
Biologiya 10
2. «Biotsenoz» va «biotop» tushunchalariga ta’rif bering. 
3. Ekosistemada organizmlarning qanday funksional guruhlari mavjud? 
4. Ekosistemadagi turli funksional guruhlarga kiruvchi organizmlar ahamiyatini 
ko‘rsating.
5. Produtsentlarning ekosistemadagi ahamiyatini aytib bering? 

Download 33,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish