«Биохилма-хилликни сақлаш ва ривожлантириш» Республика онлайн илмий-амалий анжумани
Гулистон 2020 й. 17-18 апрель
424
biror mikroelementning qabul qilinishi yetarlicha bo’lmasa, o’simliklarni o’sishi
normadan chetga chiqadi yoki keyingi rivojlanish bosqichlari va metabolitik stikllari
izdan chiqadi. Mikroelementlar etishmovchiligining asosiy belgisi xloroz hisoblanadi.
Tuproqda mikroelementlar ikki–o’zlashtiriladigan va o’zlashtirilmaydigan
shaklda bo’ladi. Birinchisiga suvda va suyultirilgan kislotada erimaydigan tuzlar,
organik yoki anorganik birikmalarni misol qilish mumkin. Ularning tuproqda oz yoki
ko’p bo’lishi tuproqning kimyoviy tarkibiga bog’liq.
Mikroelementlarning o’simlik hayotidagi mohiyati haqida gapirar ekanmiz,
fermentlar tirik organizmda kechadigan barcha hayotiy jarayonlarning biologik
katalizotori ekanligini ta’kidlash zarur. O’simliklar ildizi orqali tuproqdan oladigan
kimyoviy elementlar ta’sirida fermentlar faoliyati jadallashadi. Bu elementlarning
ko’pchiligi mikroelementlar bo’lib, ular o’simliklar hayotida turli biologik va
ekologik vazifalarni bajaradi.
Hozirgi vaqtda dehqonchilikda va shu jumladan paxtachilikda mis, rux, bor,
marganes, molibden, yod, kobalt va boshqa mikroelementlarni ishlatish mumkin.
G’o’za ko’p mikroelementlarni o’zlashtirib, tuproqdan olib chiqib ketadigan
o’simlikdir.
Boshqa
o’g’itlar
bilan
yoki
organik
o’g’itlar
hisobiga
mikroelementlarning tuproqdan chiqib ketgan miqdori qoplanmaydi.
O’simliklardagi mikroelementlar metabolizmi jadal o’rganilmoqda, ular
haqidagi ko’pgina ma’lumotlarni o’simliklarning oziqlanishi va fiziologiyasiga oid
monografiyalardan olish mumkin. O’simliklar tanasida sodir bo’ladigan metabolitik
jarayonlarda ishtirok etuvchi mikroelementlarning alohida xarakterli belgilari va roli
quyida keltirilgan jarayonlar bilan bog’liq holda tushuntirib beriladi: тuproqdagi
so’rilish va o’simlik tanasiga o’tishi; enzimatik (fermentativ jarayonlar);
konstentrastiya va uchrash shakllari; defisitlik va zaharlilik; ionlarning ta’siri va
raqobati. Bunday jarayonlar ozuqa komponetlari - mikroelementlar qatori uchun
yetarli o’rganilgan, lekin boshqa mikroelementlar uchun ko’p narsani aniqlash talab
etiladi.
O’simliklar tanasidagi ximiyaviy stress reakstiyalarini har doim ham bir xilda
saqlanadi
deb
aytish
qiyin.
Bunday
reakstiyalar
mikroelementlarning
yetishmovchiligi yoki ko’p sarflanishidan kelib chiqadi. Chunki, o’simlikning
evolyutsiyasi va individual hayot siklining o’tishiga atrof muhitning ximiyaviy
muvozanatining o’zgarishi va ularning ta’sirchanligiga nisbatan turli xildagi
adaptatsiya (moslashish) mexanizmlari hosil bo’lib turadi. Shuning uchun tuproq
mikroelementlarining o’simliklar va havo muhitiga nisbatan ta’siri aniq bir sistema–
tuproq o’simlik sistemasi uchun aniqlanishi kerak. Bunday munosabatlarning yuzaga
kelish darajasi o’zgaruvchan bo’lib, turli omillar ta’siri ostida kelib chiqadi.
Paxtachilikni intensivlashtirish, dehqonchilik madaniyatining yuksalishi hosildorlikni
Do'stlaringiz bilan baham: |