Biokimyoviy materiallar, ularning ajratish usullari.
Biologik materiallarni tekshirishda qoyilgan maqsadga binoan lozim bo'lgan usullardan foydalaniladi. Eksperiment sharoitida biokimyoviy tadqiqot uchun har qanday biologik materialni osonlik bilan olish mumkin, klinikada esa bu imkoniyat nisbatan chegaralangan. Farmatsiyada esa biologik material sifatida hayvon to'qimalari va dori preparatlari ishlatiladi. Ko'pincha tekshirish materiallari organizm biologik suyuqliklaridan yoki hujayra qismlaridan iborat bo'lib, ular tarkibida aniqlanayotgan komponcntlarning sifat-miqdoriy ozgarishlari yoki shu reaksiyalarda ishtirok etuvchi fermentlar faolligi normal va patologik holatlarda o'zaro solishtirib оrganiladi.
Plazma, qon zardobi va boshqa biologik suyuqliklar har xil tabiiy moddalaming suvda erigan aralashmasidan iborat. Fermentlar esa tabiatan murakkab oqsillardan tashkil topganligi sababli, ulami
aniqlashda biologik suyuqliklarga tarkibini ozgartiruvchi moddalar qoshilmaydi, bordiyu ferment konsentratsiyasi yuqori bo'lsa, u suyultiriladi. Agarda biologik suyuqlikdagi ferment undagi tekshirilayotgan moddani katalizlab, aniqlashga to'sqinlik qilayotgan bo'lsa, ferment faolligi tegishli reaktiv bilan toxtatiladi. Odatda, bu maqsad uchun uchxlorsirka kislotasi, nitrat, fosforvolframli, sulfat kislotalari yoki termik ta’sir qo’llaniladi. Bunda fermentlar bilan birga boshqa oqsillar ham cho'kmaga tushadi. Biokimyoviy tadqiqotlar hujayra, to'qima, organ tarkibiy qismlarida yoki uning bolakchalarida joylashgan organoidlarida, masalan, membranalarida otkaziladigan bo'lsa, unda hujayra yoki to'qimani avval maydalash kerak bo'ladi. Buning uchun ko'pincha to'qimani gomogenizator yordamida mexanik parchalash usuli qollaniladi.
Gomogenizatorlar ko'rinishi boyicha shisha stakanga oxshash bolib, hajmlari har xil. Ushbu stakanga qaychi bilan maydalangan toqima bolagi va uni intaktligini saqlovchi muhit suyuqligi (odatda saxaroza, kaliy xlorid) solinadi. Elektr toki yordamida stakandagi gomogenizator dastasining aylanishi natijasida h ujayra membranasi parchalanadi, struktura boiakchalari ajraladi. Oddiy sharoitda gomogenat to'qimani farforli novonchada shisha kukuni yoki kvars qumi bilan maydalab olinadi.
Gomogenatlar tarkibi toqima, hujayraning o'lchovi, shakli, kimyoviy tuzilishi jihatidan har xil bolgan murakkab boiaklari aralashmasidan iborat. Biokimyoviy tadqiqotlar o'tkazishda ulami molekulasi boyicha taqsimlab ajratib olish uchun bir qator fizik- kimyoviy usullardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |