Laboratoriya mashg‘uloti №4 Tuproq muhiti ( рН) ni aniqlash usullari Nazariy tushuncha



Download 105,05 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.07.2022
Hajmi105,05 Kb.
#747167
Bog'liq
4-Labaratoriya mashgulot.



LABORATORIYA MASHG‘ULOTI № 4
Tuproq muhiti ( рН) ni aniqlash usullari 
Nazariy tushuncha: 
Tuproq reaksiyasining kislotali, neytral va ishqorli 
bo‘lishi o‘simliklar hayotida katta rol o‘ynaydi.
Ko‘pchilik o‘simliklar, ayniqsa ekinlar tuproq eritmasi reaksiyasining ishqorli 
va kislotali darjasi oshganda yaxshi o‘sa olmaydi. O‘simliklarning normal o‘sishi 
uchun tuproqda reaksiya neytralga yaqin bo‘lishi kerak. Tuproq reaksiyasining 
holati odatda рН belgisi bilan ifodalanadi. Vodorod (Н) ioni konsentrasiyasi 
gidroksil (ОН) ioni konsentrasiyasi bilan teng bo‘lganda neytral (рН =7), undan 
oshiq bo‘lganda ishqorli (рН >7), kam bo‘lganda esa kislotali (рН <7) reaksiya 
deb hisoblanadi. 
Tuproqning kislotali, neytral va ishqorli reaksiyasini aniqlashda ko‘pincha 
o‘quv laboratoriyalarida qo‘llaniladigan eng oson metod lakmus qog‘oz yoki 
universal indikatordir. Tuproq reaksiyasi lakmus qog‘oz bilan quyidagicha 
aniqlanadi.
Ishning maqsadi: 
Talabalar ushbu laboratoriya ishida tuproq reaksiyasini 
kislotali, neytral va ishqoriyligini aniqlashni o‘rganadi. 
Kerakli jihozlar va reaktivlar: 
ko‘k va qizil lakmus qog‘ozlar, universal 
indikator, КСl ning 7.5 % li eritmasi, chinni idish, shisha tayoqcha, shisha kolbacha, 
pipetka probirka.
Ishning bajarilish tartibi:
Tuproq reaksiyasi 1-jadvalda ko‘rsatilgandek 
tavsiflanadi. 
Chinni idish olib, unga reaksiyasi aniqlanmoqchi bo‘lgan, maydalangan 
tuproqdan 1-2 g solinadi va ustiga distillangan suv quyiladi. 
 
Tuproq reaksiyasining xarakteristikasi
 
Tuproq reaksiyasi 
рН 
Kuchli kislotali 
3.5-4.0 
Kislotali 
4.5-5.0 
Kuchsiz kislotali 
5.5-6.5 
Neytral 
7.0 
Kuchsiz ishqorli 
7.5-8.0 
Ishqorli 
8.0-9.0 
Kuchli ishqorli 
9.0 
Hosil bo‘lgan bo‘tanaga ko‘k yoki qizil lakmus qog‘oz qo‘shib, shisha 
tayoqcha bilan yaxshilab aralashtiriladi. 10-15 minut o‘tgandan so‘ng lakmus 
qog‘oz ko‘karsa ishqorli, lakmus o‘zgarmasa tuproq reaksiyasiz neytral bo‘ladi. 
Universal indikator yordami bilan aniqlash tajribasi quyidagicha o‘tkazildi. 


Yaxshilab aralashtirilgan va maydalangan tuproqdan 4 g olib, shisha 
kolbachaga solinadi va ustiga kaliy xlorid (КСl) ning 7.5 % li eritmasidan 10 ml 
quyib 5 minut chayqatiladi. Kolbachadagi suyuqlikning ustki tiniq qismidan 
ehtiyotlik bilan pipetkada 5 ml olib, toza probirkaga solinadi. Ustiga 0.3 ml maxsus 
tayyorlangan indikator tomiziladi. Eritma qizil tusga kirsa, ishqorli, rangi 
o‘zgarmasa neytral reaksiya ekanligini ko‘rsatadi. 
Tuproq eritmasi reaksiyasining darajasi aniqlanmoqchi bo‘lganda 
probirkadagi suyuqlik rangi maxsus kolorimetrdagi universal indikator tusi bilan 
taqqoslab ko‘riladi.
Nazorat uchun savollar: 
1. Tuproq reaksiyasi nima ? 
2. Tuproq reaksiyasining nechta turi bor ? 
3. Tuproq reaksiyasini aniqlashning qanday usullari bor ? 
4. O‘simliklar hayotida tuproq reaksiyasining ahamiyati nimada ? 
5. Tuproq reaksiyasini aniqlashda jihoz va reaktivlarni aytib bering? 
 

Download 105,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish