Bevosita oksidlanishli dezaminirlanish. Bu jarayon
peroksisomalarda joylashgan L- va D-aminokislotalar oksidazalari
ishtirokida boradi. L-aminokislota oksidazalari koferment sifatida FMN,
D-aminokislota oksidazalari esa FAD tutadi. Reaksiya quyidagicha
kechadi.
Birinchi bosqichda iminokislota, ikkinchi bosqichda esa ketokislota
hosil bo ladi va NH
3
ajralib chiqadi. Oksidazalarning qaytarilgan
kofermentlari bevosita kislorod bilan oksidlanishi mumkin, natijada
vodorod peroksid hosil bo‘ladi. U esa katalaza ta’sirida suv va kislorodga
parchalanadi. Oksidazalarni dezaminlovchi degidrogenazalar ham deb
yuritiladi.
Shuni ham takidlash kerakki, L-aminokislotalar oksidazalari D-
aminokislotalar oksidazalariga qaraganda faolligi pastroqdir; ularning
ta’sir etish pH optimumi 10 ga teng, bunday pH qiymati esa fiziologik
sharoitda bo‘lmaydi. Taxminlarga ko‘ra, L-aminokislotalarning bir qismi
ichak bakteriyalarining izomerazalari ta’sirida D-aminokislotalarga
aylanib so‘ngra to‘qimalarda dezaminlanishga uchraydi. Umuman
olganda bevosita oksidlanish yoli bilan dezaminlanish amin guruhi
o‘zgarishida kam o‘rin egallaydi.
275
Do'stlaringiz bilan baham: |