369
Gemoglobinlar tarkibidagi temir Fe
+2
holatda bo‘ladi. Kislorod va
boshqa oksidlovchi ta’sirida gemoglobin tarkibidagi temir oksidlanib
Fe
+3
holatga o‘tishi mumkin. Bunday gemoglobin metgemoglobin
deyiladi. Metgemoglobin kislorod bilan birikmaydi. Qon tarkibida
metgemoglobinning ko‘proq to‘planishi, kislorodni to‘qimalarga
tashilishini izdan chiqaradi, bu o‘limga olib boradi. Organizmda har
kuni gemoglobinning 0,5%i metgemoglobinga aylanadi va buning
samarasida kislorodni faol shakllaridan biri superoksid ioni ham hosil
bo‘ladi. Metgemoglobinreduktaza metgemoglobinni qaytadan normal
gemoglobinga aylantiradi.
Superoksid — O
2
-
superoksiddismutaza ta’sirida ikkita vodorod
protonni biriktirib olib, vodorod peroksidga aylanadi:
O
2
-
+ 2H
+
→ H
2
O
2
101-rasm. Kislorodning
faol shakllari
370
Vodorod peroksidi eritrotsitlarda ko‘p bo‘ladigan katalaza va
qaytarilgan glutationdan foydalanuvchi glutationperoksidaza ta’sirida
parchalanib turadi:
katalaza
2H
2
O
2
———————
→ 2H
2
O + O
2
glutation peroksidaza
2 H
2
O
2
+ 2GSH —————————
→ 2 H
2
O + O
2
+ GSSG
Hosil bo‘lgan glutationning oksidlangan shakli pentozofosfat yo‘lida
hosil bo‘lib turgan NADFH
2
ni vodorodi hisobiga qaytarilib turadi va
bu jarayonni glutationreduktaza fermenti katalizlaydi:
glutationreduktaza
GSSG + NADFH
2
————————————
→ 2GSH + NADF
+
Bu jarayonlar normal holatda eritrotsitlarda O
2
ni ko‘p to‘planishiga
yo‘l qo‘ymaydi. Biroq organizmga ko‘p miqdorda oksidlovchi moddalar
tushib qolishi natijasida metgemoglobinning hosil bo‘lishi oshadi. Bu
jarayon o‘z navbatida O
2
-
ni ko‘p hosil bo‘lishiga olib keladi (101-rasm).
Natijada, bu sistema faol shakldagi kislorodni bartaraf etishni uddalay
olmay qoladi. Bularning hammasi superoksid, vodorod peroksid va
kislorodning boshqa erkin shakllarini to‘planishiga, u o‘z navbatida
eritrotsit membranasidagi oqsillar, lipidlarni perekisli oksidlanishga
uchratib, eritrotsitlarning gemoliziga sabab bo‘ladi. Tibbiyot amaliyotida
metgemoglobinreduktazani faolligini irsiy pasayishi natijasida vujudga
keladigan oilaviy metgemoglobinemiya pentozofosfat yo‘lining birinchi
fermenti glyukoza-6- fosfatdegidrogenazaning faolligini irsiy past
bo‘lish holatlarida uchrab turadi. Bunday odamlar oksidlovchilar
ta’siriga ko‘proq sezgir bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: