Biologik kimyo


Aminokislotalarning umumiy xossalari



Download 11,71 Mb.
bet13/307
Sana09.06.2022
Hajmi11,71 Mb.
#649288
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   307
Bog'liq
BIOKIMYO KITOB

Aminokislotalarning umumiy xossalari. Oqsillar tarkibiga kiradigan aminokislotalar oq kristall moddalar bo`lib, odatdagi haroratda qattiq, turg`un

26


holatda bo`ladi. Aminokislotalar suvli eritmalarda 100-200°C da qisqa muddatda qizdirilganda buzilmaydi, ammo kislota yoki ishqor ishtirokida oqsillar gidrolizlanganda bir qator aminokislotalar parchalanib ketadi. Aminokislotalarni suvda erish darajasi turlicha. Sistin va tirozin kam eruvchi bo`lsa, prolin va oksiprolin yaxshi eriydigan aminokislotalar hisoblanadi. Ko`pchilik aminokislotalar mutlaq spirtda nihoyatda kam eriydi.

Aminokislotalarning qo`sh qutbligi ularning fizik-kimyoviy xossalariga ta’sir qiladi, xususan, aksari aminokislotalarning suvda yaxshi erib, organik eritmalarda oz erishi ularning ionlanishiga bog`liq. Aminokislotalar muhit pH iga qarab amfoterlik xususiyati bo`yicha anion, kation yoki elektroneytral bipolyar ionlar shaklida bo`ladilar: kuchli kislotali eritmalarda aminokislotalar musbat ionlar (elektr maydonida katod tomonga harakatlanadi), ishqoriy eritmalarda manfiy ionlar shaklida (elektr maydonida anod tomonga harakatlanadi) bo`ladi.


Karboksil va aminoguruhlarini dissotsialanish konstantasi (K1 va K2 ) dissotsialangan ionlarning dissotsialanmagan shakllariga nisbati 1 ga teng, ya’ni aminokislotalarning 50% i dipol va 50% i ion shaklida.


Barcha aminokislotalar suvli eritmalarda ikki qutbli ionlar yoki svitter ionlar shaklida, ya’ni aminokislotalarning karboksil guruhi dissotsialangan, aminohuruhi protonirlangan holatda bo`ladi.


Demak, muhit pH iga qarab aminokislotalarda zaryadlar yig`indisi 0 ga teng bo`lishi, musbat yoki manfiy bo`lishi mumkin.



27


Aminokislotalar zaryadi 0 ga teng bo`lgan holatga izoelektrik holat deb aytiladi. Aminokislotalarning elektr maydonida anodga ham katodga ham harakatlanmaydigan pH qiymati izoelektrik nuqta deb ataladi va pH i bilan belgilanadi. Izoelektrik nuqta aminokislotalardagi turli guruhlarning kislota-ishqoriy xususiyatlarini aniq namoyon qiladi va aminokislotani xarakterlaydigan eng muhim konstanta hisoblanadi.

Odam organizmi va hayvonlardagi hujayra va hujayralararo suyuqlikda muhit pH i neytralga yaqin, bu sharoitda ishqoriy aminokislotalar (lizin, arginin) musbat zaryadga (kationlar), kislotali aminokislotalar (asparagin va glutamin) manfiy zaryad(anion)ga, qolgan aminokislotalar esa dipol ko`rinishiga egadirlar.


Deyarli barcha aminokislotalar optik xossali bo`lib, qutblangan nur sathini burish qobiliyatiga ega (faqat glisin bu qatorga kirmaydi). Bu xususiyat ulardagi alfa-uglerod atomini to`rtta valenti to`rt xil guruhga bog`langanidandir. Bunday tuzilishdagi molekula xirallik xususiyatiga ega, ya’ni unda simmetriya markazi va simmetrik sath bo`lmaydi. Xirallikka ega birikma tuzilishi bo`yicha bir-birini oynadagi aksini ifodalaydigan qo`sh izomerlar shaklida bo`ladi. Ular bir-biridan alfa atomga bog`langan guruhlarning fazodagi yo`nalishlari bilan farqlanadilar. Buning natijasida paydo bo`ladigan ikki konfiguratsiya D- va L- stereoizomerlar deb yuritiladi. Bu izomerlarning biri ikkinchisining ustiga qo`yilsa, o`ng va chap kaft kabi bir-birini qoplamaydi. Ular enantiomerlar deb ataladi. Xiral birikmalar bir xil kimyoviy va fizik xususiyatga ega bo`lib, faqatgina qutblangan nur sathini chapga yoki o`ngga burishi bilangina farqlanadilar, ularning burish burchaklari ham bir-biriga teng. Bu xildagi qobiliyat + yoki - belgisi bilan ko`rsatiladi, lekin nur sathini burish belgisi molekulaning D yoki L konfiguratsiyasiga muvofiq kelishi shart emas. L (leve, chap) va D (dexter, o`ng) belgilar enantiomerlarning tuzilishi jihatidan qaysi qatorga kirishini ko`rsatadi.


Aminokislotalarning fazodagi strukturasi asosida ularni ikki qatorga ajratish biologik ahamiyatga ega. Oqsillar tarkibiga faqat L-aminokislotalar kiradi. Lekin organizmdan ba’zi bir D- aminokislotalar ham ajratib olingan. Ayrim D-



28


aminokislotalar erkin holda bakteriyalar hujayra pardasida (kuydirgi tayoqchasi) va mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqarilgan antibiotiklarda uchraydi.

Oqsil tarkibiga kiradigan aminokislotalar L – qator aminokislotalar


hisoblanib, ular quyidagi xossalarga ega:





Download 11,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish