44
1-ustunlar oralig‘idagi vertikal peshtoq shakldagi metall bog‘lanish; 2-
to‘sin (to‘sin, rigel); 3-ustun; 4-devor panelini tayanishi uchun moslashtirilgan
tayanch; 5-
qavatlararo yopma plitasi; 6-kranosti to‘sini; 7-tom to‘sini; 8-tom
temir beton yopma plitasi; 9-devor paneli; 10-deraza konstruksiyasi; 11-
otmostka; 12-temirbeton poydevor to‘sini; 13-temir beton quyma poydevor; 14-
qum shag‘al asos.
Ishlab chiqarish unumdorligi 30-35% ga oshadi,ishchilar orasida
shikastlanishlar soni 34-40% ga kamayib, tayyorlanadigan
mahsulot sifati
yaxshilanadi va brak mahsulotlarni ishlab chiqarish nisbatan kamayadi.
Bino intererini loyihalashda quyidagi tamoyillarga amal qilinishi lozim:
Asosiy texnologik maydonchalarni katta bo‘lgan zallarga yig‘ish;
Dastgoxlarni maksimal zich joylashishiga erishish;
Texnologik o‘tkazuvchi quvurlarni guruhlash va ishlatishda
o‘ng‘aylikni nazoratda tutib guruhlash;
Ishchilarning kechqurun hamda kunduzgi paytlarda ko‘rish
sharoitini ta’minlashda tabiiy yorug‘lik bilan sun’iy yorug‘likdan unumli
foydalanish;
Kishilarning kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi man’ba hisoblanadigan
yorug‘likdan unumli foydalanish;
Sirti tekis, silliq konstruksiyalarni qo‘llash, chang, tutun namlik,
kondensat turib qoluvchi, shamollatilmaydigan joylarning bo‘lmasligiga
erishish;
Akustika muammolarini hal qilish
va ishlab chiqarish joylari
musiqali eshittirishlar hamda ko‘rsatma taxtalar bilan ta’minlanishi va
boshqalar;
Mebel’ jihozlarini o‘rnatish, xona ichi ko‘kalamzorlarini tashkil
qilish va boshqalar.
Ramali tizim. Sinchning ramali tizimida yukni ustun va rigellar
qabul qiladi. Rigellar ustunlarga bikir biriktiriladi, natijada fazoviy tizim hosil
bo‘ladi. Qavatlar soni ortishi bilan shamol kuchi ta’sirida pastki qavat ustun va
rigellarida vujudga keladigan eguvchi momentlar ham ortib boradi, bu esa ustun
va rigellar kesimini kattalashtirishni talab etadi. Bu hol bino konstruksiyalarini
birxillashtirishni (unifikatsiya)
qiyinlashtiradi, shuning uchun ramali tizimlar 8
qavatdan baland bo‘lgan binolarda qo‘llanilmaydi. Ramali tizimlarda gorizontal
yuklarni to‘laligicha ko‘ndalang ramalar qabul qiladi, shuning uchun ular ana
shu kuchlar ta’siriga hisoblanadi.
Rama – bog‘lagichli tizim. Balandligi 8 qavatdan ortiq bo‘lgan
binolarda gorizontal yuklarni bikir tugunli ramalar va vertikal joylashgan
bikirlik elementlari, vertikal yuklarni esa ramalar va qisman bikirlik elementlari
qabul qiladi. Bunday elementlar sifatida odatda temirbeton devorlar –
diafragmalar yoki metaldan ishlangan bog‘lagichlar qo‘llaniladi. Loyihalash
tajribasining ko‘rsatishicha rama–bog‘lagichli tizimlardagi vertikal diafragmalar
gorizontal kuchlarning 80...90 % ini, agar biroz kuchaytirilsa, 100 % ini o‘ziga
qabul qila olar ekan. Rama – bog‘lagichli tizimlarda gorizontal kuchlar tashqi
45
devorlar orqali qavatlararo yopmalarga uzatiladi.
YOpmalar gorizontal
diafragma sifatida ishlab, bosimni vertikal diafragmalarga uzatadi. Vertikal
diafragmalar gorizontal kuchlar ta’sirida, poydevorga mahkamlangan konsol
singari ishlaydi. Vertikal diafragmalarning bikirligi kamroq bo‘lsa, gorizontal
kuchlarning bir qismini ko‘ndalang ramalar qabul qiladi. Rama – bog‘lagichli
tizimlarni seysmik hududlarda keng qo‘llash tavsiya etiladi.
Bog‘lagichli tizim. Bunday tizimda vertikal yuklarni ramalar va
qisman diafragmalar qabul qiladi. Rigel bilan ustunning
tutashuv tuguni kichik
qiymatli momentni qabul qila oladigan qilib ishlanadi.
Binolarning arxitekturasi, ularning tashqi ko‘rinishi yoki
intereri muhandislarmehnat mahsuli bo‘lgan konstruksiyalarga ko‘proq
bog‘liq bo‘ladi. SHuningdek, binoningfunksional, ya’ni inson
mehnatqilishi va dam olishi uchun yaratilgan sun’iy muhit sifati ham
uning konstruktiv echimiga bog‘liq.
SHunday ekan, quruvchi bakalavrlar
qulay, chiroyli, mustahkam, iqtisodli binolar va inshootlar yaratish
bo‘yicha ijodiy ma- salalami echishda sanoat binolari asoslarini
bilishlari. uning rivojlanish tendensiyalarini tushunishlari shart.
SHaharsozlik, me’moriy
majmualar, bino arxitekturasi va
uning intereriga qo‘yilgan shartlar me’moriy-kompozitsiyaviy echim ta-
lablarini tashkil etadi.
Inshootlarning me’moriy-badiiy ifodasini shakllantirishda yangi
qurilish materiallarini qo‘llash ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Sanoat
korxonalarida binolarning tashqi qiyofasiga e’tibor berish bilan bir vaqtda
ularning ichki ko‘rinishlariga (intereriga) ham diqqat qilinadi (
6.2-6.5-rasmlar).
Binolar
ichida barcha qulayliklar, shart-sharoitlarni yaratish,
intererni zamonaviy usulda pardozlash katta ahamiyatga ega. Bunday xonalarda
ishlovchilaming ruhiyati ko‘tariladi, sog‘ligi yo‘qolmaydi, kam charchaydi va
ularning ishlab chiqargan mahsuioti sifatli bo‘ladi.
Binolar intereri ham texnologik jarayondan. tabiiy-iqlim sharoit-
laridan, meterologik tartiblardan va sanitar-gigienik talablardan kelib chiqqan
holda pardozlanadi.
6.2-rasm.
SHiypon turidagi ishlab chiqarish binosining intereri.
46
6.3-rasm.
Intererning fazoviy ko‘rinishiga binolar yopma
ko‘taruvchi elementlari turlarining ta’siri: a-rama to‘sinli yopma; b-arka
shaklidagi rama; d-qobiqli: e-giperbolik paraboloida shaklidagi qobiqlarda.
6.4-rasm.
Yirik ustunlar to‘ri bilan tiklanadigan bir qavatli universal sanoat
binosining intereri.
Do'stlaringiz bilan baham: