«Биохилма-хилликни сақлаш ва ривожлантириш» Республика онлайн илмий-амалий анжумани
Гулистон 2020 й. 17-18 апрель
420
ta’sirini iloji boricha kamaytirishga, muhitning tozalanishiga, aholining turli
kasalliklarga mubtalo bo’lmasligiga ijobiy ta’sir etadi. Tabiiy resurslardan
foydalanish chog’ida barcha texnologik jarayonlarning ekologik jihatdan atrof
muhitga ta’siri eng kichik ko’rsatkichlarga qadar pasaytirilishi ekologik
muammolarning
yechimini
tezlashtiradi.
Bunga
chiqindisiz
texnologiya,
biotexnologiya, innovatsion texnologiya kabi ishlab chiqarish jarayonlarini
qo’llashga o’tish bilan erishiladi.
Ikkilamchi resurslarni majmuali to’liq qayta ishlash tamoyiliga amal qilish
bilan ishlab chiqarish jarayonida vujudga kelgan terrikonlar, ag’darmalar va
boshqalarni, maishiy turmushda tarkib topayotgan turli chiqindilarni qayta ishlash
bilan atrof muhitning ifloslanishini va yaylovlarning band bo’lishini oldi olinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Rafiqov A.A. Geoekologik muammolar. T.: O’qituvchi, 1997.
2.
Rafiqov A.A. Geoekologiya asoslari (ma’ruzalar matni). T.: Universitet, 2000.
O’SIMLIKLARNING O’SISH VA RIVOJLANISHIGA O’SISH
GARMONLARI MUHIM OMIL
.
Abdutolibov M.Z. magistrant., To’xtaboyeva F.M. dotsent., Abdutolibova M.M.
talaba Andijon davlat universiteti
O'simlik gormonlari
–bu o'simlik metabolizmi jarayonida sintezlanadigan
organik moddalardir. Aslida bu so'z yunon tilidan kelib chiqqan bo'lib, uning ma'nosi
"qo'zg'ash" yoki "harakatda bo'lish" degan ma'noni anglatadi. O’simlik garmonlari
yoki fitogarmonlar juda kam konsentratsiyalarda bo’lsada o'simliklarning o'sishiga
aniq fiziologik ta'sir ko'rsatadi. Asosan o'simlik gormonlari asosan besh sinfga
bo'linadi: auksinlar, gibberellinlar (GA), sitokininlar, etilen, abstsizatkislotasi (ABA).
So’ngi tadqiqotlar natijasida brassinosteroid, salitsilatlar, jasmonatlar, poliaminlar va
signal peptidlari kabi ba'zi yangi o'simlik gormonlari topildi va aniqlandi [Öktürenva
Sönmez, 20-30].
Auksin:
bir necha xil birikmalari bo'lib muximi Indol-3-sirka kislotasi (IAA)
geteroauksindir. Bundan tashqari indolatsetaldegid, fenilsirka kislotasi, indolasetil
aspartate, 4-xloro-IAA lar auksin turlaridandir. IAA triptofandan yoki indoldan,
asosan yosh barglarda (koleoptil) va rivojlanayotgan urug'larda sintezlanadi.
Funksiyalari:
meva pishishini kechiktish, gul qismlarining o'sishi, barglarning
qarishini kechiktirish, hujayralarning kengayishi, ildiz o'sishini rag'batlantirish,
o’tkazuvchi to’qimalar floima va ksilemalar nfaqrlashni rag’batlantirish, kambiy
xujayralarini kengayishi, yorug'lik ta'siriga tropistik javobini berish, ildiz tukchalarini
Do'stlaringiz bilan baham: |