Bioetika – amaliy etikaning nazariy asosi Bioetika – amaliy etikaning nazariy asosi Bioetika – tibbiyot va biologiyaning rivojlanishiga qarab yuzaga keladigan axloqiy, huquqiy va ijtimoiy muammolarni o‘rganuvchi bilim sohasi. Boshqacha qilib aytganda, bu borliqqa axloqiy munosabat mezonlari to‘g‘risidagi fan, jamiyat manfaatlarini ilm-fan tajovuzidan himoya qiluvchi institut, shuningdek tibbiyot sohasidagi axloqiy muammolarni hal qilish metodologiyasidir. Bioetikaning asosiy maqsadi – insonni uning hayoti va sog‘lig‘iga tibbiyot va biologiyaning salbiy ta’siridan himoya qilish. «Bioetika» atamasini amerikalik mashhur onkolog vrach, olim va insonparvar Van Ranseler Potter (1911-2001) ilmiy muomalaga kiritdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |