157
Shunday qilib,
fosfolipidlar-membranadagi oqsil retseptorlarning aktivatori
xisoblanar
ekan.Strukturaviy fosfolipidlardan tashqari fosfolipidlar nerv impulslarini o‗tkazishda, qon ivishi,
immunitet reaksiyalarida, to‗qimalar regeneratsiyasida ham faol ishtirok etadi.
Fosfolipidlar
transpor
t
vazifasini ham bajarib, lipoproteidlar komplekslarini hosil qiladilar va
qonda xolesterin transportini ta‘minlaydilar. Fosfolipidlar biosintezi 1-chi navbatda jigarda, so‗ng ichak
devorlarida, tuxumdonlarda va xokazolarda amalga oshiriladi.
Hujayra membranalarining «suyuq holat darajasi» degan tushuncha mavjud. Hujayraning tashqi
membranasi orqali hujayra ichiga barcha oziq moddalar, ba‘zi gormonlar,
vitaminlar, bioregulyatorlar
va xokazolar kiradi. Membrananing suyuq xolat darajasini kamayishi oziq moddalarning almashinuvini
qiyinlashtiradi. To‗yingan yog‗ kislotalari va xolesterin xujayra membranalarining «qattiq»ligini,
dag‗alligini ta‘minlaydi. SHuning uchun keksaygan sari xujayralar gormonal signallarga va anabolik
stimullarga javob bermay qo‗yadilar. Fosfolipidlar va to‗yinmagan yog‗ kislotasi esa,aksincha, hujayra
membranalarini «tiriltirib» ,atrof muxit bilan metabolitlarni almashinishi jarayonini ta‘minlab beradi.
Letsitin o‗z navbatida to‗yinmagan yog‗ kislotalarini saqlagan fosfolipid hisoblanadi va hujayra
membranalarining «yosharish» omili bo‗lib xizmat qiladi.
Hujayra membranasiga tashqi va ichki muhitning salbiy omillari ta‘sir ko‗rsatganda
membrananing shu qismida fosfolipid molekulalari deformatsiyalanadi va parchalanadi. Normal tirik
hujayrada doimiy ravishda barcha mebrnalarning qayta tiklanishi ro‗y beradi.
Buning uchun etarli
miqdorda fosfolipidlarning etkazib berilishi darkor.Fosfolipidlarning defitsiti hujayra membranalarining
muntazam ravishdagi yangilanib borishini sekinlashtirib, turli kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Xolesterin – steroidlarning eng muhim vakillardan biri bo‗lib,organizmda erkin xolatda va
bog‗langan xolda uchraydi. Erkin xolatdagi xolesterin hujayra membranasi va qon lipoproteinlari
tarkibiga kiradi. Bog‗langan xolda esa xolesterin yog‗ kislotalari bilan murakkab efirlar xosil qiladi.
Xolesterin barcha steroidlarning o‗tmishdoshi hisoblanadi.Bularga
buyrak usti gormonlari
(kortikosteroid), jinsiy gormon (testosteron, estradiol va b.), o‗t kislotalari (dezoksixolin) va vitamin D
misol bo‗la oladi.
Organizmning umumiy qarish jarayonini sekinlashtirishda fosfolipidlarning ahamiyati juda katta.
Fosfolipidlar saraton shishilarining o‗sishini, hatto kasallikning sunggi bosqichlarida 2 barobar
sekinlashtirishi aniqlangan. Shu tajriba avval sichqonlarda, so‗ng odamlarda sinab ko‗rilgan.
Letsitinning yana bir xususiyatlaridan biri – qondagi xolesterin miqdorini kamaytirish. Buni
amalga oshirish uchun fosfolipidlarning gidrofob qismi yog‗lar va xolesterin bilan bog‗lanadi, gidrofil
qismi esa suv (qon) bilan bog‗lanadi. Shunda yog‗ molekulalari qon oqimida xilomikron ko‗rinishida
harakat qiladi. Xilomikron – bu yog‗ tomchisi bo‗lib, fosfolipidlar bilan o‗rab olingan bo‗ladi. Shunda
gidrofob boshchalar yog‗ga yopishib olib, gidrofil dumchalar qon oqimida
harakatlanishga imkon
yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: