Evtonaziya Evtonaziya (Totli o‘lim) - evtonaziya ham bioetikaning global muammolaridan. Bedavo dardga chalingan bemorni azob-uqubatlardan qutqarish uchun uning o‘limini qasddan tezlashtirishga munosabat yuzasidan tibbiyotchilar, yuristlar, sotsiologlar va psixologlar orasida ko‘p sonli bahslar hanuz davom etmoqda. Ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561-1626) engil og‘riqsiz o‘limni belgilash uchun «evtanaziya» (yunoncha «euthanasia», «eu» – yaxshi, «thanatos» - o‘lim), ya’ni azob-uqubatlarsiz, yaxshi, oson va engil o‘lim atamasini muomalaga kiritdi. Xudoning ixtiyoridan tashqari o‘limni ixtiyor qilgan kishi diniy nuqtai nazardan kechirilmaydi. Chunki sabrli, bardoshli bo‘lish, bu dunyo iztiroblarini toqat bilan boshdan kechirish insonning vazifasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |