4-rasm.
RNKazaning birlamchi strukturasi. Qora bilan disulfid bog‘lar
ko‘rsatilgan
Disulfid bog‘lari uzilgandan keyin polipeptidlar qisman
gidrolizlanadi. Bunda fermentlardan foydalaniladi. Proteolitik
fermentlardan tripsin arginin yoki lizinning karboksil guruhi ishtirokida
hosil qilgan peptid bog‘larini uzsa, pepsin aromatik (fenilalanin yoki
tirozin) yoki monoaminodikarbon (aspartat va glutamat) kislotalar hosil
qilgan peptid bog‘larni uzadi. Hosil bo‘lgan peptidlar aralashmasi ajratib
alohida analiz qilinadi. Bunda xromatografiya yoki elektroforez
usullaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |