Biokimiyaning ayrim sohalari. Boshqa fan sohalarida bo’lgani kabi, biokimiya shug’ullanadigan muammolarning kengayishi va tobora chuqurlashishi tufayli, undan yangi shaxobchalar ajralib, mustaqil tarmoqlar paydo bo’ldi. Ilgariroq ajralib hozirgi davrda keng sohalarga aylangan enzimologiya, vitaminologiya, endokriiologiya qatoriga keying o’n yillar ichida membranalar biokimiyasi, neyrobiokimiya, analitik biokimiyo, kvant biokimiyo va boshqalar qo’shildi. Ammo biologiya fanlarida keying chorak asrichida yuz bergan fundamental o’zgarishlar molekulyar biologiya va molekulyar genetika va bu ajoyib sohalarning rivojlanishi asosida dunyoga kelgan gen va hujayra, oqsilin jenerligi va umuman biotexnologiyaning mislsiz muvaffakiyatlari bilan bog’lik.
Biokimiyo, avvalo tabiatshunoslikning — yuksak darajasi poydevori sifatida xizmat qilgan bo’lsa, endi uning tobora tezlashib kechayotgan jarayonlarini yangi g’oyalar bilan sug’orib turadi. CHunki jonli hayotning har bir qadami hujayradagi cheksiz ximiyaviy jarayonlarning yig’indisidan iborat. Demak, ular bioximiya shug’ullanishi zarur bo’lgan ob’ektdir.
Bioximiya, o’zining rivojlanishi va predmetining kengayishi tufayl ajralib chikkan yangi tarmoqlari bilan meditsina, qishloq xo’jalik fanlar va biotexnologiyaning nazariy asosigina bo’lib qolmay, busohalarning qo’llanilishiga katta ta’sir ko’rsatib, ularning samaradorligini oshirishga, mahsulotlarning sifatini yaxshilash uchun xizmat qilib kelmokda. Bevosita bu sohalarning muammolari o’simliklar biokimiyasi, qishloq xo’jalik hayvonlari biokimiyasi, klinik bioximiya (meditsina kimiyasi), teknik biokimiya (biotexnologiya) va mikroblar biokimiyasi fanlarining vazifasidir. Bu fanlarning har biri umumiy biokimiya ta’limoti va metodologiyasi asosida dunyoga kelib, erishgan yangi boskichlarni o’z doirasidagi amaliyot bilan bog’lash orqali muammolarni tobora chuqur va mukammal hal qilmoqdalar. Bunga biokimiya tarixidan birkancha ajoyib sahifalar yaqqol misol bo’la oladi: avitaminozlarni yo’qotish va vitaminlarni keng miqyosda qo’llash, gormonlarni kashf etish va bir qator xavfli endokrin kasalliklar (buqok, tireotoksikoz, qandli diabet va boshqalar)ni davolash, gormonal preparatlarni, fermentlarni, biologic stimulyatorlarni meditsina va chorvachilikda tatbiq qilish yo’li bilan hayvon organizmidan moddalar almashynuvini idora qilish, o’simliklarni mineral va organic o’g’itlarga bo’lgan talabin chuqur tushunish asosida mahsulotlar sifatini yaxshilash, biologic materiallarni ferment preparatlari bilan ishlash va boshqalar.
Biokimiyaning tibbiyot, qishloq xo’jalik va biotexnologiya ravnaqi uchun bergan g’oyalari va usullari qanchalik muhim bo’lmasin, uning jonli tabiatini tushunish, bizning dunyo qarashimizni shakllanishida qo’shgan hissasi insoniyat madaniyati va taraqqiyoti uchun benihoya kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |