Biologik kimyo


Fermentlar faolligining boshqarilishi



Download 11,71 Mb.
bet55/307
Sana09.06.2022
Hajmi11,71 Mb.
#649288
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   307
Bog'liq
BIOKIMYO KITOB

Fermentlar faolligining boshqarilishi. Fermentlar faolligi boshqariladigan katalizatorlarga mansub ekanligi yuqorida aytilgan edi. Ferment faolligini boshqarilishi turli ta’sirga ega bo`lgan biologik komponentlar yoki yot birikmalarni (masalan, dori vositalari, zaharlar) hujayra qismlari bilan o`zaro bog`lanishi orqali

108


yuzaga keladi. Ular fermentlarning modifikatorlari yoki regulyatorlari deb ataladi. Modifikatorlarning fermentlarga ta`siri ostida reaktsiya tezlashishi (bunday sharoitda ularni aktivatorlar deyiladi) yoki sekinlashishi (bunday sharoitda ularni ingibitorlar deyiladi) mumkin.

Fermentlar faolligini boshqarilishi 3 bosqichni o`z ichiga oladi:





  1. Hujayra ichki boshqarilishi (substratlar, metabolitlar, aktivatorlar, ingibitorlar, pH, harorat, allosterik fermentlar). Bunday boshqarish avtomatik kechadi.




  1. Gormonal boshqarilish. Oqsil tabiatli gormonlar va aminokislota unumlari hujayra fermentlari adenilatsiklaza tizimi orqali; steroid gormonlar va tiroksin – gen darajasida fermentlar sintezini jadallashtiradi.




  1. Nerv tizimi orqali boshqarilish



Fermentlarning faollanishi. Modifikatorlar ta`sirida biokimiyoviy reaktsiyani tezlalanishi asosida ferment faollashadi. Faollantiruvchi moddaning ferment faol markaziga ta`sir etuvchanligi yuzaga keladi. Unga ferment kofaktorlari va substratlari kiradi. Kofaktorlar (metall ionlari va koferment) murakkab fermentlarning faqatgina struktura elementlari bo`lmasdan ularni

faollantiruvchilari hamdir. Metall ionlari yetarli darajada o`ziga hos


faollantiruvchidir. Ko`pchilik fermentlarga ba’zi hollarda bir emas, bir nechta


metall ionlari talab etiladi. Masalan, bir valentli kationlarni hujayra membranasidan tashib o`tkazuvchi Na+, K+ - ATF azalarni faollanishida magniy, natriy va kaliy ionlari bo`lishi zarur. Fermentlarni metall ionlari yordamida faollanish mexanizmlari turli ko`rinishga ega. Ayrim fermentlarda ular katalitik qism tarkibiga kiradi. Ko`p hollarda metall ionlari substratning ferment faol markazi bilan o`ziga xos ko`prik hosil qilib bog`lanishini yengillashtiradi. Ba`zi hollarda esa metall ferment bilan emas, balki substrat bilan metallosubstratli kompleks hosil qiladi. Substratni bog`lash va katalizlashda kofermentlarning o`ziga xosligi ularning fermentativ reaktsiyalani faollashida namoyon bo`ladi.


Substratning o`zi ham ma`lum bir miqdor chegarasida faollantiruvchi bo`la oladi. Ferment substrat miqdoriga to`yingandan so`ng faolligi oshmaydi. Substrat



109


ferment turg`unligini oshiradi va ferment faol markazining zaruriy konformatsiyasida shakllanishini yengillashtiradi.

Ba`zi fermentlarning faollanishi ular molekulasining faol markaziga tegmasdan, modifikatsiyalash yo`li orqali ham amalga oshishi mumkin. Bunday modifikatsiyaning bir nechta usullari mavjud:





  1. faol bo`lmagan unumi - profermentlar yoki zimogenni faollash;




  1. ferment molekulasiga modifikatsiyalovchi guruhni biriktirish yo`li bilan faollash.




  1. faol bo`lmagan oqsil kompleksini faol fermentga dissotsiyalash yo`li bilan faollash.

Fermentlarning faоlligini оshirishda 2 хil ta’sir qilish mumkin.


Fermentni faоllashtirish





I. Ferment faоl markaziga ta’sir

II. Ferment faоl markazidan tashqarida




qilish оrqali faоllashtirish




ta’sir qilish оrqali faоllashtirish

























Metall ferment

faоl

markazi

Profermentni faоllash;







tarkibiga kiradi va faоlligini оshiradi

Ferment molekulasiga aktivator biriktirish;

Metall substrat bilan birikib, uni

Ferment molekulasidan faоl

bo’lmagan

ferment faоl markaziga birikishini

оqsil kоmpleksini dissоtsatsiya qilish;




engillashtiradi







mn. Pepsinоgen – pepsin

– 12

ta

Kоfermentlar ferment faоl markazi

aminоkislоta qоldig’i gidrоliz qilinadi.




bilan birikib

fermentativ

reaktsiyani










оshiradi



















Ma’lum

miqdоrdagi

substrat










kоntsentratsiyasi aktivatоr bo’lishi










mumkin.

Ferment




substratga










to’yinguncha

fermentativ

reaktsiya










orta boradi.








































110


Fermentlarning ingibirlanishi

Fermentativ kataliz mexanizmini tushunishda ingibitorlar katta qiziqish uyg`otadi. Ferment faol markazidagi kontakt va katalitik qismlarining funktsional guruhlarini bog`lovchi moddalarni qo`llash, katalizda ishtirok etuvchi guruh ahamiyatini tushuntirib beradi. Fermentativ reaktsiyani ingibirlanishini o`rganish dori moddalari, zaharli ximikatlarni ta`sir qilish mexanizmlarini o`rganishda amaliy ahamiyatga ega.


Ingibitor atamasi tagida ferment faolligini o`ziga hos pasaytiruvchi modda to`g`risidagi tushuncha yotadi. Reaktsiyani tormozlanishi faqat ingibitorga bog`liq emas. Chunki istalgan denaturatsiyalovchi moddalar ham fermentativ reaktsiyani pasaytirishi mumkin. Denaturatsiyalovchi modda ta`siri «ingibirlanish» emas, balki «faolsizlantirish» deb atalsa, to`g`riroq bo`ladi. Ko`pincha, oz miqdordagi moddalar ingibitor, ko`pi esa inaktivator hisoblanadi. Bu ma’noda ingibitorlarni ikki guruhga bo`lish ma`lum darajada shartlidir.


Avvalo ingibitorlar ferment bilan mustahkam bog`lanishi bilan farqlanadi. Mazkur belgisi bo`yicha ingibitorlar 2 guruhga bo`linadi: 1) qaytar va 2) qaytmas. Fermentni qaysi guruhga mansubligi dializ sharoitida yoki ingibitor eritmasini yuqori darajada suyultirganda ferment faolligini qayta tiklanish mezoniga asosan aniqlanadi. Qaytmas ingibitorlar ferment bilan mustahkam bog`langanligi tufayli ko`rsatilgan sharoitda o`z faolligi qayta tiklanmaydi. Aksincha, ferment - qaytar ingibitor kompleksi mustahkam emas, tezda parchalanib ketadi va ferment faolligi qayta tiklanadi.


Ferment ingibitorlari ta`sir etish mexanizmi bo`yicha quyidagi turlarga bo`linadi: 1) raqobatli; 2) raqobatsiz; 3) raqobat qilmaydigan; 4) substratli; 5) allosterik;


1). Raqobatli ingibitor tuzilishi jihatidan substratga o`xshash modda. Ferment faol markazi bilan bog`lanib, ferment-substrat kompleksi hosil bo`lishiga to`sqinlik qiladi. Natijada fermentning faol guruhiga ingibitor bilan haqiqiy substrat o`rtasida raqobat kelib chiqadi. Raqobatli ingibirlanishda ularning qaysi birini molekulasi ko`p bo`lsa, shu modda bog`lanadi. Substrat ferment bilan birikib



111


ES kompleksi paydo qilganidek, ingibitor ham xuddi shunday dissotsiyalanish qobiliyatiga ega bo`lgan kompleks hosil qiladi:

E+I → EI

Raqobatli ingibirlanishda boshqalardan farqli ravishda uchtalik kompleks ESI (ferment-subtrat-ingibitor) hosil bo`lmaydi.

Subtratga o`xshash ingibitor ferment molekulasining bir qismini bog`lab, ferment-subtrat kompleksi hosil bo`lishiga yo`l qo`ymaydi. Ferment molekulalari faol markazidan ingibitorni yuqori kontsentratsiyadagi substrat bilan siqib chiqarilganda tormozlanishni to`xtatish va fermentni katalizlash qobiliyatini tiklash mumkin.


Raqobatli ingibitor subtratga o`xshash bo`lganligi uchun bunday ingibirlash izosterik ingibirlash deb ham ataladi. Ferment faollanishiga ta`sir etuvchi metabolitlar va yot moddalar raqobatli (izosterik) ingibitorlar bo`lishi mumkin.


Raqobatli ingibirlanishga suktsinat va malonat kislotalari bilan suktsinatdegidrogenaza fermenti orasidagi munosabat misol bo`la oladi. Malonat kislotasining strukturasi suktsinatga o`xshash bo`lganidan u fermentning ma`lum sathi bilan bog`lanadi, hosil bo`lgan kompleks esa parchalanmaydi, fermentni blokirlab turadi.





Download 11,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish