Aminokislotalarning dekarboksillanishi
Aminokislotalar karboksil guruhining CO
2
korinishidagi ajralish
jarayoniga dekarboksillanish deyiladi. Ushbu jarayon natijasida hosil
bo‘ladigan mahsulotlar biogen aminlar deb atalib, ko‘pgina fiziologik
ta’sir ko‘rsatadi.
Toqimalarda quyidagi aminokislotalar va ularning unumlari
dekarboksillanishga uchraydi: tirozin, triptofan, 5-oksitriptofan, valin,
serin, gistidin, glutamat va
γ-oksiglutamat, 3,4-oksifenilalanin, sistein,
arginin, ornitin, S-adenozilmetionin va a-aminomalonatlar.
Aminokislotalarning dekarboksillanish reaksiyalari qaytmas
reaksiyalardir; ularni maxsus fermentlar dekarboksilazalar katalizlaydi,
kofermenti transaminazalar singari piridoksalfosfatdir (PF).
Tirik organizmlarda aminokislotalar dekarboksillanishining to‘rtta
turi topilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |