To`yingan yog` kislotalari: Laurin-C 12, palmitin-C 16, stearin-C 18, araxidon C 20-odatiy tana haroratida C 12 va C 20 to`yingan yog` kislotalari qattiq, mumsimon holatda uchraydi.
To`yinmagan yog` kislotalari: olein C 18:1, linol C 18:2, linolen C 18:3, araxidon C 20:4. Bu yog` kislotalari tana haroratida qovushqoq suyuqliklar ko`rinishiga ega.
To`yingan yog` kislotalarida uglevodorod zanjiri zigzag (egri–bugri) shaklida siniq chiziq hosil qiladi. Hayvon to`qimalarida zanjirida 12 dan 18 tagacha juft sondagi uglerod atomlariga ega yog` kislotalari ko`proq uchraydi. Ular konsistensiyasi qattiq, ko`p miqdorda yog` molekulasi tarkibiga kirgan yog`i ham qattiq konsistensiyaga ega bo`ladi. Asosan teri osti kletchatkasi, buyrak oldi sohasi, charvida yog` deposi sifatida xizmat qiladi.
Odam yog`i tarkibida palmitat, oleinat, steariat, linolat, laurinat, linolenat kislotalari katta miqdorda uchraydi. Ularning erish harorati – 0.5odan 40oC gacha, o`rtacha 18oC.
To`yingan yog` kislotalarini erish harorati to`yinmagan yog` kislotalarga nisbatan ancha yuqori. Masalan stearin kislotasini erish harorati 70oC bo`lsa, olein kislota uchun– 13oC, palmitatga esa 65oC to`g`ri keladi.
Hayvon yog`larining erish harorati turlicha: mol yog`i – 30 – 40oC, qo`y yog`i – 40-60oC, cho`chqa yog`i 35–45oC, g`oz yog`i 20 – 35oC; o`simlik
yog`laridan – paxta yog`i 25–30oC, kungaboqar yog`i 15 – 25oC. To`yingan hayvon yog`lari xona haroratida qattiq, o`simlik yog`lari esa suyuq bo`ladi
To`yinmagan yog` kislotalari organizmda deyarli sintezlanmaydi, shunday ekan ular doimo tashqi muhitdan oziq ovqat bilan kiritilib turishi kerak. To`yinmagan yog` kislotalari tarkibidagi qo`shbog`lari (∆) soniga qarab monoyenli (∆1 ta), diyenli (∆2 ta), triyenli (∆3 ta), tetrayenli (∆4 ta) va hokazolarga bo`linadi va poliyenli yog` kislotalari degan umumiy nomad yuritiladi. Ularning orasida eng keng tarqalgani oleat (C18) bo`lib, u ayniqsa o`simlik moylarida (zaytun, kungaboqar moyi) va hayvon yog` to`qimalarida ko`p. Linolat va linolenat yog` kislotalari soya, zig`ir va paxta moylarida bo`ladi. Hayvon organizmida sintezlanmasada, 4 ta qo`shbog`li araxidon kislotasi ham uchraydi. Hayvon va odam organizmini normal o`sishi uchun hech bo`lmaganda to`yinmagan yog` kislotalaridan birortasi ovqat bilan kirishi kerak. Chunki to`yinmagan yog` kislotalari xayvon organizmida sintezlanmaydi shuning uchun ham ular ―almashinmaydigan yog` kislotalari‖ deb qabul qilingan. Bular qatoriga alfa ketokislotalar almashinuvida vitaminlik vazifasini bajaruvchi lipoil kislotasi ham kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |