Biologik faol moddalar texnologiyasi


Triatsilglitserinlar ( yog‗lar)



Download 7,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/292
Sana01.06.2022
Hajmi7,22 Mb.
#626408
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   292
Bog'liq
biologik faol moddalar texnologiyasi oquv-uslubiy majmua

Triatsilglitserinlar ( yog‗lar) 
Triatsilglitserinlar yog‗ (yuqori karbon) kislotalari va glitserinni uch atomli spirtining murakkab 
efirlari hisoblanadi. Yog‗ kislotalarining umumiy formulasi R-COOH. Bunda – R- uglevodorod radikal. 
Tabiiy yog‗ kislotalarining tarkibida uglerod atomlarini soni 4 dan 24 gacha bo‗ladi. 
Triatsilglitserin molekulasining umumiy kimyoviy ko‗rinishi quyidagicha:
Triatsilglitserid qutbsiz birikma bo‗lganligi uchun suvda erimaydi. Triatsilglitsinlarning asosiy 
funksiyasi - quvvat (energiya) zaxirasini yaratishdir. 1 gr yog‗ oksidlanganda 39 kDj gacha energiya 
ishlab chiqariladi. Triatsilglitserinlar yog‗ to‗qimalarida to‗planadi, termoizolyasiya funksiyasini 
bajaradi hamda organizm a‘zolarini mexanik zararlanishdan asraydi.
Qiziqarli ma‘lumot
:
tuya o‗rkachidagi yog‗lar, 1chi navbatda, energiya manbai hisoblansa
2chidan, suv zaxirasi sifatida foydalaniladi va suv tanqisligi davrida qo‗l keladi, ya‘ni tuya o‗rkachidagi
yog‗larning oksidlanishi natijasida suv hosil bo‗ladi. 
Fosfolipidlar 
Tarkibida fosfat guruhini saqlagan lipidlar-
fosfolipidlar
deb ataladi. Fosfolipidlarning 
molekulalari qutbli zaryadlangan triglitserid qismi («boshcha»)dan va qutbsiz zaryadlangan 2ta yog‗ 
kislotalarining uglevodorod zanjirlari («dumcha»)dan iborat. Fosfolipidlarning molekulalarida fosfat 
kislotaga –OH guruh murakkab efir bog‗i bilan bog‗langan. Fosfolipidlarning gidrofob va gidrofil 
qismlardan tashkil topganligi uning amfifil xossalarini namoyon qilishini belgilab beradi. Ya‘ni 


155 
fosfolipidlar qutbsiz organik erituvchilarda erib, suv bilan turg‗un emulsiya hosil qilish hususiyatiga 
ega. Fosfolipid tarkibidagi fosfat kislota va –OH guruh shartli ravishda qutbli «boshcha»ni hosil 
qiladilar. Ikkita uglevodorod zanjiridan iborat bo‗lgan qutbsiz yog‗ kislota qoldiqlari («dumchalar») esa 
fosfolipidning gidrofob xususiyatlarini namoyon qiladi. Fosfolipidlar yig‗indisini suvda chayqatganda 
mitsellalar xosil bo‗lib , qutbsiz «dumchalar» mitsellaning ichiga, qutbli «boshchalar» esa qutbli 
zaryadlangan suv yuzasi tomon intiladi. 
Fosfolipidlar biqatlamlar hosil qilish xususiyatiga ega bo‗lib, barcha xujayralarning 
membranalarida biqatlam qobiq xosil qiladilar. Ular esa o‗z navbatida yopiq sfera pufakcha 
ko‗rinishidagi liposomani xosil qiladilar. Liposomalar-dori vositalarining tabiiy tashuvchisi sifatida 
keng qo‗llaniladi va inson organizmiga beziyonligi bilan ajralib turadi. Dori vositalarining liposomal 
shakllari bevosita kasallikka chalingan a‘zoga ta‘sir etib, boshqa a‘zolarga salbiy ta‘sir ko‗rsatmaydi. 
Liposomaning o‗zi esa hujayra membranasining tarkibiy qismiga aylanib, so‗rilib ketadi, ya‘ni 
kumulyativ, allergik va toksik ta‘sirlar ko‗rsatmaydi. Shu sababli dorilarning liposomal shakllarini 
yaratish va farmatsevtika sanoatida qo‗llash maqsadga muvofiq. 
Fosfolipidlarning tarkibida glitserin spirtlari yoki sfingozin spirtlari mavjudligiga ko‗ra 
glitserofosfolipidlar va sfingofosfolipidlarga farqlanadi. 

Download 7,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish