Biogen aminlarning zararsizlantirish. Biogen aminlarning
to‘planib qolishi fiziologik jarayonlarga ta sir etib, organizmda salbiy
o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Ammo organ va to‘qimalarda ularni
zararsizlantiruvchi maxsus mexanizm mavjuddir. Biogen aminlar
oksidlanish yoli bilan dezaminlanib zararsizlanadi, natijada aldegidlar
va ammiak ajralib chiqadi.
Ushbu reaksiyalarni katalizlovchi fermentlar monoamino- (MAO)
va diaminooksidaza (DAO) deb ataladi. MAO ning kofermenti bo‘lib
FAD, DAO piridoksalfosfat xizmat qiladi. MAO mitoxondriyalarda,
DAO esa sitoplazmada joylashgan. MAO birlamchi, ikkilamchi va
uchlamchi aminlarni, DAO gista’min, putressin, kadaverin va qisman
alifatik aminlarni zararsizlantiradi. Hosil bo‘lgan aldegidlar
aldegiddegidrogenaza ta’sirida organik kislotalargacha oksidlanadi.
Ayniqsa, monoaminlarning oksidlanish yoli bilan dezaminlanishi
batafsil o‘rganilgan. Bu fermentativ jarayon qaytmas bo‘lib, ikkita
bosqichda boradi. Songra hosil bo‘lgan vodorodperoksid katalaza
ta’sirida suv va kislorodga parchalanadi.
281
Do'stlaringiz bilan baham: |