«Биохилма-хилликни сақлаш ва ривожлантириш» Республика онлайн илмий-амалий анжумани
Гулистон 2020 й. 17-18 апрель
192
davlat qoʻriqxonasida togʻ landshafti va u yerdagi oʻsimliklar (
yongʻoq
,
olma
,
olcha
,
tut
), hayvonlar (
muflon
,
qobon
, tulki,
jayra
,
kaklik
,
burgut
, ilonlar) muhofaza
qilinadi. Nurota togʻlaridan yaylov sifatida foydalaniladi.
Soylar vodiylarida
polizchilik, bogʻdorchilik qilinadi. Yon bagʻirlarida bugʻdoy, arpa va boshqa ekinlar
ekiladi
[2]
.
Shimoliy Nurota togʻlari va uning shimoliy yonbagʻirlaridagi togʻoldi
tekisliklaridagi (Forish) choʻllarida shuningdek, butun Nurota togʻlar tizimi uchun
xos boʻlgan eng xavfli geoekologik muammo bu choʻlashish muammosidir.
Nurotatogʻlari arid tog’lar boʻlib, shimoldan va shimoliy-gʻarbdan Qizilqum
choʻlining “issiq nafasi” sezilib turadi. Nurota togʻlarida choʻllanish
jarayonining
borishida inson xoʻjalik faoliyati aktiv rol oʻynagan. Hozirgi vaqtda Oqtogʻda archa,
Nurota togʻida siyrak butalar, Qoʻshrabotda yongʻoq, yovvoyi pista, ayrim soylarda
yovvoyilashgan tok, olmalari siyrak holda uchrashi bu togʻlar
qadimda qalin
oʻrmonlar bilan qoplanganligini koʻrsatuvchi dalil boʻlib xizmat qiladi.
Bugungi kunda Nurota togʻlari va togʻ oldi tekisliklari landshaft komlekslarini
shakllanishida indikatorlik vazifasini bajargan geografik komponentlarning oʻzaro
aloqadorligini, ularning makonda zonal, regional va vertical tabaqalanishini sistemali
yondashish asosida tahlil qilish, rang-barang geomajmualarni turli omillar ta’sirida
oʻzgarishini tadqiq etish, choʻllanish jarayonida
vujudga kelgan geoekologik
vaziyatlarning keskinlik darajasini aniqlashda;
1. Togʻ va togʻ oldi tekislik landshaftlarini tabaqalanishini tadqiq qilish, atrof-
muhit tabiatini muhofaza qilishni tashkil etishda va vujudga kelgan geoekologik
vaziyatlarni optimallashtirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
2. Yaylovlarning geoekologik
holatini yaxshilash, ularning hosildorligini
oshirish uchun antropogen agrofitotsenozlarni tashkil etish, fitomeliorativ ishlarni
keng yoʻlga qo’yish, yarim buta va butalarning urugʻini sepish yoʻli bilan oʻsimlik
qoplamini
barqarorlashtirish, biomassalarning hosildorlik miqdorini koʻpaytirish,
chorva mollarini boqishda belgilangan me’yorga amal qilish, daraxt va butalarni
kesishni man etish va texnogen landshaft lamirekultivatsiyalash;
3.
Tabiatdan
foydalanish
jarayonida
barcha
turdagi
geotizimlarni
melioratsiyalashtirishda ekologik nuqtai nazardan asoslash va atrof tabiat muhitini
muhofaza qilishni ta’minlash;
4. Togʻ, yaylov va boshqa geotizimlarni choʻllanish
jarayoniga, tabiiy muhitni
ifloslantiruvchi manbalarga qarshi kurashishda qat’iy choralarni qabul qilish;
5. Muhofaza qilinadigan hududdan foydalanishni butunlay man etish, fan va
turizm manfaatlari uchun
foydalanishni chegaralash, ma’rifiy-me’morial (yodgorlik)
ahamiyatiga ega boʻlgan obyektlarni muhofaza qilish;
6. Muhofaza qilinadigan obyektlarning murakkablik darajasi aniqlash;