Bioetika – bu amaliy etikaning yo‘nalishi bo‘lib, uning bosh maqsadi tug‘ilmoq, hayot va o‘lim, insoniyatning kelajagini davom ettirish kabi masalalarga fanning aralashuvini tahlil qilish, oqibatlarini baholash va ushbu jarayonlarning axloqiy qoidalarini ishlab chiqishdan iboratdir. Bioetika hozirgi zamon amaliy etikasining muhim yo‘nalishlaridan biri-inson hayotining eng oliy axloqiy qadriyat sifatida qaraydi. SHu bilan birga, inson hayotini saqlab qolish muammosini yaxshilik va yomonlikni farqlashning muhim mezoni, deb hisoblaydi. Hozirgi zomon fanida Bioetika etika tirik mavjudotlar, shu bilan birga, insonga ham bo‘lgan munosabatlarning axloqiy regulyativi, deb qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |