Ishning bajarilishi: Probirkaga glyukoza eritmasidan 4-5 tomchi solinadi va unga 2 ml antron reaktividan qo’shiladi. Probirka yaxshilab chayqatiladi va 30 daqiqa xona haroratida qoldiriladi. Shundan so’ng kondensatsiyaning mahsuloti bo’lgan yashil yoki havorang birikma hosil bo’ladi.
Fruktozaga xos bo’lgan Selivanov reaksiyasi.
Fruktoza xlorid kislota bilan qaynatilganda oksimetilfurfurol hosil bo’ladi va bu birikma rezortsin bilan olcha rangli qizil rang hosil qiladi. Aldozalar bilan reaksiya juda sekin boradi, shuning uchun Selivanov reaksiyasini ketogeksozalar uchun xos bo’lgan reaksiya deb yuritiladi.
Reaktivlar: a) 0,5% li fruktoza, b) Selivanov reaktivi: 0,05 g rezortstin 100 ml 20% li xlorid kislotada eritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |