152
Biologiya 10
6.3
EKOLOGIK OMILLAR
Tayanch bilimlarni sinang
Tirik organizmlarning muhit sharoitlariga moslanishlari qanday namoyon bo‘lishi
haqida so‘zlab bering. Ma’lumki, tirik organizmlar har xil muhitda yashaydilar. Har bir
muhit uchun qanday shart-sharoitlar muhim o‘rin tutadi?
Tirik organizmlarning yashash muhiti uning tirik va anorganik
tarkibiy qismlari hi-
soblanadigan ekologik omillar bilan tavsi�lanadi. Muhitning har bir tarkibiy qismi shu
muhitda yashayotgan tirik organizmlarga turlicha ta’sir ko‘rsatadi.
Ekologik omillar. Muhitning tirik
organizm, populatsiya, tabiiy jamoalarga ta’sir
ko‘rsatadigan �izik-kimyoviy, biologik shart-sharoitlari (elementlari) ekologik omillar
deyiladi.
Ekologik omillar abiotik, biotik va antropogen omillarga ajratiladi.
Аbiotik omillar – tirik organizmlarning hayot faoliyati va tarqalishiga ta’sir qiladi-
gan anorganik tabiat tarkibiy qismlari sanaladi. Abiotik omillar to‘rt guruhga bo‘linadi:
iqlim omillari – yashash muhitining iqlimini shakllantiruvchi omillar (yorug‘lik, namlik,
harorat, havo tarkibi, atmosfera bosimi, shamol tezligi va b.); eda�ik omillar (yunoncha
«edafos» – tuproq) – tuproqning xususiyatlari (namligi, zichligi,
mineral tarkibi, organik
moddalarning miqdori); topogra�ik omillar (relyef omillari) – joy relye�ining o‘ziga xos
jihatlari. Ularga balandlik (dengiz sathiga nisbatan) qiyalikning tikligi, qiyalikning ek-
spozitsiyasi (dunyo tomonlariga nisbatan joylashuvi) kabi omillar kiradi; �izik omillar
– tabiatdagi �izik hodisalar (Yerning tortish kuchi, Yerning magnit maydoni, ionlashtiru-
vchi va elektromagnit nurlanishlar va b.).
Biotik omillar – tirik tabiat omillari. Biotik omillar �itogen (o‘simliklarning ta’siri),
zoogen (hayvonlarning ta’siri), mikogen (zamburug‘larning ta’siri) mikrobiogen (mikro-
organizmlarning ta’siri) omillarga ajratiladi.
Аntropogen omillar – inson faoliyati bilan bog‘liq omillar bo‘lib, ularga boshqa tir-
ik organizmlarning yashash muhitlariga va bevosita ularning hayotiy faoliyatiga ta’sir
ko‘rsatuvchi inson faoliyati turlari (atrof- muhitning i�loslanishi, hayvon hamda baliqlar-
ni ovlash, o‘rmonlarni kesish, yerga ishlov berish, foydali qazilmalarni qazib olish va b.)
kiradi.
Muhit omillarining organizmlarga ta’sir etish qonuniyatlari. Ekologik omillar xil-
ma-xil bo‘lishiga qaramay ularning tirik organizmlarga ta’sir etish xarakterida, ekologik
omillarning ta’siriga tirik organizmlarning javob reaksiyalarida bir qator umumiy qon-
uniyatlarni aniqlash mumkin.
Har bir tirik organizm muhit omillariga nisbatan o‘ziga xos moslanishlarga ega bo‘lib,
omillarning ma’lum me’yorda o‘zgarishlari doirasida normal hayot kechirishi mumkin
(9-rasm).
Muhit omilining yetishmasligi ham, me’yordan ortib ketishi ham
tirik organizmlar
hayot faoliyatining o‘zgarishiga olib keladi. Ekologik omilning organizm hayot faoliyati-
ga ko‘rsatadigan ta’sirining eng qulay chegarasi biologik optimum yoki optimum zonasi
deyiladi.
Optimum zonasidan og‘ish, ya’ni chetga chiqish noqulay hayot zonasi (pessimum
zona)ni belgilaydi. Og‘ish qanchalik kuchli bo‘lsa, omilning organizmga noqulay ta’siri
153
Biologiya 10
ko‘proq namoyon bo‘ladi. Har qanday organizm ekologik omilning eng yuqori – maksi-
mum va eng quyi – minimum chega ralari doirasi – chidamlilik chegaralari doirasidagina
hayot kechira oladi, omilning bu chegaradan og‘ishi organizmning nobud bo‘lishiga olib
keladi.
Ekologik omil ko‘rsatkichlarining tirik organizmlar yashashi mumkin bo‘lgan
chidam-
lilik chegaralari doirasi tolerantlik (lot. «tolerantia» – sabr-toqat) zonasi deb ham yuriti-
ladi.
Har bir tirik organizm uchun ma’lum ekologik omilning muayyan ko‘rsatkichlardan
iborat maksimumi, optimumi va minimumi mavjud. Har bir turning muayyan ekologik
omilga nisbatan chidamlilik chegarasi mavjud. Masalan, uy pashshasi +7°C dan past va
+50°C dan yuqori haroratlarda yashay olmaydi, bu tur uchun +23+25°С optimal harorat
hisoblanadi. Odam askaridasi esa, faqat odam tanasi haroratidagina yashay oladi.
Omilning ma’lum ta’sir kuchi bir tur uchun optimal bo‘lsa, boshqa
tur uchun maksimal
yoki minimal, uchinchi tur uchun esa, chidamlilik chegarasi doirasidan chetga chiqishi
mumkin.
Nemis olimi Yustus Fon Libix madaniy o‘simliklarning
hosildorligi tuproq tarkibida kam miqdorda bo‘ladigan min-
eral moddalarga bog‘liqligini aniqladi. Olim shara�iga ushbu
qonun «Libix bochkasi» sifatida ifodalanadi.
Bochkaga qancha suv solinsa ham u bochka devorining
eng past yeridan (10-rasm) toshib chiqaveradi, ya’ni boch-
ka devori boshqa qismlari balandligining ahamiyati yo‘q.
Libixning minimum qonuni yoki
cheklovchi omil qonuni quy-
idagicha: «organizm (yoki ekosistema)ning yashab qolishini
optimum chegarasidan eng ko‘p og‘adigan ekologik omil bel-
gilaydi». Shuning uchun ham tur yoki ekosistemalar holatini
ekologik jihatdan tahlil qilish va uning kelajakdagi holatini
154
Biologiya 10
oldindan aytib berish uchun uning eng nozik va zaif jihatini aniqlash muhim hisoblanadi.
Tirik organizm, tur, jamoaning hayotiy faoliyati va rivojlanishini susaytirib yoki
to‘xtatib qo‘yadigan omil
Do'stlaringiz bilan baham: