Qon plazmasi omillari :
I omil (fibrinogen) – qon ivishda ishtirok etuvchi asosiy omil.
Glikoproteid, jigarda sintezlanadi, molekula massasi 330000, qon
plazmasidagi konsentratsiyasi 2-4 g/l, molekulasi 3 juft o‘zaro o‘xshash
bo‘lmagan peptid zanjiridan tarkib topgan bo‘lib, ular o‘zaro disulfid
bog‘lari orqali bog‘langan.
II omil (protrombin) – qon ivishda ishtirok etuvchi asosiy
omillaridan biri, trombin (ferment)ning o‘tmishdoshi, kimyoviy jihatdan
glikoproteid,
α
2
-globulinlar fraksiyasi tarkibiga mansub, jigarda
sintezlanadi; 10-12 atom Ca
2+
bilan birikishi natijasida qonformatsiyasi
o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |