3.6.-rasm. Fermentativ reaktsiya tezligining substrat kontsentratsiyasiga bog`liqligi.
Organizm hujayrasidagi istalgan fermentning ishlash sharoitini baholash uchun undagi mavjud bo`lgan substrat kontsentratsiyasini bilish kerak. Fiziologik sharoitda fermentlar deyarli hech qachon to`la ishlamaydi, substrat kontsentratsiyalari to`yinish darajasidan ancha kam bo`ladi. Faqatgina gidrolazalar uchun zarur bo`lgan substrat – suv hujayrada to`yingan miqdorda bo`lishi mumkin.
Reaktsiya tezligining ferment miqdoriga bog`liqligi grafikda to`g`ri chiziq ko`rinishida ifodalanadi. Bundan xulosa shuki, organizm hujayrasida ma’lum bir ferment molekulalari soni boshqalariga nisbatan qancha ko`p bo`lsa, shu ferment katalizlaydigan kimyoviy reaktsiya tezligi ham shunchlik yuqori bo`ladi. Agar biror ferment miqdori kam bo`lsa (sintezi buzilsa), unda unga bog`liq reaktsiyalar tezligi, biokimyoviy jarayonlar yo`li cheklanadi.
Tabiiy stimulyatsiya yoki preparatlar yordamida ferment molekulasi sintezini oshirilishi buzilgan reaktsiya tezligini qayta tiklashi yoki yangi sharoitiga zarur bo`lgan biokimyoviy reaktsiyani moslashtirish imkonini beradi.
3.7.-rasm. Fermentativ reaktsiya tezligining fermentmiqdoriga bog`liqligi.
Reaktsiya tezligining vodorod ionlari miqdoriga bog`liqligi. Odatda fermentativ reaktsiya tezligi va har bir ferment uchun o`zining optimum pH i mavjud bo`lib, unda ferment katalizlaydigan reaktsiya tezligi maksimal bo`ladi. pH ning yuqori va quyi tomonga o`zgarishi fermentativ reaktsiya tezligini pasayishiga olib keladi.
|
|
|
|
|
3-jadval
|
Ayrim fermentlar ning optimal pH qiymatlari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ferment
|
Pepsin
|
Kislotali
|
Ureaza,
|
Tripsin
|
Arginaza
|
|
|
fosfataza
|
pankreat.amilaza
|
|
|
|
|
|
|
|
|
pH
|
1,5-2,5
|
4,5-5,0
|
6,4-7,2
|
7,8
|
9,5-9,9
|
optimumi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Keltirilgan ma’lumotlardan fermentlarda pH optimumi bir xil emasligi ko`rinib turibdi. Lekin ko`pchilik fermentlarning hujayrani fiziologik qiymatlariga mos keluvchi pH optimumi neytralga yaqinroq.
Fermentativ reaktsiya tezligini pH ga bog`liqligi asosan ferment faol markazidagi funktsional guruhlarining holati to`g`risida ma’lumot beradi. Muhit pH ning o`zgarishi substratni bog`lashga (kontakt qismi) yoki o`zgartirishida
ishtirok etadigan katalitik qismidagi faol markaz aminokislotalari qoldig`idagi kislotali va ishqoriy guruhlarini ionlashishiga ta’sir qiladi. Ferment substratning ionlashgan va ionlashmagan shakli bilan ham bog`lanadi. Optimal pH da faol markazning funktsional guruhlarini reaktsiyaga kirishish qobiliyati ortiqcha. Kuchliroq, substrat ham fermentning bu guruhlari bilan qulay shaklda bog`lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |