«Биохилма-хилликни сақлаш ва ривожлантириш» Республика онлайн илмий-амалий анжумани
Гулистон 2020 й. 17-18 апрель
190
2.
Царькова Л.В. Печорский травник. Издательство: ООО «Типография №2» –
Нарьян-Мар, 2011 г.– 92 стр.
3.
www.ecosystema.ru
4.
https://www.plantarium.ru/
NUROTA TOG`INING TABIIY BIOLOGIK XILMA-XILLIGI
SAQLASHNING O`ZIGA HOS JIHATLARI
To`rabayev A.N. professor (O’zMU).,
Qiryigitov X.B. katta o`qituvchi (JizPI).
Tabiat va undagi jarayonlar ertangi
kunga chuqurroq nazar solishga, tabiatning
bebaho
boyliklarini asrab-avaylashga, kelajak avlodlargan yetkazishga undaydi.
Shuning uchun Oʻrta Osiyo hududida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
ekologik muammolar mohiyatini chuqur tahlil qilishni taqozasini talab etadi.
Ushbu
muammolar yechimini albatta, hudud landshaftlarining holatini bilishdan boshlanadi.
Barcha geografik tadqiqotlar negizida landshaft va geoekologik tadqiqotlar asosiy
oʻrinni egallaydi [1].
Nurota togʻlari
—
Turkiston tizmasining
shimoli-gʻarbiy tarmogʻi
Navoiy
,
Samarqand
va
Jizzax viloyatlarida
. Janubiy sharqda
Sangzor
daryosidagi
Ilon oʻtti
togʻyoʻlagi Nurota
togʻlarini
Molguzar
tizmasidan
ajratib turadi. Janubidan
Zarafshon botigʻi
,
shimoldan
Qizilqum
choʻli bilanchegaralangan. Nurota togʻlari bir-biriga parallel boʻlgan ikkita
tizmadan iborat.
Shimoliy tizma Nurota togʻlari, aniqrogʻi, Shimoliy Nurota togʻlari, janubiysi
Janubiy Nurota togʻlari deb yuritiladi. Shimoliy Nurota togʻlari
janubi-sharqiy
qismini Qoʻytosh togʻlari ishgʻol qilgan. Qoʻytosh togʻlari shimoli-gʻarbda
Sovurbeldovonidan janubi-sharqda Sangzor daryosigacha boradi. Uzunligi 70 km,
oʻrtacha balandligi 1260 m. Shimoliy Nurota tizmasining markaziy qismi nisbatan
baland, oʻrtacha balandligi 1750 m. Eng baland joyi (Zargartogʻ) — 2169 m. Bu
qismida Katta Fozilmon (2134 m), Qarchigʻay (2105 m) kabi choʻqqilar ham bor.
Shimoliy Nurota togʻlarining shimoli-gʻarbiy
qismi uncha baland emas, oʻrtacha
balandligi 900–1100 m. Janubiy Nurota togʻlari birqancha meridianal vodiylar bilan
qirqilgan; janubi-sharqdan shimoli-gʻarbga choʻzilgan
Gʻubdintogʻ
,
Qaroqchitogʻ
, Oq
togʻdan iborat. Oq togʻning shimoli-gʻarbidagi Qora togʻ
ham janubiy Nurota
togʻlariga kiradi. Bu togʻlar bir-biridan Qoʻshrabot,
Qoʻytosh
va Nurota orqali ajralib
turadi. Nurota togʻlari shimoli-gʻarbga tomon 180 km choʻzilgan. Oʻrtacha balandligi
1000– 1500 m.
Paleozoyning
ohaktosh
,
qumtosh
va metamorfik jinslardan tashkil topgan.
Janubiy tizmalarning pastroq qismlari va botiqlardan eogen va toʻrtlamchi davr
yotqiziqlari ham tarqalgan. Tektonik jihatdan tizmalar megantiklinal
strukturaga ega