Gamma-aminomoy kislota va uning nerv impulslari
o‘tkazishdagi ahamiyati. Gamma-aminomoy kislota (GAMK) miya
to‘qimasida glutamatdekarboksilaza ta’sirida glutamatdan hosil bo‘ladi:
GAMK konsentratsiyasi miya va orqa miyada juda yuqoridir. GAMK
(glitsin ham) miya neyronlarining juda ko‘p qismida barcha
sinapslarning taxminan yarmida mediator tarikasida xizmat qiladi.
Ushbu mediatorlar neyronlarda tormozlanish jarayonlariga sabab
bo‘ladi, holbuki, boshqa mediatorlar ham kuzatuvchi, ham tormozlovchi
vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |