9.5. Murakkab lipidlar
Murakkab lipidlarni oddiy lipidlardan farqi tarkibida lipid bo`lmagan komponent, masalan: fosfat va uglevod bo`lishi mumkin. Fosfolipidlar—turli xil organik spirtlar (gliserin, sfingozin, diol)ning fosfatli efirlaridir. Hamma fosfolipidlar qutbli lipidlar hisoblanib, ko`proq hujayra membranasida uchraydi.
317
Fosfolipidlar
Fosfolipidlar tarkibidagi bitta gidroksil guruhi yog` kislotasi o`rniga fosfat kislota bilan efir hosil qilgan bo`ladi, masalan, fosfatid kislotasi. Fosfolipidlar molekulasi 2 qismdan iborat – qutbli zaryadlangan ―boshchasi‖ ( +, - ) va qutbsiz – 2 dumdan iborat. Hujayra
membranalarida fosfolipidlar
glikolipidlar bilan birgalikda
membrananing lipidlar qo`sh qatlaminihosil qilishda qatnashadi. Bunda qutbli boshchalari gidrofil qismini, qutbsiz ―dumlar‖ esa qo`sh qatlamni gidrofob mag`izini tashkil
qiladi. Fosfolipidlar fosfolipaza fermentlari ta`sirida parchalanadilar.
Fosfatid kislota organizmda kam miqdorda bo`lishiga qaramay fosfoglitsеridlar almashinuvida muhim oraliq mahsulot hisoblanadi.
Fosfolipidlar (diol fosfatidlar) –ikki atomli spirt unumlari bo`lib, bitta spirt guruhi yog` kislotasi qoldig`i bilan, ikkinchisi esa fosfat yoki qandaydir spirt qoldig`i bilan eterifikatsiyalanadi. Fosfolipidlar organizmda hujayra membranasi qurilishida ishtirok etib, uning funktsiyasini o`zgartirishi mumkin.
Fosfolipidlar tarkibiga azot saqlovchi birikmalardan xolin, etanolamin, aminokislota – serin, va spirt – inozit kiradi. Ayrim fosfolipidlarning membranadagi miqdori 9.1-jadvalda keltirilgan. Fosfolipidlar sintezi asosan ular tarkibiga kiruvchi ko`p atomli spirt ishtirokida amalga oshadi – glitserofosfolipidlar va sfingofosfolipidlar. Yangi nomenklatura bo`yicha bu birikmalar glitserofosfolipidlar deb ataladi.
9.6. Glitserofosfolipidlar
Glitserofosfolipidlar (fosfoglitseridlar) ning bitta gidroksil guruhi yog` kislota o`rniga fosfat bilan efir bog`ini hosil qiladi. Glitserofosfolipidlar fosfatid kislota
hosilalari bo`lib, ular glitserin, yog` kislotalari, fosfat kislotasi va odatda bironta azot tutuvchi birikmalardan tarkib topgan. Fosfatid kislotasining unumlari yoki fosfoglitseridlarning turlari quyidagilar:
Fosfatid kislota → Fosfatidilxolin (letsitin); Fosfatidiletanolamin (kefalin); Fosfatidilserin;
Fosfatid kislota. Fosfatidilinozit;
Ular hujayra mеmbranasi lipid qisminining 50% ga yaqinini tashkil qiladi. Fosfatidilxolinlar. Fosfatidilxolin (letsitin) triglitserinlardagi uchta glitserin-
ning bittasini gidroksil guruhi yog` kislotasi o`rniga fosfat kislota bilan, fosfat kislota o`z navbatida azot asosi –xolin [HO–CH2–CH2–N+(CH3)3] bilan efir bog` orqali bog`lanadi.
Fosfatidilxolin qon lipoprotеidlari tarkibiga ham kiradi. Xolin vitaminsimon modda sifatida moddalar almashinuvida nerv–mushak sinapslarida qo`zg`alishning o`tishini ta`minlovchi mediator – atsetilxolin sintezida manba xizmatini bajaradi. Xolin fosfolipidlar sintezi uchun ham zarur, jigarda esa yog` infiltratsiyasi (to`planishi) ga to`sqinlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |