Bioetika bugungi kunda vrach va patsient munosabatlarining axloqiy jihatlariga, evtanaziya va o‘limni aniqlash, inson a’zolarini transplantatsiya qilish, klonlash, irsiy injeneriya masalalariga alohida e’tiborni qaratmoqda. Akademik doiralarda «bioetika» tushunchasi aynan shu ma’noda qo‘llaniladi. Bunda tibbiyot etikasi tushunchasi o‘rniga ko‘pincha deontologiya tushunchasi qo‘llaniladi. Deontologiya etikaning burch va majburiyat muammolarini o‘rganuvchi bo‘limidir (atamani ingliz faylasufi Ieremiya Bentam XIX asrda muomalaga kiritgan). Bioetika amaliy etikaning eng rivojlangan va ishlab chiqilgan qismiga aylandi. Boz ustiga, bioetika mustaqil fan maqomiga ham da’vogar bo‘lishi mumkin, degan fikr ham ilgari surilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |