Bioetika maqsadlaridan biri – shaxsni turli holatlarga solish imkoniyatlarini yaratuvchi, inson xatti-xarakati, ruhiyatini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan, uning ustidan o‘tkazilayotgan xilma-xil tadqiqotlarni cheklash mezonlarini ishlab chiqadi. Bioetika muammolarini ishlab chiqishda faylasuflar, huquqshunoslar sotsiologlar, tibbiyot xodimlari va sotsial axloqshunoslar qatnashmoqda Bioetika ilgari surayotgan muammolar juda muhim va rang-barang, ularni tahlildan o‘tkazish darajasi juda katta, bioetika ko‘rib chiqib hal qilayotgan masalalar juda muhim va dolzarbdir. Har qanday mamlakatda transplantatsiya, reanimatsiya, sun’iy urug‘lantirish, irsiy davolash zamonaviy vrach amaliyotining muayyan yo‘nalishlari hisoblanadi. Ilmiy bilim, shu jumladan tibbiy-biologik bilimlar ham universaldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |