«Биохилма-хилликни сақлаш ва ривожлантириш» Республика онлайн илмий-амалий анжумани
Гулистон 2020 й. 17-18 апрель
159
ko’paytirishga alohida e'tibor qaratildi. Mazkur yo’nalishda amalga oshirilgan
dasturiy chora-tadbirlar asosida muayyan natijalarga, jumladan, dorivor o’simliklar
еtishtirishga ixtisoslashgan farm-zonalar tashkil etish, dorivor o’simliklar
assortimеntini kеngaytirish va xomashyo bazasini yaratish borasida muhim
natijalarga erishildi.
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 3 maydagi PF-5032-son
“Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”,
“Bo’stonliq-farm” va “Parkеnt-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish
to’g’risida” gi farmoni [1], 2017 yil 20 aprеldagi PQ-2911-son “Rеspublika
farmatsеvtika sanoatini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish
chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarori, hamda mazkur faoliyatga tеgishli boshqa
mе'yoriy-huquqiy hujjatlarda bеlgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur
tadqiqotlarimiz muayyan darajada xizmat qiladi.
Dorivor moychechak (
Matricaria recutita
L.
yoki
Maticaria chamomilla)
ning
bo’yi 15-40 sm ga yetadigan bir yillik o’t o’simlik. Poyasi tik o’suvchi, sershox, ichi
kovak. Bargi ikki marta patsimon ajralgan, segmetlari ingichka chiziqsimon, o’tkir
uchli. Poya va shoxchalari uzun bandli (yashil moychechakniki kalta bandli)
savatchaga to’plangan gullar bilan tamomlanadi. Savatcha chetidagi gullari oq,
tilsimon, o’rtadagilari esa ikki jinsli, sariq, naysimon. Mevasi – qo’ng’ir – yashil
pista. May oyidan boshlab kuzgacha gullaydi [2].
Dorivor moychechak keng tarqalgan bo’lib, u asosan, o’tloqlarda, ekinzorlarda,
yo’l yoqalarida o’sadi. Asosan Rossiyaning Yevropa qismining janubida, Kavkaz,
Qirim, Ukraina, Sibirning janubiy tumanlari va O’rta Osiyoda uchraydi.
Dorivor moychechakning guli tarkibida ko’p miqdorda (0,22-0,3 %) efir moyi,
apiin, kversimeritrin, kversetin, lyuteolin va boshqa (35 ga yaqin) flavonoidlar,
gvayyanolid guruh laktonlaridan matrikarin va matritsin, geterosiklik halqali poliin
laktonlar, proxamazulen, kumarinlar, dioksikumarin, karotin, vitamin C, shilliq,
achchiq va boshqa moddalar bo’ladi.
Moychechak ichaklarning yopishib qolishi (ichaklar spazmi) ga, mikroblarga,
allergiyaga va yallig’lanishga qarshi hamda yaralarni davolovchi ta’sirga ega.
Moychechak gulidan damlama tayyorlanadi. Bu damlama me’da kasalliklarida,
tomoq chayqashda ham ishlatiladi [2].
Moychechak yog’i badanga surtilsa, charchoq va toliqishni yo’qotadi. Bo’g’in
(umurtqa, bel, oyoq, qo’l, bod, podagra) va quloq og’rig’iga shifo bo’ladi. Tomoq
og’rishi yoki shamollashning oldini olish uchun moychechak damlamasi bilan
tomoqni chayish foyda qiladi. Moychechak damlamasi asablarni tinchlantiradi [3].
Tajribamizda sho’r tuproqni umuman yuvmasdan moychechakni ekib, sinaldi.
Tuprog’i yuvulmagan kichik uchastkada mart oyining boshida moychechak urug’lari
Do'stlaringiz bilan baham: |